Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisodiy siyosatning maqsadlari


-rasm. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat tomonidan qo’llaniladigan dastaklar


Download 114.03 Kb.
bet10/10
Sana07.10.2023
Hajmi114.03 Kb.
#1694669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va

1.3.5-rasm. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat tomonidan qo’llaniladigan dastaklar.

Davlat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda ma’lum hujjatlar ishlab chiqadi. Ularning asosini iqtisodiy prognozlar tashkil etadi. Iqtisodiy prognozlar mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarini belgilash, uni amalga oshirish strategiyasini va taktikasini ishlab chiqish hamda indikativ rejalar tuzishning asosi hisoblanadi. Iqtisodiyotni tartiblashning muhim hujjatlaridan biri iqtisodiy rivojlanishni dasturlashdir. Iqtisodiy dasturlar bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda davlatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga to’g’ridan-to’g’ri faol aralashuvining asosiy dastaklari hisoblanib, u butun iqtisodiyotni yoki uning alohida sohalari bo’lgan tarmoqlar, hududlar, ko’ptarmoqli komplekslar rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni anglatadi (1.4.6-rasm).





1.3.6-rasm. Mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini tartiblash bo’yicha hujjatlar tizimi1

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi o’z ichiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etish vositalarini oladi. Ular quyidagilar:


- cheklangan ishlab chiqarish resurslarini boshqarish;
- iqtisodiyotni soliqlar orqali tartiblash;
- iqtisodiyot tizimiga monetar usullar orqali ta’sir ko’rsatish (1.3.7-rasm).
Cheklangan ishlab chiqarish resruslarini boshqarish deganda davlat o’ziga qarashli tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, kapital, investitsion resurslarni to’g’ridan-to’g’ri taqsimlash orqali iqtisodiy tizimdagi muvozanatni saqlashga, yangi nisbatlar va mutanosibliklarni vujudga keltirishga intiladi. Ammo ba’zi hollarda cheklangan iqtisodiy resurslarning davlat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanishi iqtisodiy tizimdagi muvozanat va mutanosiblikning buzilishiga ham olib keladi.


1.3.7-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari

Iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solish xo’jalik sub’ektlarini mamlakat iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga yo’naltiruvchi va rag’batlantiruvchi soliq stavkalari hamda tariflarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Soliqqa tortish ob’ektlari, soliq stavkalarini belgilash bilan bir qatorda imtiyozlar tizimi ham joriy etiladi. Soliq imtiyozlarini joriy etish davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish vositalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga monetar usullar orqali ta’sir etish foiz stavkalari, byudjet qarzlari, davlat qarz majburiyatlari ochiq bozoridagi operatsiyalar, muomaladagi pul massasi, valyuta kursi kabi moliyaviy regulyatorlarni o’z ichiga oladi.


Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlat iqtisodiyotni tartibga solish ob’ektlari, predmetlari, vosita va usullarini aniq belgilash hamda qo’llash mexanizmini shakllantirishi lozim bo’ladi.


1 Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 3-жилд.Гидрофилия-Зебралар.Таҳрир ҳайъати: М.Аминов ва бошқалар.-Т.:”Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти,2002.-148-бет.

2Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 3-жилд.Гидрофилия-Зебралар.Таҳрир ҳайъати: М.Аминов ва бошқалар.-Т.:”Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти,2002.-149-бет.



3Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики –М.: Фонд экономической книги “Начала”, 1997. – С.54-55.

4Томбовцев В.Л. Государство и переходная экономика: Пределы управляемости . – М.: МГУ – ТЕИС, 1997. – С. 34.

5Смит А. Исследование о природе и богатстве народов – М.: Лекиздат, 1935. –С. 231.

6Бьюкенен Дж. Границы свободы. – М.: Таурус Альфа, 1977. – С. 272.

7Беркинов Б.Б.Институционал иқтисодиёт.Ўқув қўлланма.2-нашр, қайта ишланган.-Т.: Иқтисодиёт,2013.-156-бет.

8Олейник А. Институциональная экономика. – М.: ИНФРА-М, 2000. –С. 344-345.

9Беркинов Б.Б.Институционал иқтисодиёт.Ўқув қўлланма.2-нашр, қайта ишланган.-Т.: Иқтисодиёт,2013.-153-бет.



10Руденко И.А.Экономическая политика:учебное пособие.-Минск, 2010.-С.6.

11Государственное регулирования рыночной экономики. –М.: Путь России. //Экономическая литература. 2002. -С.26-27.

12Муаллиф томонидан тузилган

13Государственное регулирование рыночной экономики. –М.: Учебное пособие для вузов. / Т.Г.Морозова и др. Под ред Т.Г.Морозовой. – ЮНИТИ-ДАНА. 2001.-С.27.

11Муаллифлар томонидан тузилган.

11Муаллифлар томонидан тузилган.

11 Государственное регулирование рыночной экономики. –М.: Путь России. Экономическая литература, 2002.С.45

Download 114.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling