YUZ= -2,5[ u -u]
bu yerda: u – ishsizlikning tabiiy darajasi;
u – ishsizlikning haqiqiy darajasi.
YaMM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz:
Yh – Yp
------------- 100 = - β [ u -u]
Yp
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bogʻliqlikning teskari jihatiga e’tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki YaIMning 2-3 foizga oʻsishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy oʻsish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek, bu paytda aholi sonining koʻpayishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab boʻladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori boʻlgan har 2-3 foiz iqtisodiy oʻsish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy oʻsish ta’minlanishi kerak.
Oʻzbekistonda mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish
Mehnat bozorining faoliyati quyidagi omillarga koʻp jihatdan bogʻliq:
|