ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI YO`NALISHI 2- KURS K 93-21 GURUH TALABASI YO'LBARSOVA ZARIFANING QUYOSH ISSIQLIK QURILMALARI VA TIZIMLARI FANIDAN MUSTAQIL TALIMI
MAVZU:VAKUUM TRUBKALI QUYOSH KOLLEKTORNING ISH JARAYONI O`RGANISH REJA: 1 VAKUUM TRUBKALI QUYOSH KOLLEKTORI 2 KOLLEKTORNING ISH JARAYONI O`RGANISH
Vakuum trubkali quyosh kollektorining issiqlik samaradorligini aniqlash.
Quyosh suv isitish (kollektori) qurilmalari 2 ta turdan: butun va alohda turdagi konstruksiyalarga boʻlinadi.
Butun turdagi kollektor (monoblok) vakuum kolbalar, bak (termos) - issiq suv rezervuari, shuningdek galvanik qoplamali tayanch osti metall rama yordamidagi yagona konstruksiyaga mahkamlangan tizimdan tashkil topgan.
Monoblok-kollektor asosan uy yoki binoning tomida oʻrnatilib iste’mol manbaigacha boʻlgan zarur issiq suv bosimi ta’minlanadi. Bak ichki qismida sirkulyatsiya tabiiy jarayonlar hisobiga amalga oshiriladi. Jamlanmaga shuningdek rama-tayanch tizimi, smart (aqlli) kontroller, elektromagnit klapan va elektr ten ham kiradi. Tanlov uchun bakning 2 turi: oddiy va zmeevik issiqlik almashingichli turlari taqdim etiladi. Zmeevik issiqlik almashingich bilan ta‘minlangan kollektoring samaradorligi
oddiysiga nisbatan ~30% ga yuqoriligi issiqlik almashingich orqali oʻtayotgan oqar suvning qizdirish momentiga bakda turgan issiq suv quyosh energiyasi hisobiga ham qiziydi. Iste’mol qilish darajasiga qarab bakdagi suvning miqdori 100l, 150l, 200l, 250l, 300l boʻladi.
Quyosh kollektorlarining samaradorligi kollektor yuza birligi tekisligiga tushayotgan quyosh nurlanishi quvvati, atrof-muhit harorati va kollektordan oʻtayotgan issiqlik tashuvchining haroratiga bogʻliqdir.
Bizning tajribalarimizda vakkum quyosh kollektorining samaradorligi qurilmadan olinayotgan foydali issiqlik energiyasining kollektor yuza birligiga tushayotgan quyosh nurlanishi quvvatiga nisbatiga teng:
(9.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |