Mavzu: Boyitma va shixta materiallarini bo’laklash dastgohlari
Qovushtiruvchi qo‘shib briketlash
Download 26.19 Kb.
|
dastgoh word shakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qovushtiruvchilarsiz briketlash.
Qovushtiruvchi qo‘shib briketlash.
Ruda va birikmalarni briketlashda qovushtiruvchilar sifatida organik va noorganik birikmalardan foydalaniladi. Organik birikmalarga o‘simliklar uni, hayvonlar chiqindisi, toshko‘mir smolasi, neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilari kiradi. Noorganik birikmalarga kaolin, Ca(OH)2va hokazolar kiradi.Metallurgiyada ko‘pincha tabiiy qovushtiruvchi materiallar sifatida Ca(OH)2 dan foydalaniladi. Briketlash 3,9–6,8 n/m kuch ostida olib borilib, shixta namligi 10–18 %ni tashkil etadi.Ruda va boyitmalarni aglomeratsiyalash va briketlash bir xil usul deb qaralsada, ularning o‘ziga yarasha qo‘llanish sohalari mavjud. Jumladan, rangli metall rudalari uchun (asosan Zn li rudalar) briketlashni umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Bunga sabab uning tarkibidagi S ning ko‘pligidir. Qovushtiruvchilarsiz briketlash. Qovushtiruvchilarsiz briketlash, asosan, Fe rudalari uchun qo‘llanilib, buning tarkibiga 7–8 % uglerodli yoqilg‘i qo‘shiladi va 40 minut davomida xom briketlar 1200–1300 °C da qizigan texnologik gazlar yordamida kuydiriladi. Bunda maxsus pechlar bo‘lib, uning ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 50 tonnaga yetadi. Qovushtiruvchilarsiz briketlashda briketlarning tarkibiga qo‘ng‘ir temir yoki temir zangi qo‘shiladi. Bunda qo‘ng‘ir temir havodagi namlik bilan tez kirishib,jipslashtirish to‘liq amalga oshadi va aksincha, ularni 250 °C haroratda ishlov berish natijasida uning mustahkamlik darajasi keskin ortadi. Qo‘shimchasiz briketlash arzon bo‘lsa-da, uning mustahkamligi yuqori emas. Presslash - Materiallarni bosim ostida zichlash va muayyan shakl berish maqsadida qayta ishlash usuli. Rаngli mеtаllurgiyadа хоm ashyoni brikеtlаsh uchun vаli prеsslаr kеng tаrqаlgаndir. Prеsslаshdаn оldin хоm ashyo mаhsulоtlаri tayyorlоv jаrayonlаrigа: quritish yoki nаmlаsh, yanchish, grаnulоmеtrik sinflаsh, bоg’lоvchi mаhsulоtlаr vа bоshqаlаr bilаn аrаlаshtirishgа yubоrilаdi. Ish jarayonining tabiatiga ko'ra, bu presslar davriy va uzluksiz harakatlarni bajarishi mumkin; dizayni bo'yicha, bular presslash stoli, shtamplash, tortish, rulon, lenta-vakuum, rolik.Presslash printsipiga ko'ra, materialni bir tomonlama va ikki tomonlama siqish bilan amalga oshiriladi; presslangan materialning harorati bo'yicha - sovuq va issiq (1050 °C gacha) briketlash presslari.Rolikli briket presslarining eng kattasi rulonning diametri 1400 mm, rulonning kengligi 1500 mmgacha, rulonlarning aylana tezligi 1 m/s gacha, aylanish chastotasi 4-40 ay/min., unumdorligi briket hajmi bo‘yicha 200 sm3. Download 26.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling