Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni


Download 168.62 Kb.
bet12/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni.

Barcha mavjud resurslardan toʻliq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin boʻlgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM koʻrsatkichi bilan oʻlchanadi.


Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat oʻz iqtisodiy potensialini toʻliq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YUZ) roʻy beradi.
Yh – Yp
YUZ= ----------------- 100
Yp

Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan toʻliq foydalanilgan sharoitda mumkin boʻlgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.


Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yoʻq deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori boʻlsa, YaIM uzilishi shuncha koʻp boʻladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta boʻladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi oʻrtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaMMning pastroq darajasi oʻz navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq boʻlishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yoʻqotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsiyenti deb atalgan bu koeffitsiyent miqdori 2 foizdan 3 foiz oraligʻida deb hisoblanadi.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling