Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga erishish uchun intiladi va uni davlat siyosatining asosiy maqsadi deb biladi


Download 168.62 Kb.
bet9/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga erishish uchun intiladi va uni davlat siyosatining asosiy maqsadi deb biladi.
Chunki iqtisodiy oʻsish quyidagilarni bildiradi:

  • milliy mahsulot hajmini va daromadni muttasil koʻpayishini, oqibatda esa aholi farovonligini oʻsishini;

  • ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchlarini xoʻjalik oborotiga yanada toʻlaroq jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan resurslaridan toʻgʻri foydalanishni;

  • shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi yangi ehtiyojlarni va shu bilan bir vaqtda ularni qondirishning yangi imkoniyatlari paydo boʻlishi;

  • dunyo bozorida davlat ishonchining oʻsishi va oʻrni mustahkamlanishi.

Bu esa xalqaro ayirboshlashning nisbatan ustunlik qonuniga muvofiq qoʻshimcha xarajatsiz millatlar daromadini oshirishga olib keladi. Shu bilan birga iqtisodiy oʻsish ayrim salbiy oqibatlarga ham ega. Ularning ichida eng koʻzga tashlanadigani atrof-muhitga ortiqcha zoʻr berilishi va natijada uni ifloslanishi.
Barqaror iqtisodiy oʻsish uchun sharoitlarni ta’minlash davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. U tartibga solish tayanchlaridan foydalanib, iqtisodiy oʻsishning ijobiy tomonlarini kuchaytirish va salbiy tomonlarini tekislash imkoniga ega.



    1. Davlatning iqtisodiy oʻsishga ta’sir etish imkoniyatlari



Hozirgi davrda iqtisodiy oʻsishning belgilovchi asosiy omillari boʻlib fan-texnika taraqqiyoti, ishchi kuchining sifati va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hisoblanadi. Shu sababli davlat iqtisodiy oʻsishga quyidagi vositalar yordamida ta’sir etishi mumkin:

  • fan va texnikaning istiqbolli yoʻnalishlari rivojlanishini qoʻllab- quvvatlash;

  • xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda qatnashish;

  • soliq tizimini ixcham holatga keltirishdan iborat.

Snggi yillarda ijtimoiy va ekologik muammolarni kuchayishi bilan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy sish, eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning sharti sifatida qaralmoqda. Iqtisodiy sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy sishning miqdoriy nazariyasi z rnini iqtisodiy sishning sifat nazariyasiga boʻshatib berdi. Keyingi yillardan boshlab jahonda muhim rivojlanish oyasi tobora kengayib, tarqalib bormoqda. Uning asosiy tavsifi kelajak avlodlar ehtiyojini, ya’ni ekologiya jihatdan cheklashlar va aholining kambaal qatlamlari ehtiyojlarini hisobga olishdir.
Deyarli barcha mamlakatlarda davlat siyosati iqtisodiy sishning quyidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan:

  • iste’mol darajasi yuqori blgan iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamarish me’yorlarini tanlash;

  • aholi sishini tartibga solish;

  • fan-texnika taraqqiyotining ekologiya jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish.

Iqtisodiy oʻsishning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi kuchayib borishi bilan iqtisodiy nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada aniqlanmoqda va kengaytirilmoqda.
Agarda, ilgarilari uni moddiy ta’minlanganligining miqdoriy koʻrsatkichlarini (aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan milliy mahsulot va daromad, oziq-ovqat mahsulotlari, asosiy noishlab chiqarish tovarlari, xizmatlar, turar-joy va boshqalar iste’moli) aks ettirgan boʻlsa, hozirda birinchi oʻringa oʻrtacha umr koʻrish darajasi, oʻlim darajasi, shu jumladan bolalar oʻlimi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi, ta’lim darajasi, atrof-muhitning ahvoli va boshqa shu kabi koʻrsatkichlar qoʻyilmoqda. Ya’ni iqtisodiy oʻsish shaxsning rivojlanib borishi uchun sharoit yaratib berishi lozim.
Iqtisod bir maromda rivojlanmaydi, unga notekis taraqqiyot ham xos. Tarixda har doim iqtisodiy oʻsish oʻrniga turgʻunlik va xatto tushkunlik kelgan, soʻngra yana iqtisodiy oʻsish boʻlgan. Iqtisoddagi shunday tebranma harakat ma’lum davrlarda takrorlanib turgan. Iqtisodiy dinamikadagi koʻtarilish va pasayish hodisalarini oʻz ichiga oluvchi, iqtisodning tebranib turishi bilan xarakterlanuvchi davr iqtisodiy oʻsish sikli deyiladi. Iqtisodiy nazariyalarda sikllar har xil talqin etilgan. Ba’zi manbalarda siklli rivojlanish faqat kapitalizm belgisi deb qaralgan, sikl inqirozdan inqirozgacha boʻlgan davr sifatida baholangan, unda krizis, turgʻunlik, jonlanish va yuksalish fazalari mavjudligi qayd etilgan. Bu nazariyada krizis siklning boshlangʻich nuqtasi deb olingan. Mazkur nazariya XIX asrdagi siklli rivojlanishga xos hodisalarni umumlashtirgan, ammo sikllarning umumiy hodisa ekanligini e’tibordan qochirgan. Hozirgi zamon nazariyalarida iqtisodiy sikllarning mavjudligi tan olinadi, sikl iqtisodiy oʻsishga xos tebranma harakat deb talqin etiladi, ammo uning sabablari har xil izohlanadi.
Sikllar azaldan mavjud, ular iqtisodiyotning hamma turlariga xos boʻlgan, ammo iqtisoddagi tebranma harakat turli davrda va turli shaklda namoyon boʻlgan. Qadimgi Dunyo va Oʻrta asrlar iqtisodiyotidagi tebranma harakat asrlar davomida yuz bergan, chunki iqtisodiy oʻsish omillari kuchsiz boʻlganidan ulardagi sifat oʻzgarishi sekin borgan va bu omillar iqtisodiyotga faol ta’sir eta olmagan. Iqtisodiyot qoloq boʻlganidan, uni rivojlantirish uchun investitsiya yetishmagan, buning ustiga investitsiyalar yangi texnologiyani joriy etish bilan bogʻliq boʻlmagan, chunki uning oʻzi asrlar davomida kamdan-kam oʻzgargan. Kishilar tabiiy kuchlardan (masalan, shamol, suv kuchi) foydalanishni oʻrganishlari uchun koʻp asrlar kerak boʻlgan. Taraqqiyot sust borganidan sikl oʻta uzun boʻlgan. Iqtisodiyotning koʻtarilishi va pasayishi sekin-asta boʻladigan kashfiyotlar, tabiiy ofatlar va urushlar bilan bogʻliq boʻlib kelgan. Oʻrta asrlardagi iqtisodiy jonlanishlar yelkanli kemaning kashf etilishi va savdo yoʻllarining ochilishi, Amerika qit’asining ochilishi kabi voqealar bilan izohlangan.
Iqtisodiy taraqqiyot sust joyda siklli rivojlanish aniq namoyon boʻlmaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtish munosabati bilan iqtisodiy oʻsishning intensiv usullari harakatga kelgach, iqtisodiyotdagi tebranma harakat ochiq-oydin namoyon boʻladi va tez -tez takrorlanib turadi. Yangi texnologiyalar paydo boʻlgandan soʻng siklli rivojlanish qonuniy hodisaga aylanadi. Ayniqsa, bu hozirgi innovatsion texnika asri zamonida kuchayadi. Qoloq va rivojlangan jamiyatdagi iqtisodiy tebranishlar sababi aynan bir xil emas. Qoloqlik davrida bu koʻpincha tabiiy omillar va falokatlar natijasi boʻlgan, chunki iqtisodiy faoliyatga tasodiflar kuchli ta’sir koʻrsata olgan. Iqtisodiy quvvati kuchli jamiyatda ishlab chiqarish tabiiy va boshqa tasodifiy hodisalar ta’sirini kuchsizlantira oladi. Shu sababli tebranishlar iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ularni asosan ikki narsa keltirib chiqaradi. Birinchisi – fan-texnika taraqqiyoti bilan bogʻliq investitsiyalar, ikkinchisi – mahsulot va xizmatlarga boʻlgan talab-ehtiyojning oʻzgarishi. Ular birgalikda iqtisodiy oʻsishga ta’sir etadi. Mahsulotga talabning ortishi yoki kamayishi ishlab chiqarishni kengaytirishni yoki qisqartirishni taqozo etadi. Bu oʻz navbatida investitsiyalarni oʻzgartiradi. Talab ketidan investitsiyaning koʻpayishi ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyani yangilaydi. Ammo ishlab chiqarish haddan tashqari koʻpaysa, mahsulot turib qoladi, uni koʻproq ishlab chiqarish zarurati boʻlmaydi, natijada uni qisqartirishga toʻgʻri keladi. Ishlab chiqarishning texnikaviy yangilanishi vaqti-vaqti bilan boʻlib turadi, shu sababli iqtisodiy oʻsish notekis yuz beradi. Iqtisodiy oʻsish oʻrniga turgʻunlik yoki tushkunlik vaziyati kelib chiqadi, soʻng ishlab chiqarish yana oʻnglanib ketadi. Texnika taraqqiyotining shiddatiga qarab texnikaviy yangilanish muddati qisqaradi. Agar XIX asrning 1-yarmida texnikaning yangilanishi, ya’ni mavjud texnikaning tuzib boʻlinishi natijasida uning yangisi bilan almashtirilishi 12-15 yilda boʻlsa, XXI asrga kelib bu muddat 1-2 yilga tushib qoldi. Buning ustiga talab-ehtiyoj ham tez yangilanadi. Shu boisdan oʻsish va pasayishdan iborat tebranma harakat sikli (davri) ham qisqaradi.



Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling