Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yuzasidan savol-javoblar
Download 21.77 Kb.
|
1 - mavzu boyicha amaliy mashg`ulotlar
mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yuzasidan savol-javoblar Biznes va Siz! O‘z qobiliyat va salohiyatingizni sinab ko‘ring, taklif etilgan ikkita (A,B) variantlardan o‘zingizga ma’qulini tanlang. 1. A) Men xatolardan saqlana olaman. B) Men o‘z do‘stlarim bilan uchrashishni yaxshi ko‘raman. 2. A) Mening xodimlarim menga do‘st bo‘lib qoladilar, biz teng muloqotda bo‘lamiz. B) Agar menga yaxshi ish taklif qilishsa, hozirgi ishimdan zudlik bilan voz kechaman. 3. A) Ish qanchalik yaxshi bo‘lishiga qaramay, agar uning sinishi va obro‘yimni yo‘qotishimning ehtimoli bo‘lsa, u bilan shug‘ullanmayman. B) Odamlarga yaxshilik qilishni sevaman. Buni men doimo o‘zimning oddiy ishim bilan birgalikda olib boraman. 4. A) Muammolarni ularning yuzaga kelishiga qarab hal qilish kerak. B) Agar mening yangi ishda omadim chopmasa, eski ishimga qaydaman. 5. A) G‘oyalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgachgina, ularni amalga oshirishga kirishaman. B) Men hozirgiga qaraganda yaxshiroq ishlashim mumkin. 6. A) Ishga kirishishdan avval, bu mening obro‘-e’tiborimga zarar yetmasligiga ishonch hosil kilishim zarur. B) Men qimmatbaho buyumlarni sotib olishni hohlayman. 7. A) Men katta va shinam uy sotib olishni hohlayman. B) Men o‘z xatolarim orqali o‘rganaman 8. A) Eng asosiysi ish. B) Ko‘p sonli do‘stlarimning mening ishim haqidagi fikrlariga suyanaman. 9. A) Biror –bir ishga kirishishdan avval uning oqibatlari haqida o‘ylash kerak bo‘ladi. B) Barcha ishlar mening ko‘rsatmalarim asosida amalga oshadi. 10. A) Mening asosiy maqsadim – pul, chunki u turli-tuman qulayliklarga imkoniyat eshiklarini ochadi. B) Do‘stlarimni tez-tez ko‘rib turish imkoni mavjud joyda ishlashni sevaman. 11. A) Men xotirjamlikni sevaman, shuning uchun kunlarimni g‘am va tashvishsiz o‘tkazishni istayman. B) Muvaffaqiyatsizlik ro‘y berishi bilan uning sabablarini aniqlashga intilaman. 12. A) Qaror qabul qilishda mutloq mustaqil bo‘lishni istayman. B) Mening maqsadim-o‘zimning baxtli kelajagim uchun yirik miqdordagi pulni to‘plash. 13. A) Odamlar bilan munosabatda qiziqqonlik qilishni va ularni xafa qilib qo‘yishni istamayman. Jamoa bilan ishlashda, imkoni boricha, bosiqlik va shirinsuxonlik bilan muomala qilishga harakat qilaman. B) Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy narsa – to‘plangan tajriba. 14. A) Men hatto muvaffaqiyatsizlikka uchrasam ham, ko‘p narsani o‘rganaman. B) Men go‘zal va shinam hayotga intilaman. 15. A) Har bir ishda rivojlanishga harakat qilish zarur. B) Baxtim va xavfsizligim uchun barcha narsani qilishga tayyorman. 16. A) Eng avvalo, yaqinlar hamda do‘stlar haqida qayg‘urish zarur. B) Qiyin muammolarni hal qilish qiziqarli va jozibali. 17. A) O‘z pullarimning bankda ishonarli saqlanishini hohlayman. B) Qilayotgan ishimni bilaman va o‘zgalarning tanqididan qo‘rqmayman. 18. A) Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasam odamlar ustimdan kulishlari mumkin. B)Men o‘z kuchimga ishonaman, biroq zarur bo‘lsa o‘zgalar maslahatiga quloq tutaman. 19. A) O‘z g‘oyalarimni amalga oshirishdan avval barchasini ming martda o‘ylab ko‘rish kerak. B)Boshqalar meni omadsiz deb atamasliklari uchun, ehtiyotkorlik bilan harakat qilaman. 20. A) Ishim ko‘p bo‘lsa, o‘zimni yaxshi his qilaman. B) Menga yo‘qotishlar keltirishi mumkin bo‘lgan biror-bir ishni hech qachon qilmayman.
Ballaringizni jamlang. Agar sizda 15 balldan kam ball yig‘ilgan bo‘lsa - sizda tadbirkorlik qobilyati yo‘q. Agar sizda 15 dan 25 ballgacha yig‘ilgan bo‘lsa - tadbirkorlikka loqaydsiz. Agar sizda 25 dan 32 ballgacha yig‘ilgan bo‘lsa - sizning tadbirkorlikka biroz layoqatingiz bor. Agar sizda 32 dan yuqori ball yig‘ilgan bo‘lsa - sizning tadbirkorlikka to‘la layoqatlisiz. Download 21.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling