Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar


Download 32.38 Kb.
bet2/2
Sana03.04.2023
Hajmi32.38 Kb.
#1322643
1   2
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma

2- reja bayoni
Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til hisoblanadi. Demak, til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til butun jamiyatga tegishli bo’ladi. Jamiyat a’zolari yordamida shakllanib, boyib boradi. Shu bois tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas.
Til- bu ijtimoiy hodisa u kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo'lib jamiyatga xizmat qiladi. Shunig uchun ham tilninig kishilik jamiyatidagi roli beqiyos Malum davrga kelib yozuv yaratilganidan keyin usha aloqa vositasi bo‘lgan tillar yozuvida aksini topgan.tarixiy taraqqiyot jarayonida vjudgs kelgan yirik davlatlar yemirilishi bilan ularning aloqa vositasi bo‘lgan tillar , chunonchi qadimiy fors tili finiklar tili , lotin tili, va boshqa eski tillar 9-10 asrlargaca istemolda bo‘lib keyin o‘lik tillarga aylangan. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatning rng muhim aloq vositasi bo‘lagan til va uning muhim xususiyatlari xaqida turli tushunchalar fikrlar va nazariyalar vjudga keldi. Bazi olimlar tilni hayvon o‘simlik kabi jonli narsalrga o‘xshatib taabiatdagi tirik organizm deb tushungan, va shunday deb davo qilishgan.19-asr o‘rtalarida tbiiy fanlarning rivojlanishi Charliz Darvin talimotining vjudga kelishi bilan bu nazariya tilshunos olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Tilni tirik organizm deb tushunish ancha kuchayadi. Chunonchi nemis tilshunoslari M.Myuller va A.Shleyherlar shu nazariya ‘‘ Naturalizm‘‘tarofdorlari edilar. Ularning yozishicha tilning paydo bo‘lishi rivojlanishi va o‘lishi tabiat qonulariga bo‘ysungan xolda ro‘y beradi. Yani kishi tug‘ilganda til ham tug‘iladi, o‘lganda til ham o‘ladi. Tilshunoslikka bunday oqimning vjudga kelishi hodisa mohiyatining serqirraligiga yetarlicha etibor qaratmaslik oqibati ham sabab bo‘lgan. Tilshunoslikning keyingi taraqqiyoti A.Shleyher nazariyasining noto‘g‘riligini isbotladi.
Til va Tafakkur munosabati.
Kishilar til orqali bir- birlari bilan munosabatda bo‘ladilar bir birlariga fikr istaklarini yetkazadilar. Demak til tafakkur bilan chambarchast bog‘liq bo‘lib tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek tafakkursiz til ifodasini shakllantira olmaydi.
Tafakkur bilan tilning aniqroq qilib aytganda fikr bilan so‘zning o‘zaro jarayoni juda nurakkab jarayondir. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha yani so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga ifoda shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning voqeligi uning mavjudligi tilda nomoyon bo‘ladi. Demak fikr tilda voqealanishadi tilda mavjud bo‘ladi. Tilsiz so‘zsiz tarkibiy qismlarga ajralgan aniq va tayyor xoldagi xech qanday fikr bo‘lmaydi. Fikr tilda yani so‘zlarda so‘zlar orqaligina shakllanadi tilda o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib so‘z fikrni mujassamlashtiradi moddiy shaklga solib yuzaga chiqaradi. Fikr yanada aniqroq qilib aytganda fikrning mohiyati va mazmuni esa o‘z navbatida so‘zlarda va so‘zlar vositasi bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini mazmunini tashkil etadigan xar qanday idrok yoki tasavvur xam faqat so‘zlar vositasi bilangina voqe bo‘ladi.

3-reja bayoni


Insonning o‘zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo‘lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo‘lgan. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida, aniqrog‘i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlarda mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini bayon qilish istagi tug‘ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.
Dunyoda tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til turkumlariga bo‘linadi: Hind-yevropa oilasi, Fin-ugor tillar oilasi, Oltoy tillar oilasi va h.k.
O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:

  • Qadimgi turkiy adabiy til

  • Eski turkiy adabiy til

  • Eski o’zbek adabiy til

  • Hozirgi o’zbek adabiy til

Qadimgi turkiy til
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha bo‘lgan davr. Bu davrdagi til fandaqadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari (VI–VII asrlar) shu tilda yaratilgan.
Eski turkiy til
XI–XIV asrlarda amalda bo‘lgan til eski turkiy til deb ataladi. Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu-lug‘atit-turk” (“Turk tillari devoni”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”), Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy” asarlari shu tilda yaratilgan.
O’zbek adabiy til
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tilideb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
Hozirgi o’zbek adabiy til
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan tilimiz hozirgi o‘zbek adabiy tili deb ataladi. “Turkiston viloyati gazeti” nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) e’tiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o‘zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
O’zbek tili – davlat tili

  • 1989-yil 21-oktabirda o’zbek tili davlat tili maqomi berildi.

  • Kiril yozuvidagi adabiyotlar, darstliklar lotin yozuviga o’girila boshlandi.

  • Har yili 21-oktabrda yurtimizda o’zbek tiliga bag’ishlanigan turli tadbirlar va til bayramlari o’tkaziladi.

2-mavzu: Milliy va adabiy til. Milliy til va adabiy til


Reja:

  1. Tillarning tasnifi

  2. Tilshunoslik bo’limlari



Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar: sintetik til, sheva, dialekt, differentsiatsiya, invariant vosita, xalq tili, yozma adabiy til, milliy tillar, affiksli tillar, flektiv tillar, agglyutinativ tillar, polisintetik tillar, tillarning tipologik tasnifi,

1-reja bayoni


Qayerda yashashidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga sheva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi.


Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q.
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud.
Tilshunoslikka oid adabiyotlarda 3000ga yaqin til borligi qayd qilingan. (Ayrim adabiyotlarda ularning soni 5000 gacha deb ko‘rsatilmoqda). Agar ularga shevalar ham qo‘shilsa, bu son nihoyat darajada oshib ketishi mumkin. Bu tillar funktsional jihatdan ham teng emas. Birida bir qabila gaplashsa, ikkinchisi xalqaro til hisoblanadi. Ba`zi tillar yo‘q bo‘lib ketgan (Amerikadagi hindu qabilalari tillari). O‘lik til-iste`moldan chiqqan, yozma yodgorliklarda saqlanib qolgan til. Masalan: lotin tili, sanskrit tili.
Ularning eng asosiy va muhim belgilarini nazarda tutib tasniflash nihoyatda mushkul vazifa ekanligini ham o‘tgan darsimizda ta`kidlab o‘tdik. Bir necha 100 yoki 1000 kishi gaplashadigan qabila tili ham, 400 mln.dan 500 mln.gacha odam gaplashadigan ingliz tili ham alohid til hisoblanadi.
Keyingi yuz yilliklarda, ayniqsa XVI-XVIII asrlar davomida turli tillarni o‘rganish natijasida to‘plagan ma`lumotlar ularni bir-biri bilan qiyoslab o‘rganishga omil yaratdi va asta-sekin tillarning bir-biri bilan yaqinlik, qarindoshlik munosabati borligi haqida fikrlar paydo bo‘la boshladi.
Frantsuz olimi Gvilel’m Postellus (1510-1581)ning «Tillarning qarindoshligi haqida», golland olimi Iosif Skaligerning (1540-1609) «Evropaliklarning tillari haqida mulohazalar» asarlari yuzaga keldi. 1786 yilda ingliz sharqshunos olimi Vil’em Djounz (1746-1794) Kal’kuttada qilgan ilmiy dokladida sanskrit tilining grek, latin, kekel’t, got va qadimgi fors tillari bilan qarindoshligini ko‘rsatib berdi.
SHu tarzda tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga ilmiy zamin paydo bo‘ldi.
Bu metodning shakllanishida F.Bopp (1791-1867) «Sanskrit tillarining tuslanish sistemasi va uning grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» (1816), «Sanskrit, zend, arman, grek, latin, litva, qadimgi slaviyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» nomli uch tomlik asari (1833-1952). Bu asarlari bilan tilshunoslikda agglyutinatsiya nazariyasini yaratdi.
Rasmus Rask (1787-1832)- «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi», YAkov Grimm (1785-1863)- «Nemis tili grammatikasi». U fonetik qonun, fonetikadagi o‘xshashliklar - «Grimm qonunini» yaratdi. A.X.Vostokov «Slaviyan tili haqida mulohazalar» (1820).
SHunday qilib avval qiyosiy-tarixiy metod, keyinchalik qiyosiy-tarixiy tilshunoslik vujudga keldi. Geneologik tasnif yaratildi.
XIX asrga kelib bu borada etarli ilmiy ma`lumotlar to‘plandi, tillarni tipologik guruhlashga ehtiyoj ortib bordi. SHu tarzda tilshunoslikda qator tasniflar vujudga keldi. Jumladan:
areal-geografik
genetik-geneologik
morfologik-tipologik
funktsional struktural kabi.
Areal tasnifda jahon tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomonida xarakteristikasi, ayrim tillarining qo‘llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o‘z ifodasini topadi. Mas.,O‘zbekiston hududida millat va elatlarning joylashishi. (Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi shuni ko‘rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‘zaro to‘ғri kelmaydi).
Tillarning xalq tarixi bilan aloqasiga ko‘ra, asosan, uch tipga ajraladi: qabila tili, elat tili, milliy til.
Tilarning funktsional tasnifi qo‘yidagi belgilarga asoslanadi:
1) tilning o‘zi tegishli bo‘lgan xalq tarixi bilan aloqasi;
2) tilning jamiyatdagi vazifasi.
Tillarning ijtimoiy vazifasining kengayishi ularning funktsional differentsiatsiyalashuviga olib keladi. Natijada turli nutq stillari shakllanib boradi. Rivojlangan hozirgi tillarning ko‘pchiligida badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, so‘zlashuv kabi uslublar shakllangan.
Tillarning tipologik tasnifi da tillarning grammatik qurilishi asosga olinib, ularning asosiy tiplari belgilanadi. Unda tillarning morfologik va sintaktik tipologiyasi farqlanadi. Morfologik tasnif ana shu usulga asoslanadi.
Morfologik tipologiya da ko‘proq so‘zlarning o‘zgarishi asosga olinadi. Tillarning morfologik tasnifi so‘z qurilishida o‘zak va affikislarini o‘zaro qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi. Bu tasnif tilshunoslikda keng tarqalgan.
Sintakaktik tipologiya gap va so‘z birikmalarida ifoda qilinadigan logik - semantik munosabatlarning universalligiga suyanadi, bunda kesim formasi, sintaktik aloqa, gapdagi logik semantik munosabatlar hisobga olinadi. Kesim formasiga ko‘ra gaplar ot va fe`l gaplarga ajratiladi.
Tillarning sintaktik tasnifida subekt-predikat, ob`ekt-atribut munosabatlarini ifodalanishiga asoslangan tasnif keng tarqalgan. Bu jihatdan I.I.Meshchaninov uch sintaktik tipni ajratadi: posessiv, nominativ, ergativ. Bunda ega nima bilan ifodalanishi hisobga olinadi. Posessiv-egalik, qarashlilik munosabatini ifoda qiluvchi maxsus sintaktik konstruktsiya. Nominativ-ega bosh kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalanishi. ergativ kelishik kavkaz tillariga xos.
Fandagi bu muammolarni hal qilishga chet el olimlari qatori o‘zbek tilshunoslari ham o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Geneologik tasnifda til faktlari tarixiy printsip (usul) asosida o‘rganilib, tillarning qarindoshlik munosabati hisobga olinadi.
Struktural tasnifda hamma tillarning vazifasi bir xilligidan kelib chiqib, ulardagi umumiylik va o‘xshashlik asos qilib olinadi. Bu umumiy o‘xshashlik va universallik deyiladi.
2-reja bayoni
Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilgan. O‘zbek tili mansub bo‘lgan turkiy tillar guruhi o‘ttizga yaqin tilni
o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o‘ziga xos jihatlari mavjud. O‘zbek tili fani quyidagi bo‘limlardan iborat.
1. Fonetika-nutq tovushlari, bo‘g‘in va urg‘u haqidagi bo‘lim.
2. Orfoepiya-adabiy tilning to‘g‘ri talaffuz qoidalari haqidagi bo‘lim.
3. Orfografiya-to‘g‘ri yozish yoki imlo qoidalarini o‘rganadi.
4. Grafika-tovush va harf munosabati, alifbo tizimi, yozuv va uning turlarini o‘rganadi.
5. Leksikologiya-so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi, lug‘aviy ma’noning taraqqiyot yo‘llari, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari haqidagi bo‘lim.
6. Frazeologiya- iboralarni (frazeologizmlarni) o‘rganadi.
7. So‘z yasalishi-so‘z yasash usullari haqidagi bo‘lim.
8. Etimologiya-so‘zning kelib chiqishi, shakllanish tarixi haqidagi bo‘lim.
9. Grammatika-tilning ichki qurilishini o‘rganadi. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
10. Morfologiya-so‘z turkumlari, grammatik ma’no, grammatik
shakl haqidagi bo‘lim.
11. Morfemika-morfema, ya’ni so‘zning ma’noli qismi haqidagi
bo‘lim (morfemikani morfologiyaning alohida bir bo‘limi sifatida
tushunish mumkin).
12. Sintaksis-so‘z birikmasi, gap va uning turlari haqidagi
bo‘lim.
13. Punktuatsiya-tinish belgilarini o‘rganadi.
14. Stilistika (uslubiyat)-nutq uslublarini o‘rganadi.
15. Dialektologiya-shevalar, lahjalar haqidagi bo‘lim.
16. Leksikografiya-lug‘at va uning turlarini o‘rganadi.
17. Til tarixi-til taraqqiyotining tarixiy bosqichlaridagi muhim
jihatlarni o‘rganadi.
Download 32.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling