Mavzu: Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish
Download 23.37 Kb.
|
hamid
Mavzu:Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish Metallurgiya sanoatida, xususan, mis eritishda butun sarf bo‘lgan xarajatlarning teng yarmi xomashyolarni va shixtalarni tayyorlashga hamda eritib, undan shteyn olishga sarflanadi. Qolgan 50 % xarajat esa konverterlash, elektroliz yo‘li bilan tozalash va nihoyat, mis olishga sarflanadi. Shixta va xomashyoni tayyorlash hamda ularni eritish uchun ketgan sarfni kamaytirish borasida olimlarimiz juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, o‘z takliflari bilan metallurgiya sanoatiga o‘zgartirish kiritishga harakat qildilar. Uzoq yilgi samarali mehnatlar natijasida mis sanoatida avtogen, ya’ni o‘z-o‘zidan boradigan jarayonlar sanoat miqyosida qo‘llanilmoqda. Ularga muallaq holatda boradigan mash’alli eritish pechi va kislorodli muallaq elektrotermik pechi, minorali avtogen eritish pechi va suyuqlikda boradigan avtogen eritish pechlari (Vanyukov pechi) kiradi. Eritish jarayonlarini uchta asosiy turga bo‘lish mumkin: 1) tashqaridan doimiy issiqlik berib turiluvchi jarayonlar. 2) avtogen, ya’ni ichki kimyoviy reaksiyalar natijasida to‘liq o‘z-o‘zini issiqlik bilan ta’minlaydigan jarayonlar. 3) aralash, ya’ni ham tashqaridan issiqlik beriladigan hamda ekzotermik kimyoviy reaksiyalar natijasida issiqlik ajralib chiqadigan jarayonlar. Avtogen jarayonlarga yuklanishi mo‘ljallangan xomashyo uchun alohida talablar qo‘yiladi. Bu talablarning asosiysi uning tarkibidagi kerakli birikmalarning kislorod bilan o‘zaro ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning xomashyo yoki shixtani eritishga yetarli bo‘lishidadir. Oltingugurt bilan birikkan moddalar avtogen jarayonlar uchun asosiy xomashyodir. Chunki ular kislorod bilan reaksiyaga kirishib, ekzotermik holatni yuzaga keltirib, quyidagicha issiqlikni chiqarishi mumkin. Masalan: Cu2S–144,56 kJ/kg; FeS–368,36 kJ/kg; PbS–72,59 kJ/kg. Eritishning avtogenli maromi oltingugurtli moddalarning eritish turi bo‘yicha quyidagicha bo‘ladi: piritli, xalkopiritli, pirrotinli yoki kislorodning purkashdagi tarkibiga ko‘ra, nokerak jinslar va ashyoning tarkibi hamda miqdoriga, purkash yo‘nalishiga, ya’ni pech tubidagi yoki yonidagi mash’alli qatlamga, ichki va tashqi issiqlik almashinuviga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yuqorida qayd etilgan oltingugurtli ashyo bilan qaysi usul yoki yo‘nalish bo‘yicha jarayonning tanlanishi o‘z o‘rnida uning ichida oltingugurtning harorat ostida parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ashyoni to‘liq eritishga o‘tmaydi. Asosiy harorat temir sulfidining (FeS) oksidlanishi natijasida ajralib chiqadi. Buni quyidagi qiymatlardan bilish mumkin. Parchalangan 1 kg oltingugurtning oksidlanishi natijasida 6792 kJ/kg issiqlik ajralib chiqsa, temir sulfidining oksidlanishi natijasida 1 kg oltingugurt hisobida 14759 kJ/kg issiqlik ajralib chiqadi. Misli rudalar quyidagi beshta asosiy turga bo‘linadi: sochma mis (qumli holda), porfirli mis, vanadiy-temirli mis, misli kolchedan va skarnli qazilma boyliklaridir. Birinchi turdagi sochma mis qazilma boyliklari ko‘proq Afrikada aniqlangan. Bu turdagi sulfidli rudalar tarkibida misning miqdori 3–4 %, oksidli rudalarda 3–14% ni tashkil etadi. AQSH va Chilining asosiy xomashyosi keng tarqalgan turdagi porfirli mis rudalar hisoblanadi. Ularning tarkibidagi misning miqdori 0,5–2% atrofida bo‘ladi. Bu rudalar juda katta maydonlarni egallagan bo‘lib, yer qobig‘ining ustki qismiga yaqin joylashganligi tufayli ularni ko‘proq ochiq usul bilan qazib olish qulay. Asosan, yirik qazilma konlar Chilining Chukikamata viloyatida va AQSHning San-Manuel, Bingxem-Kanon va ushbu mamlakatlarning boshqa hududlarida joylashgan. Kolchedanli qazilma konlar ko‘proq vulqonli jinslarda linza ko‘rinishida uchrab turadi. Bunday qazilma konlar Ispaniyada, Skandinaviya mamlakatlarida, Kanada va MDHning bir qancha respublikalarida uchrab turadi (asosan, Uralda). Porfirli mis va misli kolchedan rudalarini boyitish natijasida ulardan avtogen eritish jarayoni uchun kerakli bo‘lgan misli boyitmalar ajralib chiqadi. Boshqa turdagi, ya’ni sochma mis, vanadiy-temirli mis va skarnli rudalarni qayta ishlaganimizdan olingan boyitmalar esa avtogen jarayonlar talabiga javob bermaydi. Sochma mis rudalari tarqoq, qiyin boyitiladigan, tarkibi sulfidli va silikatli tashkil etuvchilardan iboratdir. Hozirgi kunda ularni qazib olish, asosan, yo‘ldosh birikmalar sifatida olib borilmoqda. Misli qazilma boyliklar umuman 14%–36% rudali minerallardan tashkil topgan. Ularning tarkibida 6–16% Fe va 7–13% S va boshqa birikmalar bor. Bu turdagi rudalar ham avtogen eritish jadvaliga to‘g‘ri kelmaydi va asosan shixta tarkibida qayta ishlanadi. Tarqoq rudalar minerallarning bir xilligi va kimyoviy tarkibining doimiyligi bilan ajralib turadi. Ulardan olingan boyitmalar avtogen eritish jarayonini ta’minlay oladi. Mis metallurgiya sanoatida avtogen jarayonlar keng qo‘llanib kelinayotganligini e’tiborga olib, shu jarayonning fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan batafsilroq tanishib chiqamiz. Oltingugurtga boy bo‘lgan ashyolarni avtogen jarayoni orqali eritishda texnologik kislorod yordamida purkab, jarayonning muallaq holatda borishi kislorodli-mash’alli eritish pechi degan nomni olgan bo‘lsa, muallaq holatda mash’ala bo‘lib yonishi, so‘ng moddalarning parchalanib, erish haroratiga o‘tishi kislorodli-muallaq holatdagi eritish pechi deb ataladi (KFP yoki KVP). Bunday eritish usuli hozirgi kunda dunyoda 8 ta mamlakatda: Kanadadagi “Kopper-Klif”, AQSHda Chino va Xayden hamda O‘zbekiston Respublikasining Olmaliq mis eritish zavodlarida ishlab kelmoqda. Texnologik purkash orqali muallaq holatda eritishning afzalliklaridan biri gorizontal mash’alli pechdir. Eritish pechining ichidagi gorizontal holatdagi mash’alada oltingugurtning toza kislorod bilan yuqori tezlikda oksidlanishi va unga nisbatan past tezlikda gaz oqimining paydo bo‘lishi texnologik oqova gaz hajmining ko‘payib ketmasligiga olib keladi. Muallaq holatdagi eritish pechi yallig‘ qaytaruvchi pechga o‘xshamagan bo‘lib, old qismida quritilgan shixta qorishmasi tepadan, pechning old qismidan texnologik kislorod bilan purkalanadi. 1953-yilda KMEP jarayoni birinchi marta Kanadaning «Kopper Klif» zavodida qo‘llangan. Jarayonning «avtogen» nomini olishiga asosiy sabab – tashqaridan yoqilg‘i sarflanmaydi. Jarayon uchun kerak bo‘lgan issiqlik ashyo tarkibidagi oltingugurtli birikmalarning parchalanishi, oksidlanishi, umuman olganda, ekzotermik reaksiyalardan hosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga kechadi. Olmaliq mis eritish zavodida KMEP jarayoni 1968-yildan beri sanoatda qo‘llaniladi. Pechning hajmi 580 m3, foydali maydoni 120 m2, ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 12 t/m. Bir sutkada 2000 t shixtani qayta ishlash imkoni mavjud. Xomashyo tarkibiga misli boyitma, flus va aylanuvchi chang kiradi. Jarayon yordamida turli mono va polimetalli boyitmalarni qayta ishlash mumkin. Boyitmalarning mineralogik tarkibi turlichadir. Mis minerallari xalkopirit, bornit, xalkozin, temir esa pirit va pirrotin minerallari tarkibida uchraydi. Boyitmaning granulometrik tarkibi 0,147– 0,043 mm ga 90% gacha oraliqda o‘zgaradi. Suzgichdan keyin boyitmaning namligi 10 – 17% ni tashkil etadi. KMEP jarayoni boyitmani chuqur oksidlantirish va misga boy shteyn olishdek murakkab jarayonni o‘z ichiga oladi. Dunyoda keng tarqalgan shixta tayyorlash usullaridan eng yaxshi qulay tizimlardan biri beding tizimidir. Xomashyo komponentlari qatlam-qatlam shaklda bir-biri ustiga tasmalar yordamida yuklanadi va vertikal kesimda konveyerga yuklanadi. Bunda shixta moddalari yaxshi aralashadi. Xomashyo tayyorlash katta mablag‘ sarflanishiga qaramay, beding tizimi tarkibi bir xil bo‘lgan xomashyoni tayyorlashga imkon yaratadi, uning yana bir qulayligi shundan iboratki, unda yirik va kukun moddalar bilan ishlash mumkin. Beding tizimi Yaponiya zavodlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, «Xitachi» zavodida 8 xil mahalliy boyitma, 10 xil xorijiy boyitma, 4 xil xorijiy sementli mis ishlatiladi. Metariallarda misning miqdori 2 % dan 37 % gacha o‘zgaradi. Ana shunday hollarda beding tizimi tarkibi deyarli o‘zgarmaydigan xomashyoni olishga imkon yaratadi. Masalan, xomashyoda misning o‘zgarishini hisoblaganda o‘rtacha nisbatdan 0,49 %, temir 0,56 % va oltingugurt bo‘yicha 0,68 % farq qiladi. EHM yordamida moddalarning taqsimlanishi har kuni hisoblanadi. Xomashyoning hajmi uch kun to‘liq ishlashga mo‘ljallangan. Ularda ikkita, hajmi 1700 t bo‘lgan xomashyo tayyorlash majmuasi mavjud bo‘lib, 3 kunlik zaxirada saqlanadi. Pulpa bu qattiq va suyuq moddalarning aralashmasidir. 3.1-rasmda Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechining umumiy ko‘rinishi sxemasi ko‘rsatilgan. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling