Mavzu: Bozor I


Download 225.76 Kb.
bet1/12
Sana24.01.2023
Hajmi225.76 Kb.
#1115944
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Asqar






REFERAT


Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbеkistondagi xususiyatlari.


Tuzuvchi: “Fan va texnologiyalar” Unversiteti Moliya va Moliyaviy texnologiyalar fakulteti 128-gurux talabasi Mardiyev Asqarning


2023-yil 21-yanvar


Reja:

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi. 3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari. 5. Bozorning turlari va tuzilishi.

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar—pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.

Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. Davlat — foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi.

Download 225.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling