Mavzu: Bozor iqtisodiyotini boshqarish usuli Reja: Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati Bozor iqtisodiyotini boshqarish usuli
Download 33.69 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotini boshqarish usuli
«Xitoy modeli». Iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlandi. Qishloq xo’jaligida xalq kommunalari asosiy xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, oilaviy pudrat tizimi barpo qilindi. Bu ish 1984 yil oxiriga kelib yakunlandi. Oilaviy pudrat dehqon xo’jaligini bir oila a’zolari tashkil etib, foydalanish uchun er 15—20, ba’zi joylarda 30 yilga berilgan. Erga oila yoki bir necha oila qo’lidagi o’zi egalik qilayotgan texnika, asbob-uskuna va boshqalar yordamida ishlov beriladi. Deh-qonlar ishlab chiqargan mahsulotlarining bir qismini davlatga shartnoma asosida topshirardilar, bir qismini soliq o’rnida, yana bir qismini mahalliy fondga, qolganini o’z ixtiyorlariga ko’ra yuqori narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin edi.
Mayda xo’jaliklarning jamg’arma hosil qilish, texnikadan foydalanish, mahsulotning tovarlilik darajasini ko’tarish imkoniyati cheklangan. Buni hisobga olib, hozirgi paytda dehqon birlashmalari, turli shakldagi kooperatsiyalar tashkil etish yoki erni eng kuchli — samarali dehqon xo’jaliklariga berib, yollanma ish kuchini jalb etish yo’lidan borilmoqda. 1984 yilda islohot shaharda ham boshlandi. XXRning iqtisodiy rivojlanish modelini tanlash jarayonida Xitoy olimlari «aralash model» variantini ishlab chiqishdi. Shunday modelning 1968 yilda Vengriyada, 60- yillarning o’rtalarida Chexoslovakiyada o’ziga xos variantlari ishlab chiqilib, amalda qo’llash boshlangan edi. Bu modelning mohiyati shundaki, bozor mexanizmi davlatning iqtisodiyotni tartibga solish darajasining yuqoriligi sharoitida vujudga keltiriladi. Bu model rejali iqtisodiyotni takomillashtiradi hamda uch tomon — davlat, korxona va alohida ishlovchi manfaatlarini uyg’unlashtiradi. U makrodarajada rejali boshqarish, mikrodarajada bozor orqali boshqarishni davlat tomonidan tartibga solinadigan turli bozorlar amal qilishini ko’zda tutadi. Natijada Xitoyda «markazlashgan rejali iqtisod» modelidan «sotsialistik rejali tovar iqtisodi» modeliga o’tildi. Bu modelning mohiyati: sotsialistik ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarishga asoslanadi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tovar-pul munosabatlariga va ularning rivojlanishiga asoslanadi. Bunda eng muhim ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik va makrodarajada markazlashgan rejalashtirishning hal qiluvchi roli uni boshqa modellardan ajratib turadi. Xitoy rahbariyati ishlab chiqilgan nazariy qoidalarga tayanib, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosi va tamoyillarini ishlab chiqdi. Davlat sektorida mulk egaligi huquqi bilan xo’jalik yuritish huquqining ajratilishi korxonalar xo’jalik faoliyatini jonlantirishga olib keldi. Ularning ajratilishi korxonalarni mehnat jamoalariga yoki alohida shaxslarga pudratga berish, erkin sotuvga korxona aktsiyalarini chiqarib sotish va boshqa xo’jalik yuritish shakllaridan foydalanish imkonini berdi. Korxonalarga o’zaro to’g’ridan-to’g’ri xo’jaliklararo aloqalarni faol rivojlantirish tavsiya etildi. Fond bozorlari, xizmat, axborot, texnika, texnologiya bozorlarini ham o’z ichiga olgan bozor tizimini yaratishga katta ahamiyat berildi. Shu bilan birga iqtisodiyotni makrodarajada tartibga solishni kuchaytirish va takomillashtirishni ham amalga oshirish tavsiya qilindi. Xitoyda o’tkazilgan islohotlar qishloqda sanoat o’sishiga olib keldi. Islohotlar boshlangach, 10 yil davomida 80 mln ishchi o’rni yaratildi. Sanoatda iqtisodiy qayta qurishlar natijasida turli mulk shakl-laridan va xo’jalik yuritish uslublaridan foydalanishga asoslangan yangi xo’jalik mexanizmi vujudga keldi. Lekin ijtimoiy mulkning etakchilik roli saqlanib qoldi. Davlat sektori sanoat mahsulotlari 56%ni tashkil etdi. Korxonalarga rejadan tashqari mahsulot ishlab chiqarish, sotish-sotib olish imkoni berildi. Natijada rejadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish keskin ko’paydi. Korxonalar ochiq bozorda rejadan ortiq ishlab chiqargan mahsulotlarini davlat tomonidan belgilanganidan 20% yuqori narxda sotishlari mumkin bo’ladi. Bularning hammasi iqtisodiyotni jonlantirishga hamda jahonda sanoat ishlab chiqarishning eng yuqori sur’atda bo’lishini ta’minladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda har bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan o’xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor iqtisodiyotiga o’tishning u yoki bu guruhiga kiritish mumkin. Shu bilan birga har bir mamlakat o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan farq qilar ekan, haqli ravishda har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z yo’liga ega, u o’z modelini yaratadi deb ayta olamiz. Download 33.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling