Mavzu: Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari mundarija : Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari


Download 69.57 Kb.
bet2/9
Sana08.10.2023
Hajmi69.57 Kb.
#1695417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari

3.

Qonunlar va ularga
rioya qilish
ustuvorligi

Qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim.
Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan
qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech
istinosiz hamma hurmat qilishi va ularga
og‘ishmay rioya etishi lozim.

4.

Kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish

Aholining demokratik tarkibini hisobga olgan
holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda
aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan
ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor
iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib
keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

5.

Bozor iqtisodiyotiga
sekin-asta,
bosqichma-bosqich
o‘tib borish

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy
qonunlarning talablarini hisobga olgan holda,
o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar» siz, ya’ni
tadrijiy yo‘l bilan, puxta uylab bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi kerak.

Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik sharoitlarini shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga asta-sekin, bosqichma-bosqich, aholining zaif qatlamlarini himoya qila borib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikni ta’min-lash orqali bozor munosabatlariga o‘tishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, hamjihatlik, maslahat bilan ish yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan harakat qilishni talab etadi. Bu orada sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir. «Tajribamdan ko‘rilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi».3


Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa
sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish
mumkin. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatlik;
-boshqarish jarayonida rejalilikni bozor talablari bilan bog‘lab olib borish;
-barqarorlik tamoyili;
-mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili;
-ilmiylik tamoyili;
-tejamkorlik tamoyili;
-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyili.
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
 tashkiliy-ma’muriy usullar;
iqtisodiy usullar;
 ijtimoiy-ruhiy usullar;
 tarbiyaviy usullar;
 huquqiy usullar va h.k.

Download 69.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling