Mavzu: bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari
Download 180 Kb.
|
BOSISHGACHA BO`LGAN JARAYON USKUNALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUQORI UNUMLI KBA RAPIDA 105 BOSMA MASHINASI
- “O`QITUVCHI” NMIUDA O`RNATILGAN BOSHQA USKUNALAR
Mavzu: BOSISHGACHA BO`LGAN JARAYON USKUNALARIVATAN MAKINA FLATOKESISH MASHINASI“O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi VATAN MAKINA nomli qog`oz kesish mashinasini xarid qilib o`rnatdi. Yirik Turkiya ishlab chiqaruvchisi tomonidan tayyorlangan VATAN MAKINAdan bosmaga tayyorlash uchun foydalaniladi. Flatokesish qog`oz, karton va shunga o`xshash boshqa rulonli materiallarni kerakli o`lchamlarda kesish va buklashni amalga oshirishga imkon beradi. Bosma shakllarni raqamli tayyorlash tizimi (CTP) Screen Plate Rite 8600 SL 8 sahifadan iborat СТР modul qurilmali Plate Rite 8600 termal tizim yuqori ishlab chiqarish quvvati va ishda moslashuvchanlik xususiyatiga ega. SPEKTRA (chastotali/amplitudali rastrlovchi gibrid texnika) texnologiyasi yordamida bu CTP majmuasi sifat va unumdorlik standartlarini belgilab beradi. O`ziga xos xususiyatlari: kunduzgi yorug`likda ishlash imkoniyati; SPEKTRA texnologiyasi bilan birgalikda yuqori sifatli tasvir chiqarish; 2400 dpi sifatda soatiga 22 ta bosma shakl; 5 tagacha bosma shakl bichimlarini yuklash va ishlov berish; barabanni avtomatik ravishda muvozanatga keltirish; “liniyada” turli teshish tizimlari ta`minoti; bosma shakl turlari va bichimlari keng diapazoni ta`minoti; eng yaxshi unumdorlikni ta`minlaydi. Bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari Bosma uskunalar Bosishdan keyingi jarayon uskunalari YUQORI UNUMLI KBA RAPIDA 105 BOSMA MASHINASI“O`qituvchi” NMIUda o`rta hajmdagi yangi ofset listli KBA Rapida 105 bosma mashinasi o`rnatildi. Ushbu uskuna yuqori unumli bo`lib, ham qog`oz ham kartonga chop etish imkoniyatiga ega. List (taboq) bichimi: Maksimal (standart/opsiya) - 720 x 1.050 / 740 x 1.050 mm Minimal (standart/opsiya) - 360 x 520 / 350 x 500 mm Bosma bichim: Maksimal (standart/opsiya) - 710 x 1.040 / 730 x 1.040 mm KBA kompaniyasi ishlab chiqarish sifati va unumdorligiga qo`yilayotgan yangicha talablar asosida Rapida 105 mashinasini ishlab chiqdi. 740x1050 mm hajmli mashinaning ishlash tezligi 18000 gacha oshirilgan bo`lib, bu standartdan yuqoridir. Rapida 105 o`zining quyidagi: yangi boshqaruv va sozlash jarayonlari; yaxshilangan texnik tarkibiy qismlari; yangi texnik xizmat ko`rsatish jihatlari bilan barcha ofset bosma sohalarida qiziqarli model hisoblanadi. “O`QITUVCHI” NMIUDA O`RNATILGAN BOSHQA USKUNALARKorxonaning bosma sexida yana ikkita 4 rangli RYOBI-754 va RYOBI-750 (Yaponiya) ofset bosma mashinalari o`rnatilgan. Mazkur bosma mashinalar turli qalinlikdagi qog`ozlarda A2 hajmdagi 4 rangli bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bosma sifatining raqamli nazorati kichik hamda katta buyurtmalarni bajarishda barqaror va yuqori sifatni ta`minlaydi. Bosma sexda, shuningdek, ikkita HORIZON AFC-744AKTSC (Yaponiya) falsovka mashinalari ham o`rnatilgan. Barcha sozlash ishlari sensorli ekrandagi katta interfaol ikonalar yordamida amalga oshiriladi. Bu esa mashinani boshqarish va tezkor qayta sozlash ishlarida qulaylikni ta`minlaydi. 2006- yilning sentabr oyida yangi “Perfecta 132” kesish mashinasi ishga tushirildi. “Perfecta 132” birinchi darajali, takomillashtirilgan, kompyuter yordamida boshqariladigan yuqori unumli kesish mashinasi bo`lib, u sensorli ekran va professional talablarda murakkab kesish amallarini dasturlashtirishga imkon beradigan hamda ishlatishga oson bo`lgan to`liq grafikli menyu bilan ta`minlangan. Perfectaning sensorli ekrani kesish ishlarini tushunarli, oson amalga oshirishda xizmat ko`rsatsa, ma`lumotlarning grafikli taqdimoti dasturda yuz berishi mumkin bo`lgan xatoliklarni u ishga tushishdan oldinroq topishda yordam beradi. Shuningdek, korxonada o`quvchi va umumiy daftarlarni ishlab chiqaruvchi ACME LINEOPRINT (Hindiston) uskunasi ham o`rnatilgan. Bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari Bosma uskunalar Bosishdan keyingi jarayon uskunalari "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma Foydalanilgan adabiyotlar http://oqituvchi.uz/view_yangiliklar.php?yangilik=224 http://moodle.titli.uz:8080/login/index.php https://referat.arhiv.uz/index.php?do=files&op=download&fileid=67266 Download 180 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling