Mavzu: bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari


Download 180 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi180 Kb.
#1301392
Bog'liq
BOSISHGACHA BO`LGAN JARAYON USKUNALARI

Mavzu: BOSISHGACHA BO`LGAN JARAYON USKUNALARI

VATAN MAKINA FLATOKESISH MASHINASI


“O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi VATAN MAKINA nomli qog`oz kesish mashinasini xarid qilib o`rnatdi.
Yirik Turkiya ishlab chiqaruvchisi tomonidan tayyorlangan VATAN MAKINAdan bosmaga tayyorlash uchun foydalaniladi.
Flatokesish qog`oz, karton va shunga o`xshash boshqa rulonli materiallarni kerakli o`lchamlarda kesish va buklashni amalga oshirishga imkon beradi.

Bosma shakllarni raqamli tayyorlash tizimi (CTP) Screen Plate Rite 8600 SL
8 sahifadan iborat СТР modul qurilmali Plate Rite 8600 termal tizim yuqori ishlab chiqarish quvvati va ishda moslashuvchanlik xususiyatiga ega. SPEKTRA (chastotali/amplitudali rastrlovchi gibrid texnika) texnologiyasi yordamida bu CTP majmuasi sifat va unumdorlik standartlarini belgilab beradi.

O`ziga xos xususiyatlari:

  • kunduzgi yorug`likda ishlash imkoniyati;

  • SPEKTRA texnologiyasi bilan birgalikda yuqori sifatli tasvir chiqarish;

  • 2400 dpi sifatda soatiga 22 ta bosma shakl;

  • 5 tagacha bosma shakl bichimlarini yuklash va ishlov berish;

  • barabanni avtomatik ravishda muvozanatga keltirish;

  • liniyada” turli teshish tizimlari ta`minoti;

  • bosma shakl turlari va bichimlari keng diapazoni ta`minoti;

  • eng yaxshi unumdorlikni ta`minlaydi.

Bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari
Bosma uskunalar
Bosishdan keyingi jarayon uskunalari

YUQORI UNUMLI KBA RAPIDA 105 BOSMA MASHINASI


“O`qituvchi” NMIUda o`rta hajmdagi yangi ofset listli KBA Rapida 105 bosma mashinasi o`rnatildi. Ushbu uskuna yuqori unumli bo`lib, ham qog`oz ham kartonga chop etish imkoniyatiga ega.
List (taboq) bichimi:

  • Maksimal (standart/opsiya) - 720 x 1.050 / 740 x 1.050 mm

  • Minimal (standart/opsiya) - 360 x 520 / 350 x 500 mm

Bosma bichim:
Maksimal (standart/opsiya) - 710 x 1.040 / 730 x 1.040 mm

KBA kompaniyasi ishlab chiqarish sifati va unumdorligiga qo`yilayotgan yangicha talablar asosida Rapida 105 mashinasini ishlab chiqdi. 740x1050 mm hajmli mashinaning ishlash tezligi 18000 gacha oshirilgan bo`lib, bu standartdan yuqoridir.
Rapida 105 o`zining quyidagi:

  • yangi boshqaruv va sozlash jarayonlari;

  • yaxshilangan texnik tarkibiy qismlari;

  • yangi texnik xizmat ko`rsatish jihatlari bilan barcha ofset bosma sohalarida qiziqarli model hisoblanadi.

“O`QITUVCHI” NMIUDA O`RNATILGAN BOSHQA USKUNALAR


Korxonaning bosma sexida yana ikkita 4 rangli RYOBI-754 va RYOBI-750 (Yaponiya) ofset bosma mashinalari o`rnatilgan.

Mazkur bosma mashinalar turli qalinlikdagi qog`ozlarda A2 hajmdagi 4 rangli bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bosma sifatining raqamli nazorati kichik hamda katta buyurtmalarni bajarishda barqaror va yuqori sifatni ta`minlaydi.
Bosma sexda, shuningdek, ikkita HORIZON AFC-744AKTSC (Yaponiya) falsovka mashinalari ham o`rnatilgan.

Barcha sozlash ishlari sensorli ekrandagi katta interfaol ikonalar yordamida amalga oshiriladi. Bu esa mashinani boshqarish va tezkor qayta sozlash ishlarida qulaylikni ta`minlaydi.
2006- yilning sentabr oyida yangi “Perfecta 132” kesish mashinasi ishga tushirildi.

“Perfecta 132” birinchi darajali, takomillashtirilgan, kompyuter yordamida boshqariladigan yuqori unumli kesish mashinasi bo`lib, u sensorli ekran va professional talablarda murakkab kesish amallarini dasturlashtirishga imkon beradigan hamda ishlatishga oson bo`lgan to`liq grafikli menyu bilan ta`minlangan.
Perfectaning sensorli ekrani kesish ishlarini tushunarli, oson amalga oshirishda xizmat ko`rsatsa, ma`lumotlarning grafikli taqdimoti dasturda yuz berishi mumkin bo`lgan xatoliklarni u ishga tushishdan oldinroq topishda yordam beradi.
Shuningdek, korxonada o`quvchi va umumiy daftarlarni ishlab chiqaruvchi ACME LINEOPRINT (Hindiston) uskunasi ham o`rnatilgan.

Bosishgacha bo`lgan jarayon uskunalari
Bosma uskunalar
Bosishdan keyingi jarayon uskunalari
"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. http://oqituvchi.uz/view_yangiliklar.php?yangilik=224

  2. http://moodle.titli.uz:8080/login/index.php

  3. https://referat.arhiv.uz/index.php?do=files&op=download&fileid=67266

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling