Mavzu: Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari mundarija : Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari


Download 69.57 Kb.
bet1/9
Sana08.10.2023
Hajmi69.57 Kb.
#1695417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari




Mavzu: Boshqaruvning tashkiliy tuzilish shakllari

MUNDARIJA :


1.Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari 2
2.Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari 8
3.Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari 14
4.Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi 16
Xulosa 18
ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 20



  1. Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari


Boshqaruv tamoyillari deganda, rahbarlik qilishning fundamental qoidalari tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar harakati va boshqarish usullari bilan bog‘liq bo‘lgan voqeliklarning mohiyatini aks ettiradi. Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin: qonunlar – tamoyillar – usullar – uslublar
Ushbu mexanizmning eng muhim elementi qonun hisoblanadi. Shu sababli u to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z aytish kerak bo‘ladi. Qonun bu obyektiv borliqda turli hodisalar o‘rtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari, hamma mavjud bo‘lgan zaruriy bog‘lanish, munosabatdir. Masalan, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot qonunlari: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni va boshqalar.
Qonun – bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mehnat qilayotganlar uchun ham majburiy bo‘lgan ijtimoiy huquqiy me’yor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy hujjat. Masalan, Konstitutsiya O‘zbekiston davlatining asosiy qonunidir.
Tamoyillarni boshqaruv fani nazariyasi va amaliyotning poydevori deyish mumkin. Ma’lumki, poydevor qancha mukammal va mustahkam bo‘lsa, boshqaruv apprati shunchalik qudratli bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizga ega. Xususan, O‘zbekistonda bu tamoyillar Amir Temur hukmronligi davrida shakllana va rivojlana boshlagan. O‘zining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi O‘zbekistondek buyuk davlat: ilmiy, yakkaxonlik, iyerarxiya (bo‘ysinish tartibi), bilimdonlik, javobgarlik, demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan. Mustaqillik davrida O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolga erishishining asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida qayd etilgan (6-jadval):
1-jadval Bozor iqtisodiyotida O‘zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari1



Tamoyillar

Izoh

11.

Demokratiya
tamoyili

- insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish hamda uni amalga oshirish;
- barcha fuqarolarning teng huquqliligi;
- davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;
- davlat va nodavlat iqtisodiyotidan saylovchilar
oldidagi javobgarligi va boshqalar.

2.

Iqtisodiy
munosabatlarni
demokratiyalash
tamoyili

- monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodi
yotga;
- sotsialistik musoboqadan erkin, sof raqobat-ga;
- qat’iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;
- davlatlashgan mulkdan xilma-xil mulkchilikka
asoslangan iqtisodiyotga o‘tish.

3.

Yuksak ma’naviy
tamoyil

- mustaqillik tafakkurini kengroq tushunish,
- ya’ni:
- O‘zbekiston davlatining istiqboli va istiqloli
haqida qayg‘urish;
- o‘zining va o‘z xalqining, vatanning qadru
qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish;
- Yuksak g‘oyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar
og‘ushida mehnat qilib, iste’dodi va iqtidori, bor
imkoniyatini, kerak bo‘lsa, jonini yurt istiqboli, eliga
baxshida etishdir.

4.

Milliy xafsizlikni
ta’minlash tamoyili

- O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga kirish
sur’atlarini tezlashtirish;
- Turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari
ishlarida faol ishtirok etishni ta’minlash.

O‘zbekistonning istiqlol yo‘li bozor munosabatlariga o‘tish yuzasidan olg‘a surgan besh tamoyiliga asoslanadi. Ularning mohiyati quyidagicha (2- jadval).


2-jadval Besh asosiy tamoyil2



Asosiy tamoyillar

Asosiy tamoyillarning mohiyati

1.

Iqtisodiyotning
siyosatdan
ustuvorligi

Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida
qolmasligi kerak, u birorta mafkuraga
bo‘ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi
shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan holi qilish zarur.

2.

Davlat bosh
islohotchi

Davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab
berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazish, jaholatparastlar va
konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.


Download 69.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling