Mavzu: bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari
Download 54.66 Kb.
|
BOZOR IQTISODIYOTIDA INNOVATSIYA
Mavzu: BOZOR IQTISODIYOTIDA INNOVATSIYA REJA: 1. Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati 2. Innovatsiyaning maqsadlari 3. Innovatsiyaning rivojlanish tendensiyalari Innovatsion so’zining ma‘nosi ingliz tilidagi INNOVATION so’zidan olingan bo’lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. Yangilikni bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. Yangilikning paydo bo’lishi va uni xayotga tatbiq etilishi oralig’idagi vaqt innovatsion loyixasi deb ataladi. Kunlik amaliyotda odtada, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o’xshatish ko’p uchraydi. Qachonki xar qanday kashfiyotlar, yangi voqealar xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o’shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Hukumatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o’zining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi №PF-4947 sonli Farmonidagi 4-qism - ilmiytadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy uquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish‖. 1 Bizga ma‘lumki, maxsulot sifatini yoki xizmat sifatini o’zgartirish resurslar sarflanishini (energiya, vaqt, moliya va boshqalar) talab qiladi. Yangilikni (novatsiya) yangilikni kiritish jarayoniga (innovatsiya) o’tkaztishi jarayoni xam xar xil resurslarni talab qiladi, ulardan muxim investitsiya va vaqt xisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimiga o’xshash bozor sharoitlarida tovarning xaridi va sotuvi ramkasida shakllanadigan talab, taklif va narxlarda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti sifatida yangilik, innovatsiya yangilik kiritish namoyon bo’ladi. Yangiliklar yangiliklar bozorini shakllantiradi, investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish esa bozordagi sof raqobatni shakllantiradi. Investitsiya keng ma‘noda yangi texnologiyalar, turli maxsulotlar va xizmatlar, tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatilishi tushuniladi. Yangilikning tuzilishi, yaratilishi va tarqalishi jarayoni innovatsiyaning xayotiy sikli deyiladi. Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorni asosiy maxsuloti bo’lib, intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy, natijaviy produtki xisoblanadi. Unga avtorlik va shunga o’xshash xuquqlar (bu xuquqlar xalqaro, respublika,korperativ,va boshqa qonuniy, me‘yoriy aktlar ta‘sir doirasida bo’ladi) taalluqlidir. Korxona innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an‘analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq. Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub‘ekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya‘ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir. Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi. U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta‘siri bilan belgilanadi. Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir. Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir. Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir. Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi. Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir. lqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni to’plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika ko’rsatkichlari bo’yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan, Fraskati qo’llanmasi (―Tadqiqotlar va tajriba ishlamalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli amaliyot) ishlab chiqilgan. Hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963 yilda italyan shahri Fraskatida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan. Fraskati qo’llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarni tashkil qilishdagi o’zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo’llanmasi (1993 y)ning oxirgi tahrirlaridan biridan ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda tadqiqotlar va ishlamalar bilan band bo’lgan 3 xodimlar sonini o’lchash uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud. Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma‘lumotlarni to’plash uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U ―Oslo qo’llanmasi‖ nomini olgan. Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha yondashish ko’rinishida ro’yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. Innovatsion konsepsiyalar g’oyalarni boshidan to amalga oshirish uchun qamrab oladigan jarayonlarni qamrab olishi lozim. Ijtimoiy ishlab chiqarishning 70 % samaradorligi yagi texnika va texnologiyani joriy etilganlidan dalolat beradi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, ayniqsa hozirgi bosqichda – ilmiy texnik inqilob, ko’p turli mahsulotlarni ishlab chiqarishda bir vaqtni o’zida ijtimoiy xarajatlarni tejash imkonini bermoqda. Ijtimoiy iste‘molni ilmiy yangilik asosida samarali qondirish imkoniyati tug’ilmoqda. Albatta yangiliklar tez joriy qilishga xam bog’liq bo’lmoqda. Eski mahsulot bilan yangi mahsulot orasidagi farqlar, tafovutlar solishtirish yuzasidan ko’p yangiliklar ixtiro qilinmoqda. Oxirgi yillarda innovatsiya so’zi tez takrorlanmoqda. Bu atama yangilik so’zi bilan juda o’xshash. "innovatsiya" lotinchadan olingan bo’lib “innovus” (in - ichida va novus - yangi) mazmunda yangilikni bildiradi. Yangilik esa yangi mahsulot, jarayon va ximatni anglatadi. Innovatsion jarayonni moddiy jihatdan yangilikni (yangi mahsulot, materiallar, jarayonlar, uslublar va x.k.) hamda yangiliklar jarayoni sifatida esa ular o’zgarishlar sifatida qaralib, yaratish ishlar, o’zlashtirish, tarqatish va foydalanishga qaratiladi. Ikkinchi jihatda yangilik natija sifatida ham qaraladi. Chunki vaqt maboynida rivojlanish bosqichlari va darajalari yangilikda aks etadi. Innovatsion shakl jamiyat rivojlanishi bilan vujudga kelgan bo’lib, innovatsiya inson faoliyatining barcha sohalari, jamiyat to’qimalarining tarkibiga singib ketgan deb faraz qilinadi. Innovatsiya tushunchasining mazmuni qisqacha qayta ko’rib chiqilganda, qandaydir yangi va albatta tegishli himoyalovchi hujjat tomonidan himoyalangan degan mazmunni anglatadi. Buni ikki sabab yuzasidan qayta ko’rib chiqish mumkin. Birinchidan, hech qanday himoyalangan hujjat, hattoki qonunga itoatli jamiyatda ham Sizning intellektual mulkka bo’lgan barcha qonuniy huquqingizni himoya qilishga yuz foiz kafolat bermaydi (holbuki, insonning intellektual faoliyat natijalarining barchasi istisnosiz innovatsiya hisoblanadi, ya‘ni intellektual mulk ob‘ekti). Ikkinchidan esa, har qaerda va barcha innovatsiya turlarini uzoq vaqt qonun bo’yicha huquqiy himoya qilish mumkin emas. Agar quyidagi innovatsiya turlarini diqqat bilan ko’zdan kechirganda bu tushunarli bo’ladi: texnologik innovatsiyalar; ekologik innovatsiyalar; tashkiliy-ishlab chiqarish innovatsiyalari; boshqaruv innovatsiyalari; harbiy (harbiy-strategik) innovatsiyalar; iqtisodiy innovatsiyalar; ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar; davlat-huquqiy innovatsiyalari; ma‘naviyat sohasidagi innovatsiyalar (fan, madaniyat, etika, maorif va h.k). Hozirgi zamon sharoitida kommersializatsiya va transfer potensiali 0 ga teng innovatsiyaning o’zinigina tahlil qilish mumkin, ya‘ni innovatsiyani muallif mavjudligining u yoki bu chorasi sifatida. Innovatsiyaning mohiyati ko’lami yoki innovatsion potensiyal uning juda muhim parametrlari hisoblanadi. Ushbu belgilar bo’yicha barcha innovatsiyalarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: bazis innovatsiyalari (jarayonlarni yoki inson faoliyati sohalari mazmuni o’zgartirivchi negiz); takomillashtiruvchi innovatsiyalar (jarayon yoki resurslar va mehnat hajmini ma‘lum miqdorda o’zgartiruvchi); mikroinnovatsiyalar (kichik darajada yoki modifikatsiyalangan jarayon yoki mahsulotning kichik bir qisminigina o’zgartiruvchi); psevdoinnovatsiyalar (vaqtidan ilgari bo’lgan yoki emiruvchi yoki oddiygina ―galvaniiruyuщie trup-murda‖, ya‘ni o’ldiruvchi jarayondan so’ng takomillashtiruvchi). Innovatsiyalarni ―joriy etish‖ davridagi barcha bosqichlarda innovatsiyalarga ularning ko’lamiga mutanosib ravishda qarshilik ko’rsatilgan (u turmushga qanchalik ko’p aloqador bo’lsa, unga shuncha kuchli qarshilik bo’lgan). Kezi kelganda eski texnologiyalar o’rniga aynan psevdoinnovatsiyalar juda ham engil ―joriy etilgan‖ (bu allaqachon odat tusiga aylangan edi). Hozir ―joriy etish‖ emas, ―transfer‖ tushunchasi boshqa tomonlarga supurib tashlangan vaziyat: innovatsiyalarning ko’lami qancha keng bo’lsa, nafaqat texnologiyalar transferi nazariyasining tub qoidalariga, balki yangi texnologiyani tizimning ish faoliyatiga joriy etishdagi barcha ―mayda-chuyda‖ tomonlariga ham istisnosiz ravishda shuncha ko’p e‘tibor qaratiladi. SHunday bo’lsa ham, kardinal va bazis innovatsiyalar o’rtasidagi qarshilik ilgarigidek muhim bo’lib qoladi va bu konservativ insonlarning sof psixologik faktorlari bilan aloqador. SHuning uchun ham quyida ko’rsatilganidek, bazisli emas, balki takomillashtiruvchi innovatsiyalarda kommersializatsiyaning maksimal potensiali kattaroq bo’ladi. Xullas, e‘tiborni ―keng‖ ko’lamli innovatsiyalarga qaratish lozim va bu belgilar bo’yicha innovatsiyalarni qayta tasniflash mumkin: global innovatsiyalar(bir qancha mamlakatlardagi alohida faoliyat sohalariga darhol kuchli ta‘sir etuvchi); milliy innovatsiyalar (ma‘lum millat uchungina muhim ahamiyatga ega bo’lgan); hududiy innovatsiyalar (tabiat yoki boshqa maxsus xususiyatlar bilan bog’liq aniq bir hudud doirasiga taalluqli bo’lmagan); lokal innovatsiyalar (hududiy yoki boshqa belgilar bilan asoslangan alohida iste‘molchilar guruhiga mo’ljallangan); muayyan yoki maxsus innovatsiyalar (alohida shaxsga yoki alohida tashkilotga mo’ljallangan). Innovatsiyalarning so’nggi ikki klassifikatsiyalarining bir-biriga o’xshab ketishini tushunish qiyin emas, bu alohida hollarda mantiqiy bo’linishga asoslangan faoliyat turlarining umumlashtirilgan darajasi hisoblanadi. XX asrning so’nggi choragi jamiyat hayotining barcha sohalarida bir vaqtning o’zida bazis innovatsiyalarning joriy etilganligi va postindustrial sivilizatsiyaga o’tish bilan xususiyatlanadi: a) Demografik rivojlanish shakli, ehtiyojlarning tarkibi va dinamikasi, tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillari o’zgardi. Bazis innovatsiya bu erda iqtisodiy o’sishdan hayot sifatini takomillashtirishga, insonlarning ekologik tafakkurini o’zgartirishga e‘tiborning o’tishi bilan xususiyatlanadi. b) Etmish yillik global energetika inqirozi ko’plab sanoat tarmoqlaridagi energiya ta‘minotini o’zgartirish orqali bazisli texnologik innovatsiyalarni joriy etish uchun turtki berdi. c) Radikal iqtisodiy innovatsiyalarning o’tkazilishi ishlab chiqarishda dekonsentratsiya va demonopolizatsiya rolining o’sishi, shuningdek unda kichik va o’rta korxonalar salmog’ining oshishiga olib keldi. SHu bilan birga rivojlanish va integratsiyalashuv jarayoni kichik korxonalar assosatsiyasidan halqaro miqyosdagi EIning shakllanishiga olib keldi. d) Ijtimoiy-siyosiy doira ham mikromiqyosdagi ikki qutbli dunyodan (kapitalist-yollanma ishchi) makromiqyosga (halqaro kuchlarning qayta taqsimlanishi) o’tish kabi innovatsion davrni o’z boshidan kechirdi. Ko’plab kichik partiyalar va jamoa harakatlari barcha mamlakatlarning jamiyat hayotidagi ko’p qutblilikni o’zida aks ettiradi. e) Innovatsiyalar ma‘naviyat sohalariga ham singib ketdi: ta‘lim va madaniyatning deyarli barcha turlaridagi plyuralizm, sotsializm g’oyalarining barbod bo’lishi, jahon dinlarining qayta vujudga kelishi hamda ―dushmanlik kayfiyati‖ o’rniga o’zaro hamkorlik yo’nalishlariga o’tish va h.k. Texnologik menejment bo’yicha mutaxassislarning asosiy faoliyat sohasi birinchi navbatda barcha texnologik innovatsiyalarni o’rganish bo’lganligi sababli ishlab chiqarishga postindustrial va texnologik yondashuv o’rtasidagi farqlarga batafsil to’xtalib o’tish, ya‘ni texnologik dunyo harakat vektorining yo’nalishlarini aniqlash lozim: - texnologiyalarni gumanitarlashtirish, insonlarni eski amaliyotlardan ozod qilish, turmush farovonligini oshirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash; - resurslarni saqlash va texnologiyalarni ekologiklashtirish, ya‘ni ularni ekologik xalokatlarning oldini olishga yo’naltirish; - ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlarini, yuqori texnologiyalarni joriy etish; - interaktiv tizimlar va setlar asosida ishlab chiqarishning barcha sohalarini axborotlashtirish; - ilmiy-texnik jarayonlarning globalizatsiyalashuvi; - texnikalar miniatyurizatsiyasi, biznesni deurbanizatsiyalash. Sizning shaxsiy yoki jamoaviy ish jarayoningizda vujudga kelgan Sizning deyarli har qanday uslubiy, boshqaruv, instrumental, tashkiliy yoki malaka faoliyatingiz transfer va kommersializatsiya uchun foydali. Keling sinab ko’ramiz, Masalan, oliy o’quv yurti o’qituvchisi doimiy ravishda ikki yoki uch stavkadan ortiq o’ylab ko’rilmagan imkoniyatlarga ega bo’ladi. Demak, oliy o’quv yurti o’qituvchisi: qandaydir ilmiy-tadqiqot bo’yicha shartnomalar tuzish(studentlarni jalb etish bilan); o’quv jarayoniga qo’llaniladigan uskunalardan foydalanib texnik yoki analitik xizmatlarni ko’rsatish; konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish; o’zining qandaydir xobbi, qiziqishlarini dolzarblashtirish; o’zining qandaydir huquqlaridan foydalanib litsenziyalar berish; ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda qandaydir loyihani amalga oshirish; o’quv seminari yoki kurs tashkil etish (nafaqat o’quv yurtida, balki, masalan ishlab chiqarish korxonasida); o’quv kursi yuzasidan masalalar to’plami yoki tarqatma materiallar taqdim etish; konstruktorlik yoki dasturlashtirish xizmatlarini taqdim etish; yuqorida ko’rsatilganlardan biri asosida o’zining xususiy korxonasini tashkil etish va h.k. Innovatsiyaniig turlari. Iqtisodiy adabiyotlarda «innovatsiya», «yangi kiritilgan sharoit» va «yangilik» kabi tushunchalarning turli talkdnlari uchrab turadi. Ba‘zi xrlatlarda ushbu tushunchalar sinonim sifatida ishla-tiladi, lekin ularning orasida ma‘lum farkdar bor. «Yangilik» atamasi «ixtiro» tutsgunchasiga yakin turadi. Yangilik - biron-bir faoliyat soxasida uning samara-dorligini oshirish buyicha fundamental, amaliy taddi-krtlar, ishlanmalar yoki eksperimental ishlarning ras-miylashgan natijasi, yakunidir. Yangilik - ixtiro, kash-fiyot, tovar belgilari, ratsionalizatorlik takliflari, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, texnologiya, Boshqaruv yoki ishlab chikdrish jarayonlari xujjatlari, tashkiliy ishlab chikdrish yoki boshkd to’zilmalar, nou-xau, tushunchalar, ilmiy yondashuvlar yoki tamoyillar, xujjatlar (standart, tavsiyalar, uslubiyat, yuriщyuma-lar va xrkazolar), marketing tadkikrtlari natijalari va shu kabilar kurinishida bulishi mumkin. Innovatsiya - bonщarish ob‘ektini yaxshilash va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy yoki boshkd soxalarda samara olish makradida yangilikni joriy etishning pirovard natijasidir. «Innovatsiya» - mahsulotlar, texnologiyalar, tash-kilotchilik va boshkdrish shakllarining yangi turlarini ishlab chik,ish va amalda kullashga yunaltirilgan fao-liyatdir. Boshkd ta‘rif xdm mavjud: «Innovatsiya yangi kiritilgan sharoit, jamiyatning rivojlanishi ta‘sirida o’zgarayotgan inson extiyojlarini krndirish uchun yangi amaliy vositani yaratish, tarkdtish va foydalanishning majmuaviy jarayonidir». Umuman olganda, innovatsiya - asosiy kapitalni (ishlab chikdrish fondlarini) yoki ishlab chikdrilayottan mahsulotlarni fan, texnika, texnologiya yutukdshrini jalb kilish asosida yangilash. Bu - jamiyatda ishlab chikdrishni takomillashtirishning ob‘ektiv krnunlariga asoslangan jarayon. Innovatsiya, bu: birinchidan, innovatsiya goyasiga ega bulgan muayyan axborot tuplami (innovatsiya axborotning bir kurinishi tarzida va shu ma‘noda faraziy yangilik); ikkinchidan, tegishli k,aror v;abul o’ilinishi ja-rayoni orkali utgan va moddiylashgan innovatsiya goyasi (innovatsiya uni o’zlashtirish, joriy etish jarayoni tarzida yoki amalga oshadigan, ruyobga chikadigan yangilik); uchinchidan, olingan natija yoki joriy kilingan yangilik. Innovatsion faoliyat – bu yangiliklarni yaratish bo’yicha turli toifadagi ishlar bo’lib, tarkibiga tadqiqotlar qidiruv-prikladnoy tusda, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, tajriba-eksperementlik va ishlab chiqarish-ekspluatatsiya ishlari kiradi. Innovatsion salohiyat – bu jamiyat, xalq xo’jaligi, tarmoq, region (respublika), ilmiy-ishlab chiqarish kompleksni, korxonalarni yangi faoliyat olib borishda ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, mexnat, material-resurs va boshqa imkoniyatlarni hisobga olish moyilligi va bunga tayyorlik darajasi. SHunga qarab korxona yoki region darajasida baholanish mumkin bo’ladi. 1. innovatsion siklni tuzilmasini ochish 2. innovatsi bo’yicha aniq tasavvurga ega bo’lishda predmetni belgilash 3. innovatsion faoliyatni xususiyatlarini yangilikni yaratishga qaratish Innovatsion sikl 3 ta bo’g’inni, ya‘ni: tadqiqot – ishlab chiqarish - iste‟molni qamrab oladi. Buning muhim jixati uzluksizligi darajasi va bosqichlarning mantiqiy o’zaro bog’liqligi. Ilm (fan). Fan 4 (tadqiqotlar turi) bosqichdan iborat: fundamenta, qidiruv, prikladnoy tadqiqotlar va texnik qo’llanmalar (loyiha-konstruktorlik i loyihatexnologik). Barcha bosqichlarda ijodiy yondashishni yangi yoki kam uchraydigan va texnik echimlarni izlashdan iborat. Toza fundamental tadqiqotlar – noma‘lum qonuniyatlarni o’rganish va anglash, tabiat va jamiyatni qonuniyatlari, o’zaro aloqadorlik va ularni kelib chiqish sabablari va h.k. Maqsadli fundamental yondashuv aniq mavjud ilmiy uslublar yordamida aniq muammolarni echishga qaratilgan. Fanda bu doira chegaralanadi va o’z tarkibiga nafaqat qonuniyatlarni tushuntirish, balki ob‘ektni jarayonlarini xam tushutirib beradi. Masalan termo-yadroviy reaksiyalarni boshqarishni ishlab chiqish. Bunday tadqiqotlarni nazariyasi, ixtirolardan foydalani 5-10 %. Qidiruv tadqiqotlar nazariyaga emas balki amaliy axamiyatga moyil bo’ladi. 10% gacha. Masalan tekstil tolalari yaratish bo’yicha texnologiyalar ishlab chiqish, aerodinamikani avtomobil sanoatida foydalanish, tibbiyotda dori-darmonlarni ta‘siri. Lazerdan foydalanish samarasi va x.k. 30%gacha. Qidiruv tadqiqotlar xulosalari va tavsiyalariga ko’ra keyingi bosqich prikladnoy tadqiqotlarni keltirishga sabab bo’ladi. Bu tadqiqotlar odatda tarmoqli institutlarda amalga oshiriladi. Masalan texnologik jarayonlarni yaratish, mashina va asboblar, yangi tamoyillar, yangi xom ashyoni yaratish, boshqaruvni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar va x.k. 75-85%. Prikladnoy tadqiqotlarning natijalari – patentli sxemalar, yangi tavsiyalar, yangilikni yaratish bo’yicha isbotlar (stanok, pribor va texnologiyalar). Bu bosqichda bozorli maqsadni yuqori darajada o’rnatish mumkin. Prikladnoy tadqiqot texnik ishlanmalarni ilmiy tadqiqot sifatida shakllantiradi. Bularga loyixalar, standartlar, instruksiyalar, tajriba namunalari kiradi. 90-95 %. Ishlab chiqarish 2 bosqichni: YAngilik(yangi maxsulot va yangi texnologik jarayon)ni o’zlashtirish va o’z ishlab chiqarishi hisoblanadi. Yangilikni o’zlashtirish quyidagi bosqichlarni qamraydi: texnik o’zlashtirish, iqtisodiy o’zlashtirish, partiya va seriyalarni o’rnatilishini tayyorlash, birinchi sanoat seriyasini chiqarish. Iste‟mol 2 bosqichdan iborat: yangilikni tarqalishi va ulardan foydalanish. Nima uchun iste‘mol innovatsion siklga kiritilgan. CHunki axolini extiyoji va kondirilishi xisobga olinishi kerak. Innovatsion siklni muddati bor. Bu maxsulotni manaviy va moddiy eskirishini qamrab oladi. Odatda og’ir sanoatda manaviy mashinasozlikda 6-7 yilni, engilsanoatda esa 2-3 yilni tashkil etadi. Innovatsiyani boshqaruv ob‘ekti sifatida to’liq tavsifini ochishda uning bir qancha xususiyatlariga bog’liqdir. Innovatsiya alohida xususiyatga ega bo’ladigan boshqa inson faoliyatidagi boshqaruv farqlanishga ega bo’ladi. Masalan innovatsion vazifani mazmuni aloxida xodimlarga va barcha tashkilot uchun doima o’zgarishda bo’ladi. Innitsiatorlar doimo izlanishda va tartibot farqlanishda bo’ladi. Innovatsion faoliyat aniq bir vaqtgacha belgilanishi mumkin. Xodimlarni faoliyatini samaradorligini aniqlash qiyin kechadi. Innovatsion jarayonni boshqarish samaradorligini amalga oshirishda innovatsion mexanizmga bog’liq bo’ladi. Innovatsion jarayonlarni boshqarishda umumiy va maxsus tamoyillarga tayaniladi. Innovatsion jarayonda boshqarishning maxsus tamoyillariga aniqlik, vaqt omili, kompleksli, innovatsion ishni aniqlanmaganlik hisobi, ularni ijodiy tavsifini hisobga olish lozim Egiluvchanlik tamoyili bu xar bir bo’limlarni uzaro bog’liqligi va mustaqil xamkorlikda bo’lishini taqozo etadi. Vaqt omilini xisobga olish tamoyili. Chunki innovatsion jarayonni to’liq vaqtini hisobgo lish qiyin. Biz keng ma‘noda, innovatsion siyosat, deganda shunday chora-tadbirlar yig’indisi tushunamizki, bunda iqtisodiy o’sish, raqobatbardoshlik va jamiyat farovonligini oshirishga imkon beruvchi innovatsion jarayonlarni qo’llab- quvvatlash va muvofiqlashtirish mumkin bo’ladi. Innovatsion siyosat bu innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga soluvchi mexanizmdir. Shuning uchun davlat innovatsiya siyosati rivojlanayotgan davlatlarda muhim hayotiy zaruratga aylanib bormoqda. Albatta, biror bir mamlakatning jahon 11 bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, uning samarali ilmiy tadqiqot hamkorligi yo’nalishida rivojlanishining eng muhim omili bo’lib innovatsion jarayonlarni (shu jumladan mintaqalar darajasida) amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy muhitni yaratishga qaratilgan, fan va ishlab chiqarish o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib davlatning innovatsion siyosati hisoblanadi. Ta‘kidlash kerakki, innovatsion siyosatni shakllantirishda mamlakatning rivojlanish strategiyasini tanlash o’ta muhim. Shulardan kelib chiqqan holda davlat innovatsion siyosatning ikki asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Bosh maqsadi mamlakat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan innovatsion yo’nalishlarni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’lgan, umummilliy ahamiyat kasb etuvchi ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni bajarishga yo’naltirilgan model. 2. Bosh maqsadi yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish bo’lgan, ilmiy - texnik bilimlarni yoyishga yo’naltirilgan model 6. Innovatsion siyosatning huquqiy va me‘yoriy-qonuniy asoslarida innovatsion siyosatning konseptual asoslari – maqsad, vazifalari, yo’nalishlari, ustuvor tomonlari, tamoyillari, amalga oshirish strategiyalari ko’rsatib beriladi. Zamonaviy davlat innovatsiya siyosati innovatsiya sub‘ektlarini, kichik va o’rta innovatsion biznesni qo’llabquvvatlash, intellektual mulkni himoya qilish, innovatsiya sohasidagi tashqi faoliyatda milliy manfaatlar himoya qilinishini ta‘minlashga qaratiladi. Shuning uchun innovatsiya siyosatini ishlab chiqishda quyidagi jihatlar hisobga olinishi zarur bo’ladi: innovatsion siyosatning maqsad, vazifalari, yo’nalishlari, tamoyillari, strategiyasi va boshqalar; innovatsion siyosatning amalga oshirish mexanizmi, ya‘ni, amalga oshirish vositalari va dastaklari; innovatsion siyosatning sub‘ekti va ob‘ekti, ularning tavsifi, markaziy va hududiy tuzilmalari; innovatsion siyosatning muddatlari va resurslari, kafolatlari. Innovatsion siyosatning maqsadlari. Keng ma‘noda innovatsion siyosatning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyatini qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish va tartibga solish hamda muvofiqlashtirishdir. Boshqacha aytganda innovatsion siyosatning bosh maqsadi raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Bu siyosatning qisqa muddatga va uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadlari ham bo’lishi mumkin. Masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini tizimli rivojlantirish, samarali innovatsion tizimni shakllantirish, iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatni innovatsion resursga aylantirish kabilar o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadlar hisoblanadi. Innovatsion siyosatning tamoyillari. Uzoq muddatga mo’ljallangan qoidalar mazkur siyosatning tamoyillari hisoblanadi. Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanishning o’zaro bir birlarini to’ldiruvchi jarayonlaridan keng foydalaniladi. Vertikal integratsiyalashish yoki o’tgan bosqichlar bilan uyg’unlashish ham yagona tashkilot doirasida ichki tashkiliy bozor orqali va ham doimiy shartnomalar asosida tashkil qilinishi mumkin. Integratsiyalashish kompaniyaning ilmiy – tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirish sifatida yo’naltirilgandir. Aralash korporotiv – bozor asosida doimiy va vaqtincha turdagi, bir tomondan innovatsion davraning barcha bo’g’inlarini integratsiyalashishga, boshqa tomondan esa alohida firmalar, innovatsion biznes korxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ham bir birlari bilan va bozor iqtisodiyotining boshqa institutlari bilan muvofiqlashtirish va jipslashtirish mexanizmlarini yaratishga asoslangan yangi tashkiliy qurilmalar shakllanadi. Bunday firmalararo integratsiyalashishning o’ziga xosligi tashqi muhitga ko’proq moslashish va sheriklar faoliyatiga zaruriy ravishda birikish va vaziyatli o’xshashdan iboratdir. U sinergik (o’zaro hamkorlikdagi) samara bilan ta‘riflanadi, bu samara iqtisodiy tashkilotning oraliq shakllari turidagi tashkiliy qurilmalarida eng yuqori ahamiyatga erishadi, bu shakllardan bir qismi institutsional tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. Integratsion – tarkibiy o’zaro hamkorliklarning eng ilgallab ketgan shakllari ham moliya –sanoat guruhlarida va ham innovatsion tadbirkorlikning yangi sohalarida vujudga keladilar. Integratsion – tarkibiy jarayonlarni birikishining mexanizmi venchurli (tavakkalchilik bilan kiritilgan sarmoyali) talbirkorlikda to’liqroq gavdalanadi. Innovatsion loyihalarni venchur moliyalashtirishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 58 - venchur fondining mablag’lari ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan va yuqori texnologiyaga asoslangan yangi kichik korxonalarga yo’naltiriladi. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishi istiqbolda yuqori foyda olish bilan yakunlanadi. O’z navbatida bunda qo’yilgan kapitalni yo’qotish xavfi ham juda yuqoridir; - venchur kapitali o’rta va uzoq muddatlarga taqdim etiladi va venchur firmasini hayotiylik davri tugamasidan kapitalni qaytarib olish mumkin emas (odatda 5-7 yil); - venchur moliyalashtirish imtiyozli tarzda rivojlanish salohiyati mavjud bo’lgan kichik innovatsion korxonalarga 5-7 yil muddatga taqdim etiladi; - venchur investitsiyalari uni qaytarishga kafolat mavjud bo’lmagan sharoitda uzoq muddatli kreditlarning kafilliksiz shakli hisobladi; - venchur moliyalashtirish fond birjasida aksiyalari hali kotirovka qilinmagan rivojlanayotgan korxonaning aksiyalariga pay ko’rinishida kapital qo’yish bilan bog’liq bo’lganligi sababli banklar bu kabi loyihalarga o’z mablag’larini yo’naltirishni xoxlamaydi; - venchur fondi o’z mablag’larini bevosita korxonani o’ziga emas, uni aksionerlik kapitaliga yo’naltiradi; - venchur kapitalining noan‘anaviy (yangi, ayrim xollarda butunlay boshqa turdagi) kichik korxonalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilishi bir tomondan kapitalni qaytish xavfini oshirsa, ikkinchi tomondan yuqori foyda olish ehtimolini kuchaytiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, venchur moliyalashtirish jahon tajribasida kichik biznesning inovatsion faoliyatini moliyalashtirishning eng maqbul usullaridan biri sifatida o’z isbotni topgan. SHuning uchun kelgusida O’zbekistonda ham venchur fondlari shakllanib, ularning resurslari kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirishda keng qo’lamli qo’llanilishi muqarrardir Kichik biznesning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish nafaqat davlat organlari tomonidan, balki turli nodavlat tashkilotlar, tijorat banklari, milliy va horijiy kompaniyalar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Jahon tajribasi va o’zimiz erishgan tajribamiz shuni ko’rsatadiki, kichik biznes o’ziga xos bo’lgan bir qator xususiyatlar ta‘sirida davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining doimiy e‘tiborida bo’lishi hamda qo’llabquvvatlashga muhtojligini ko’rsatmoqda15 . - kichik korxonalarning innovatsiya faoliyatini zaruriy hollarda davlat tomonidan moliyalashtirish, shuningdek xalqaro tashkilotlarning mablag’larini jalb etishda ko’maklashish; - iqtisodiyot real sektoridagi kichik biznes innovatsiya faoliyatini rag’batlantiruvchi soliq va bojxona imtiyozlarini oshirish va boshqa preferensiyalarning samarali tizimini shakllantirish va joriy qilish; - moliya-kredit tizimini takomillashtirish hamda innovatsion faoliyat ko’rsatadigan kichik biznes sub‘ektlarining kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlariga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; - kichik biznes korxonalarining iqtisodiy resurslardan, axborot va innovatsiya texnologiyalardan erkin va to’siqlarsiz foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ular tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish; - innovatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirilishiga mablag’larini sarflayotgan mahalliy va xorijiy investorlarning innovatsiya faoliyatini amalga oshirish va rag’batlantirish uchun imtiyozli sharoitlarni yaratish; - kichik biznes innovatsion faoliyati ko’rsatkichlarining buxgalterlik hisobi va tahlili tizimini yanada takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish; - innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan kichik biznes uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; - kichik biznes sub‘ektlarining innovatsion faoliyatini kafolatlash maqsadida sug’urta tizimining ahamiyatini oshirish. Innovatsion rivojlanish uchun mas‘ul idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o’sishi va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash hamda iqtisodiyotda intellektual ulushning ko’payishi hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha aniq maqsadlar belgilab olindi. Boshqacha qilib aytganda, biz O’zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo’lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. Qo’yilgan maqsadlarga O’zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeliga to’liq o’tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni rag’batlantirishning samarali tizimini yaratish zaruratini taqozo etadi. Biroq, boy intellektual va infratuzilmaviy salohiyatga qaramasdan, mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish ishlari tizimli asosda yo’lga qo’yilmagan, bunga quyidagi tizimli muammolar mavjudligi sabab bo’lgan: davlatning rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalari lozim darajada kompleks tahlil qilinmasdan va o’rganilmasdan kelgan; innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qo’llab-quvvatlash va joriy etishni, shuningdek, mamlakatning ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta‘minlaydigan yagona organ mavjud emas; innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlarini keng tatbiq etish, investitsiyalarni jalb etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga etarli e‘tibor qaratilmayapti; yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo’yicha tizimli va maqsadga yo’naltirilgan faoliyat yo’lga qo’yilmagan; 71 innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar sohasida yuqori salohiyatga ega bo’lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik past darajada saqlanib qolmoqda. Mavjud muammolarni hal qilish, shuningdek, innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, ilmiy yutuqlarni joriy etishni rag’batlantirishning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264-son farmoni “O„zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to„g„risida”gi Farmon qabul qilindi. Mazkur Farmonga innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish borasida Ma‘muriy islohotlar konsepsiyasini amalda ro’yobga chiqarish bo’yicha muhim qadam sifatida qarash mumkin. Farmon bilan strategik rejalashtirish tizimini yaratish, davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini amalga kiritish, fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish, huquqiy bazani takomillashtirish, ilmiytadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy hayotning dolzarb sohalariga ilg’or texnologiyalarni faol joriy etish kabi mamlakat innovatsion rivojlanishining asosiy yo’nalishlari belgilandi. Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi hamda uning davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy rivojlanish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari nazarda tutildi. Bundan kelib chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi O’zbekiston Respublikasining innovatsion va ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi. Download 54.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling