Mavzu: Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari mundarija : Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari


Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish


Download 69.57 Kb.
bet8/9
Sana08.10.2023
Hajmi69.57 Kb.
#1695417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari

4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.
"Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.
Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
  1. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi


Xo‘jalikka rahbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari hamda uning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim
masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va hayotga tatbiq etadigan oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan qarab chiqiladi. Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan hal etiladigan masalalari
(masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat hokimiyati oliy idorasi – Oliy Majlis tomonidan muhokama qilinadi va hal etiladi.
Iqtisodiyotga, shu jumladan, sanoatga kundalik rahbarlikni davlat hokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi – Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning samarali faoliyatga rahbarlikni, sanoat ishlab chiqishga tegishli bo‘lgan barcha qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi4. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida: barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘radi; iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, texnik, texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo xususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng ko‘lamda xususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘radi; davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan electron hukumat tamoyillari asosida takomillashtiradi, bozor tamoyillariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi; davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida,
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini, idoralarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi; tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik
sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston sanoati tasarrufida o‘nlab mustaqil tarmoqlar, mingminglab korxona (firma)lar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, ularni respublika hududlarida joylashtirish, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish)ga bo‘lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab, keng qamrovli masalalarni o‘z vaqtida oqilona hal etish tarmoq boshqaruvini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- vazirliklar va davlat qo‘mitalari;
- konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;
- xolding va milliy kompaniyalar;
- korxonalar (firma)lar va boshqalar.
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘zlariga bo‘ysunuvchi barcha korxona (firma)lar va tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. Shu sababli Vazirlik – bu o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo‘g‘inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar hisoblanadi:
- tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoyalash;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, sifati va uning raqobatbardoshligi;
- tayyorlanayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish;
- va nihoyat, o‘ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini tashkil etish va kuchaytirishga mas’uldir.

Download 69.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling