Mavzu: Bosim o’lchovchi asboblarishlar prinsplari. Reja: Bosim Deformatsion monametrlar


Bosimlarni o‘lchash uchun deformasion asboblar


Download 0.51 Mb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1022995
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliyot mustaqil ish

Bosimlarni o‘lchash uchun deformasion asboblar


O‘lchash prinsipi
Bir o‘ramli trubkali prujinali asbobda o‘lchash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Deformasiya sezgir elementining (SE) bo‘sh tomonini harakatlanishini manometr ko‘rsatgichiga uzatish uchun sektorli va richagli uzatma mexanizmlar ishlatiladi. Uzatma mexanizm yordamida trubkali prujinaning bo‘sh tomoni bir necha darajaga (gradusga) yoki millimetrga siljishi strelkaning 270-300° ga burchakli siljishiga aylanadi.


Prinsipial sxema

4-rasmda sektorli uzatma mexanizmli manometr konstruksiyasi ko‘rsatilgan.


Asbob bir tomoni tutqich tirqishiga 1 ulangan, ikkinchisi esa (qo‘zg‘aluvchan) zichlab kavsharlab berkitilgan va ustida poynaki 9 bo‘lgan trubkali prujinadan 4 iborat. Prujinaning ichi o‘lchanayotgan muhit bilan tutqichdagi 1 radial shtuser 13 bilan ta’minlangan kanal orqali bog‘langan. Asbob tutqichi tribko-sektorli mexanizm o‘rnatilgan plata 2 bilan jihozlangan. Ohirgisiga tishli g‘ildirak (trubka) 7 va tishli sektor 8 kiradi. Lyuftni oldini olish uchun uzatma mexanizmda bir tomoni shtift yordamida tribka o‘qiga, ikkinchisi esa plataga 2 qotirilgan kolonkaga 5 mahkamlangan, spiral prujina 6 ishlatiladi. Sektorning xvostovikiga (quyruqiga) 8 vint 11 yordamida tyaga 10 qotiriladi. Tyaga orqali prujinaning bo‘sh tomoni harakatlanishi aylanish o‘qi 12 bo‘lgan tishli sektorga uzatiladi. Tishli sektorning aylanishi, o‘qiga shkaladagi ko‘rsatgichlarni hisoblash uchun strelka 3 o‘rnatilgan, tribkaga uzatiladi. Manometr shkalasi bir maromli, chunki prujinaning harakatlanuvchi bo‘sh tomoni o‘lchanayotgan bosimga poporsional. Strelka yurishining boshqarishi vint 11 bilan amalga oshiriladi.


Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan o‘lchashlar suyuqlik vositalari
O‘lchash prinsipi
Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan suyuqlik asboblarida o‘lchanayotgan bosim o‘lchovi qilib ishchi suyuqlik ustunining balandligi olinadi. Zatvorli yoki manometrik deb ataluvchi ishchi suyuqlik sifatida distillangan suv, etil spirti, simob, transformator moyi ishlatiladi. Ishchi suyuqlik turini tanlash o‘lchanayotgan bosim diapazoni, ishlatish shartlari va o‘lchashlarning talab qilinadigan aniqligi bilan belgilanadi. Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan bosimni o‘lchash suyuqlik vositasi misoli sifatida qalqovichli difmanometrni (shuningdek qo‘ng‘iroqli difmanometrlar ham mavjud) olish mumkin. Qalqovichli difmanometrning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosim farqini difmanometrni to‘ldirib turuvchi ishchi suyuqlik ustuni bilan yaratiladigan, gidrostatik bosim bilan muvozanatlashtirishda asoslangan.


Prinsipial sxema
Qalqovichli difmanometr (5-rasm) ikkita tutashgan (bog‘langan) idishdan iborat. Keng idishning 1 kesim maydoni F tor idish 7 kesim maydonidan f ancha katta. Tutashgan idishlarning ichki qismi nol belgisigacha ishchi suyuqlik (simob, transformator moyi) bilan to‘ldirilgan.
Ushbu asboblardagi o‘lchanayotgan bosimlar farqi qiymati keng idishning ichkarisida joylashgan qalqovich 2 bilan ko‘rsatkichi 3 bog‘langan uskunaga qarab belgilanadi. Asbob o‘lchash ob’yektiga ulanganda ko‘prog‘i bosim 1- idishga, kamrog‘i 7-idishga beriladi. Bosim 5 va 6-ventillar orqali uzatiladi. 4-ventil bosim bir tomonlama uzatilganda ishchi suyuqlik to‘kilishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda asbobni ob’yektga ulashdan oldin 4-ventil ochiladi, bosim birdek bo‘lganidan keyin ikkala idishda yopiladi. Asbobni ob’yektdan o‘chirganda oldin 4-ventil ochiladi, keyin esa 5 va 6-ventillar yopiladi.
O‘lchash jarayonida keng idishdagi suyuqlik pastga harakatlanadi, u bilan birga mexanik uzatma orqali hisoblash mexanizmining ko‘rsatkichini 3 harakatlantiradigan, qalqovich 2 ham harakatlanadi. Qalqovich harakatlanishi o‘lchanayotgan bosimlar farqi R1- R2 balandligi h1+h2 bo‘lgan suyuqlik ustuni bosimini muvozanatlashtirmaguncha sodir bo‘ladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling