Mavzu: bozor iqtisodiyoti jarayonlarini modellashtirish iqtisodiy masalalarni grafik usulda yechish va tahlil qilish


Download 40.79 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1226273
  1   2   3
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH IQTISODIY MASALALARNI GRAFIK USULDA YECHISH VA TAHLIL QILISH.


MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTI JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH IQTISODIY MASALALARNI GRAFIK USULDA YECHISH VA TAHLIL QILISH.


REJA:

1. Bozor iqtisodiyoti va uning vujudga kelishi.


2. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot.
3. Bozor iqtisodiyoti mulkchiliki.

Avvalgi boblarda ko’rib chiqdik, kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi.


Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi. Dastlabki, «kurtak», erkin, tartibga solinuvchi, deformasiyalashgan bozor iqtisodiyoti.
1. Dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari, aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoq bozor katta rol o’ynay boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga ahamiyat berish boshlangan.
2. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarqoq, bir-biridan ajralgan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va harakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining ham dastlabki bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.
2. Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shuƒullanishlari mumkin.
3. Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi: kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q.
4. Bozordagi o’zgarishlar to’ƒrisidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi.
5. Bir turdagi tovarlarning absolyut darajada o’xshashligi (savdo markasi yo’q).
6. Monopoliyalar yo’q, bozorga, uning faoliyatiga davlat aralashmaydi.
8. Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish, ularning sotilish-sotilmasligining noma’lumligi.
9. U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va buhronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.
10. Yakka, individual xususiy mulkning hukmron bo’lishi, mulk-ning ozchilik qo’lida to’planishi, natijada:
a) odamlarni o’ta boy va o’ta kambaƒal tabaqalarga ajralishiga olib keladi;
b) ƒirrom raqobat olib borish uchun muhit yaratadi.
Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar belgilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar.
Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu — abstraksiya. Ћaqiqatda to’liq erkinlik yo’q, bo’lishi mumkin ham emas. Faqat iqtisodiyot yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni bilish aso-sidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin.
To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot rivojlanishini taminlaydigan darajada yetarli erkinlik mavjud.
3. Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot — bu sivilizasiyalashgan (tartibga solinadigan) bozor iqtisodiyotidir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak.
Sivilizasiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor:
1. Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi.
2. Ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi.
3. Ћalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.
4. Iqtisodiyot subyektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy aloqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.
5. Davlat iqtisodiy hayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa ham undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi.
6. Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham harakat qiladilar.
7. Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambaƒallarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.
8. Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta hol aholi asosiy qatlamni tashkil qiladi.
Sivilizasiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-pxisologik usullar qo’llaniladi.
Faqat, iqtisodchi V. Leontyev ko’rsatganidek, eng muhimi bozorni o’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Ћozirgacha bu talabga ideal darajada javob beradigan davlat yo’q.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning haddan tashqari aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformasiyalashuviga olib keladi.
4. Deformasiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformasiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari:
1. Turli mulk shakllariga asoslangan bozor subyektlarining yo’qligi.
2. Resurslarni taqsimlash haddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi.
3. Ishlab chiqarishda monopoliyalarning hukmronligi.
4. Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi.
5. Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi.
6. Tovar-pul munosabatlarining deformasiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi.
7. Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’qligi, barcha subyektlar iqtisodiy manfaatlarining deformasiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Natijada:
a) tovar taqchilligi kuchayadi;
b) iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklana boradi;
v) «pinhoniy iqtisodiyot», chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi.
Bozor iqtisodiyoti deformasiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti yetuklik bos-qichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:
1. Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Ћar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqyei, ya’ni sosial maqomi yuzaga keladi.
Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari ham turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, har bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarining mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotiga erishib bo’lmaydi (IV bob).
2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk obyekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir.
Ћar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy faoliyati bilan shuƒullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan.
3. Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm — korporasiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror sohada tanho hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanho hukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turƒunlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega.
4. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan holda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raqobat kurashida ƒolib chiqish uchun aholi talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga, talabning o’zgarishiga tez moslashish zarur. Natijada raqobat kurashi iqtisodiyotni olƒa qarab rivojlanishiga olib keladi. Bu monopoliya mavjud bo’lgan taqdirda ham o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi (X bob). Chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor iqtisodiyotining hamma subyektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanish ishbilarmonlikka boƒliq.
Bozor iqtisodiyotida bir tomondan, manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchi tomondan, subyektlar o’z faoliyatini, demak, manfaatlarini bir-birlariga muvofiqlashtirishga intiladilar. Chunki faqat raqobatlashsalar ularning ishi yurishmaydi. Bu iqtisodiyotda ikki bir-biriga zid tomon. Iqtisodiy integrasiya ham iqtisodiy subyektlarning manfaatlarini moslashtirishga, murosaga kelishiga undaydi. Ishlab chiqarishdagi o’zaro boƒliqlik kuchayishi bilan integrasiyalashmay yaxshi foyda olish qiyin bo’lib qoladi. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining kuchayishi firma, korxonalarning bir-biriga boƒliqligini kuchaytiradi. Natijada ular o’rtasida doimiy ravishda tijorat aloqalari o’rnatiladiki, bunda sheriklariga pand bermaslik muhim rol o’ynaydi.
5. Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan xarajatlarini qoplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuqori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasi hisoblanadi. Liberallashgan narxlar sotuvchini ham, xaridorni ham hamisha narxni hisobga olgan holda, foyda-zararni nazarda tutgan holda faoliyat yuritishga olib keladi.
6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va ehtiyojiga qarab moslashishga majbur. Agarda moslashmasa, ya’ni talabga loyiq mahsulot ishlab chiqarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar ko’rishi, hatto bor budidan ajralib qolishi mumkin. Bundan kelib chiqib tovar va xizmatlar to’kinligiga erishiladi. Tovarlar to’kinligini ta’minlashda narxlarning erkinligi muhim rol o’ynaydi.
7. Bozor iqtisodiyoti faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarishda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Unda o’z-o’zini boshqarish bilan davlat ta’sirini o’tkazishi qorishib ketadi.
Bozor iqtisodiyoti har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida rivojlanadi. Bu qonunlar bir tomondan, umumiqtisodiy qonunlardan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining o’ziga xos qonunlaridan iborat.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bozor orqali boƒlanadi, ularning hamkorligi ham bozor orqali ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyoti har bir insonni o’z faoliyatining natijasini o’ylab, hisob-kitob qilib, oqilona ish yuritishga undaydi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga qisqacha ta’rif bermoqchi bo’lsak, uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilarini umumiy tarzda ko’rib chiqdik. Kelgusi boblarda yanada batafsilroq ko’ramiz. Bu bizga bozor iqtisodiyotini yanada chuqurroq o’rganishga yordam beradi.

Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling