Аytib oʼtilgan fikrlarga tayanib, taʼkidlash mumkin:
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Tsezarь, А.Makedonskiy davridan, Turkistonda esa oʼrta asrlarda Аmir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy boʼlib, asosan harbiy tavsifga ega edi. XIX asr 2-yarmi – XX asr boshlarida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin oʼsishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv toʼgʼrisidagi ilm-fan vujudga keldi. Bu fan ilgari surayotgan bilimlardan shaxsiy faoliyatda foydalanish, albatta, oʼz samaralarini beradi deb ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |