Mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


Download 135.5 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi135.5 Kb.
#1236840
Bog'liq
4-Mavzu




Mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?


2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va farqlarini тушунtirib bering.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ишtirokchilari kimlar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?
5. Bozor тushunchasining ta’rifini bering va uning asosiy vazifalarini ko’rsating.
6. Bozorni turkumлашda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab ko’rsating.
7. Etuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?
8. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga ta’rif
bering.

1.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Maz­kur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodi­yotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisobla­nadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari bu­tun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida mod­diy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqo­zo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xoЈjaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida mod­diy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqo­zo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u brogan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII-XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklari bo’lgan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti asosida tovar – pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxning muvofiqligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi kabi holatlarni bildiradi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston-bozor munosabstlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli kitobida: “Bozor iqtisodiyoti-umumbashariy hodisa bo’lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosga qurilgan bozorgina hozir xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatini ro’yobga chiqarishga, tekinxo’rlikni tugatishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga, manfaatdorlik va unutib yuborilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklashga qodirdir”, deb ta’kidlab o’tgan. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti, deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tushunilidi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. U erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo’ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib turiluvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarining barcha sub’ektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchilar ham, pirovard iste’molchilar ham, ssuda kapitali egalari ham kiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizm asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, raqobat, talab va taklif.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:
1.Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi;
2.Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
3.Raqobat kurashuvining mavjudligi;
4.Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
5.Bozorning xaridor izmiga bo’ysunishi.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo’lib, faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning o’zining mulk ob’ekti bo’lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim jismoniy shaxs o’z ixtiyoriga ko’ra o’ziga ma’qul bo’lgan ish ish bilan shug’ullanadi.
Xo’jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohidalashgan bo’ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har-xil ish bilan shug’ullanishadi.
Erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyot, yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Monopoliya turg’unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusini chegaralaydi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti u bilan chiqishmaydi – bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi - narxlarining liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, balki narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor va sotuvchining savdolashuviga binoan, yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida ko’proq kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat alohida o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabstlar ishtirokchilarining o’zaro bellashuvi, xususiy mulkdorlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish, qo’llash va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi.
Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo’lib,ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo’lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan erkin iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashish, hatto monopoliya hosil etgan holda o’z bilganicha ish yuritishini bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bu tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizim hosil etadi. Insoniyat tajribasi ko’rsatganidek, hozircha faqat shunday munosabatlar zaminidagina iqtisodiy ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish to’kinchilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo’llash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday raqobat kuchi jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiyotini evalyusion o’zgarishlar qilish orqali klassik bozor iqtisodiyotidan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o’ta boshladilar. Nazariy jihatdan klassik model bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo’lishi mumkin. Klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyati bilan ajralib turadi:
Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud.
Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin.
Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi.
Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining qulayligi.
Monopoliyalar yo’q, bozorda faoliyatga davlat aralashmasligi.
Yakka (individual) xususiy mulkning hukmron bo’lishi.
Odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga olib kelishi.
Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boahqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ma’lum darajada ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi. Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanish, ya’ni biznes reja, marketing tizimi orqali boshqarish. Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda har tomonlama aholini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab quvvatlash.
Resurslarni taq’simlashning samaradorligi.
Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlikka ustuvorlik beradi. Erkin faoliyat yuritish shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikni o’stiradi.
Bozor iqtisodiyotining ya’na bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporasiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki, xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalikni xonavayron qilishga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti qanchalik rivojlangan bo’lmasin, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishlarning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanmasligi mavjudligi yuz berishi mumkin. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalar muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. XXI asrning eng muhim iqtisodiy inqirozlaridan biri 2008-yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bo’lib, u ko’p mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatdi.

2.qoʻshdilar.


Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.


19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi


Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda rеal hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mеxanizmi va rеjali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo’nalishlari mavjud bo’ladi, unda rеjalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotdan sеzilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi:


birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bеrmaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o’laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rеjalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Gеrmaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm dеb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo’lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning tеskarisi, bozor sotsializmi dеb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida rеsurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvеtsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Rеspublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rеjalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mеxanizmlari muvaffaqiyat bilan qo’llanilib, barqaror va tеz sur’atlar bilan iqtisodiy o’sishga erishmoqda.

3.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog’liqdir. Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:

1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo ztadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi;


2) erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy x,amkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur kilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.


3) harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’ladi. Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xujalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.


Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’plab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:


- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi;


- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;


- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish. mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;


- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;


- cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.


Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati - raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yish va uni rag’batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:


1) bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat - bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi;


2) bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.


Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o’zining-iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.


Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati — jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.


Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri — ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.


Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri - tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir


4.Bozor iqtisodiyotida qatnashuvchilar bir-birini shaxsan bilishlari, tanish


bo‘lishlari shart emas. Ular bir-birlari uchun raqib hisoblanadi. Raqobatda barcha


ham muvaffaqiyatga erishavermaydi. Bu tajriba, bilim, matonat, tavakkalchilik va


albatta sarmoyaga ega bo‘lishni talab qiladi.


Raqobat kurashi keng mazmunli, ko‘p qirrali bo‘lib, bozor iqtisodiyotining


barcha davrlari, sohalari, tarmoqlarida yuz beradi. Raqobatga bardosh bera


oladigan shaxsgina bozor taraqqiyotiga ko‘p hissa qo‘sha oladi. Raqobatdagi eng


ko‘zga tashlanadigan asosiy mazmunga aylanadigani xaridorlar uchun kurashdir.


Chunki buning asosida tovarlarni tez va ko‘p sotish muammosini xal qilish yotadi.


Tovarni sotish va o‘z pul sarmoyalarini foyda bilan qaytarish xaridorlarga


bog‘liqdir.


Bu muammoni hal qilishda marketing tadqiqoti va bu sohadagi faoliyati


juda qo‘l keladi. Chunki u ko‘p tovar ishlab chiqarish va xaridorlarini o‘z vaqtida,


etarli miqdorda ta’minlash yollarini o‘rganadi. Bunday raqobat harakati bevosita


tovarlarni sotishda ifodalansa, shu mazmundagi kurash ishlab chiqarishda


xomashyo, ish kuchi, energetika, ilg‘or texnika-texnologiya kabilar uchun bo‘lgan


jarayonlarda o‘z aksini topadiki, barcha tarmoqlar, iqtisodiy sohalar busiz


bo‘lmaydi.


Raqobat kurashida xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bozor


bahosidir. Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo‘lib, raqobat


orqali yuzaga keladi. Iste’molchining daromad darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi baho


raqobat holatiga bog‘liq bo‘lib, u turg‘un bo‘la olmaydi va to‘xtovsiz o‘zgarib


turadi. Bozor holatini to‘xtovsiz ko‘rsatib turadigan narsa ham baho bo‘lib, u


sotuvchi va xaridorlarning harakat yo’nalishini aniqlab beradi. Shunga ko‘ra


bozorga qancha va qachon tovar etkazib berishni baho darajasi orqali aniqlaydilar.


Bu esa bevosita ishlab chiqarishga ta’sir etadiki, qachon qancha tovar ishlab


chiqarishni bozordagi yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko‘riladi.


Raqobat tufayli paydo bo‘ladigan bozordagi baholarning tadbirkor va


iste’molchilar uchun muhimligini belgilovchi ikki tomoni mavjud. Birinchisida,


tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalansa, ikkinchisida bozor holati aniqlanadi.
Shunga ko‘ra barcha bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar, katta diqqat va
e’tibor bilan bahoni kuzatib boradilar, uning o‘zgarishini o‘z vaqtida bilib turish
choralarini qo‘llaydilar. Demak, bozorda paydo bo‘ladigan baho bozor
iqtisodiyotining ko‘zgusi bo‘lsa, raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir.
Aytish mumkinki, raqobatning asosida shaxsiy manfaat yotadi va bu
raqobat kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch bag‘ishlaydi.
Buning boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o‘z nafsini ko‘zlaydi. Tadbirkor yuqori
foyda uchun, hech bo‘lmaganda kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar
egalari sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish
kuchi egalarini olsak, miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni
boricha ko‘p daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor
siftaida past bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor iqtisodiyoti
faoliyatida tartib o‘rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan tartibsizliklarga olib
kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki, turli iqtisodiy
birliklar o‘z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat asosida
harakat tarzi shalklanadi. Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir.
Umuman olganda raqobat quyidagilarni bildiradi:
1) Bozorni turli, istagan aniq mahsulot, resurslarni erkin xolda sotuvchi va
sotib oluvchilarning mavjudligi.
2) Sotuvchi va xaridorlarning istagan bozorda yoki tarmoqda erkin
qatnasha olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi.
Raqobatchilar o‘z mohiyatini bozor ishtirokchilariga taalluqli iqtisodiy
kuchlar tarqoqligida ifoda etadi. Ma’lumki, har bir bozorda juda ko‘p sotuvchi va
xaridorlar mavjud. Shuningdek tovarlar mo‘l-ko‘l deylik, bunday sharoitda
sotuvchi va xaridorlar o‘zlari uchun ma’qul bahoni talab eta olmaydilar, balki
mavjud muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo‘yicha oldi-sotdi amalga oshadi.
Raqobatning mohiyati shuki, har bir taklif sub’ekti umumiy taklifga kichik
hissa qo‘sha oladi va umumiy oqim ichida bo‘ladi. U yakka ishlab chiqaruvchi
sotuvchi sifatida bozor ixtiyorida bo‘ladi. Bozorda raqobat yakka xoldagi barcha
yoki juda ko‘pchilik sotuvchilar harakatidan iborat bo‘ladi. Demak, raqobat
bozorda hamkorlikni inkor etib, erkin harakatni talab etadi.
Raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning keng
tarqoqligi bu hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan zararli
foydalanish imkoniyatlarini chegaralab boradi. Iqtisodiy imkoniyatlar uchun
kurash iqtisodiy birliklarning o‘z foydasini ko‘zlab bir-biriga zarar keltiriishga
to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o‘z manfaatlarini
ta’minlashning amalga oshuvini chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham
raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Raqobatning tarmoqlar manfaatlari bilan birga tarmoqlararo, xalqaro
manfaatga qaratilgan harakati mavjuddir. Bu yangi texnologiya, tejamli resurslar
kombinatsiyasini qo‘llashda namoyon bo‘ladiki, raqobat bunga undaydi. Raqobat
uchun xo‘jaliklar turli-tumanligi, ko‘p shakllilik talab etiladi. Ayniqsa, xususiy
xo‘jalik hukmronligi sharoiti mavjud bo‘lishi kerak

5.orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.


Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.


Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda B. iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda B. faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. B.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. B.lar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. B.lar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. B. hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" B.lari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik B.lardan.


Hozir Oʻzbekistonda B. asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum B.i, ulgurji B., mol (chorva mollari) B. kabi asosiy turlarga boʻlinadi.


6.
Bozorning vazifalari va turkumlanishi


Bozor tushunchasi ko'pincha tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy sifatida talqin qilinadi. Lekin uning ichki mazmuniga e'tibor berilsa, u ko'p qirrali bo'lib, turli davrlarda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayriboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar ayriboshlash joyi yoki maydonini anglatgan. Dastlab bozor tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo'lgan bo'lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e'lon qilingan Shu maydonda kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayriboshlash T-T ko'rinishida, ya'ni bir tovarga boshqa tovarni ayriboshlash shaklida bo'lib, o'z tovarini boshqa tovarga ayriboshlashda vaqt va makonda, birdaniga bir vaqtning o'zida o'sha joyda sodir bo'lgan. Lekin tovar ayriboshlash rivojlanib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo'lingan va T-P-T ko'rinishida ro'y bera boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir vaqtda bo'lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o'z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya'ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug'ullanadigan maxsus qatlamlar paydo bo'lgan.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga kelgan. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo'lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali savdo bitimlari qilishlari mumkin bo'lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o'zgarib, yangi ma'no kasb etadi, ya'ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo'la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o'ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining paydo bo'lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o'tib, ishlab chiqarishga jalb etilib boradigan, ularning bir-biriga o'zaro ta'siri to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo'la boshlaydi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning ko'p qirrali murakkab aloqalarini bog'laydigan, ularning iqtisodiy manfaatlarini ta'minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste'molchi (xaridor)ni bir-biriga bog'laydigan, ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir. Bozorning asosiy mazmuni sotuvchi va xaridorlarning o'zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayriboshlash, ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va to'lovga qodir bo'lgan iste'molchilar talabining qondirilishi va raqobatchilik muhitining mavjud bo'lishidan iboratdir. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to'planib, juft-juft, to'p-to'p, guruh-guruh bo'lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro'z ulashadigan fayzu, barakotli, sirli dasturxon deb ataydilar. Bu ta'riflar ma'lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifoda etsa-da, shu bilan birga mazkur tushunchaga bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi hisoblanib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifalarini, tutgan o'rnini ifodalab bera olmaydi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar, (sotuvchi va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozorda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo'lgan xizmatlar bajariladi. Har bir bozor subьekti o'zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o'ziga kerakli bo'lgan tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor sub'ektlari, ya'ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko'rmasliklari, tanimasliklari ham mumkin. Ular turli hujjatlar, shartnomalar, tovar namunalariga binoan vositachilar orqali savdoni amalga oshirishlari mumkin. Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo'lsa narxlar o'sib ketadi, ayriboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me'yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori unga bo'lgan talabdan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko'radilar. Shunday qilib, bozorda katta foyda olish yoki zarar ko'rish sababini tovarlarni ayriboshlash jarayonida kishilar o'rtasida yuz beradigan munosabatlardan qidirib topish lozim, savdo bo'layotgan joyda, bozor maydonida hech qanaqa sir-asror yo'q. Oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulotlari do'koni, avtomobilga servis xizmat ko'rsatish va yoqilg'i quyish tarmog'i, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlar va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, auksionlar, birjalar bularning barchasi bozorning odatdagi ko'rinishlari hisoblanadi. Fond, don birjalari, chet el valyutalari bozori, auksionlar yuqori darajada rivojlangan bozorlar bo'lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aksiya, obligasiya, milliy valyuta va qishloq xo'jalik mahsulotlari orqali bog'lanadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar o'rtasidagi o'zaro aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular hech qachon bir-birini ko'rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo'linadi. Bozorning har qanday turidan qat'iy nazar uning ishtirokchilari uy xo'jaliklari, turli xil korxonalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor sub'ektlari ikki toifaga – sotuvchi va xaridorlarga bo'linib, ular bozorda turlicha mavqega ega bo'ladi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o'z sub'ektlari manfaatini bir-biriga bog'lab, ularni muvofiqlashtiradi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni iste'molchilarga, iqtisodiy resurslarni ishlab chiqaruvchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu erda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog'laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o'z iste'molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo'lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Bozor ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilib pulga aylanishi, unga esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag'lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo'li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo'ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishi ro'y beradi. Iste'molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo'lgan talabini namoyon qiladi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirilgan tarmoqlar va sohalar o'rtasida taqsimlanib turadi. Bozorning iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajariladi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi. Bozor orqali mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobga olinadi. Aynan bozor jamiyat sotib olish mumkin bo'lgan mahsulot xarajatlarini aniqlaydi va u narxi bilan qoplangandagina ishlab chiqariladi. Bozor tovarlarga narx shakllantirish va ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirish vazifasini ham bajaradi. Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo qiladi. Hozirgi davr bozori bir qator tartiblarga asoslanadi:
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlar iqtisodiy faoliyat erkinligi va uning natijalari uchun javobgarligi;
- talab va taklif nisbatiga asoslangan narxning erkin shakllanishi;
- resurslarni etkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar o'rtasida raqobat mavjudligi;
- davlatning xo'jalik yurituvchilar faoliyatiga eng kam darajada aralashuvi.
Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bozor quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
- ommaviy ishlab chiqariladigan tovarlar bilan to'yinganligi, ularning qat'iy ravishda alohida guruh iste'molchilar ehtiyojini qondirishga yo'naltirilganligi;
- iste'molchilarning eng murakkab talabiga javob berishga layoqatli, moslashuvchan ishlab chiqarish mavjudligi;

- ishlab chiqaruvchilar maqsadli vazifasining o'zgarib turishi. Ular raqobatbardoshlikni ushlab turish uchun mahsulotni modifikasiyalash, uning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va bozorni kengaytirishdan manfaatdorligi;


- tadbirkorlik faoliyati shakllari o'zgarishining ro'y berib turishi. Jumladan, etakchi g'arb mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 70-yillari o'rtalaridan boshlab yirik korporasiyalar bilan birga kichik biznes ham muhim rol o'ynay boshlagan;
- yollanma xodimlarning boshqarish va korxona mulkida qatnashishni taqozo qiluvchi mehnat munosabatlari yangi turining qaror topishi;

- iqtisodiyotga energiya va material tejovchi tavsif hosligi;


- “xizmat sig'imli” iqtisodiyot shakllanish jarayonining kuchayib borishi. Jumladan, AQSh YaIM qiymatida xizmatlar qiymati ulushi 60 foizdan ko'proqni tashkil qiladi.


Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub'ektlari xususiyatlari, uning ko'lami, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozor etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan klassik (erkin) va hozirgi zamon rivojlangan turlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, yoki shakllanayotgan bozor ko'proq, tasodifiy xarakterga ega bo'lib, unda barter ayriboshlash usuli ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrlarda ham bu turdagi bozor amal qilishi mumkin. Erkin bozorda tovar va xizmatlarning har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, mavjud bo'lib, ayriboshlash jarayonida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo'llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan mahalliy, milliy, mintaqaviy va nihoyat jahon bozoriga ajratiladi. Sotiladigan va sotib olinadigan obьekt turiga ko'ra bozorlar quyidagi turlarga bo'linadi: iste'mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnik kashfiyot va ishlanmalar bozori. Muomalaga chiqadigan sub'ektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji va chakana savdo to'g'risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o'rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va davlat xo'jaliklaridir.
Shuningdek, mulk shakli bo'yicha davlat va kooperativ savdo, dehqon bozori ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni kooperasiyalar amalga oshiradi. Dehqon bozorida savdoni alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo'jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi. Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozorda xo'jalik sub'ektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo'jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi.

7.


Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mеzonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’еktlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.

Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (bartеr) usuli ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to’g’ri kеladi. Lеkin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.


Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o’rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar kеskin tabaqalanishi ro’y bеradi.


Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Dеmak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o’rtasidagi tafovutlar mе’yor darajasida ushlab turiladi.


Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkеnt bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pеkin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbеkiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amеrika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.


Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: istе’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (rеsurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-tеxnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.


Muomalaga chiqadigan sub’еktlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko’tarasiga sotiladi.


Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib istе’mol tovarlari va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo’jalik sub’еktlarining barcha uchta turi: uy xo’jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi.


Istе’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intеllеktual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mеhnat mahsuli bo’lgan tovarlar – ilmiy g’oyalar, tеxnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intеllеktual bozor tarkibida ilmiy-tеxnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o’rin tutadi. U amalda patеnt, litsеnziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko’radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi.


Ishlab chiqarish vositalari (rеsurslar) bozorida tovar sifatidagi mеhnat vositalari va matеriallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg’i va matеriallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda sotiladi. Rеsurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy istе’molga emas, ishlab chiqarish istе’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.


Bozorning barcha sub’еktlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar istе’mol tovarlari va rеsurslar bozori orqali ancha to’liq va yorqin namoyon bo’ladi (5.4-chizma).


Istе’mol tovarlari bozori va rеsurslar bozori hamda bozor sub’еktlari o’rtasida rеsurslar, mahsulot va daromadlar harakati.

Chizmadan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklari va davlat iqtisodiy rеsurslarga egalik qilib, ularni rеsurslar bozoriga yetkazib bеradi. Korxonalar rеsurslarga talab bildiradi. Korxonalarning rеsurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag’lari rеsurslarni yetkazib bеruvchilarning daromadlari (ish haqi, rеnta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.


Uy xo’jaliklari rеsurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida ko’plab tovar va xizmatlarga o’zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga istе’mol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.


Iqtisodiy rеsurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy rеsursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznеs tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to’qnash kеladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy sub’еktlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mеhnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o’zi emas, uning mеhnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.


Moliya bozori turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham oldi-sotdi ob’еkti bitta, ya’ni pul (pulga tеnglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’еktlari o’z moliyaviy rеsurslarini ularga ehtiyoj sеzgan sub’еktlarga taklif qiladi.


Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy istе’mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg’arishga qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar kapital sifatida ishga solinib, foyda kеltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga bеrish bo’yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklarning qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo’ladi.


Qimmatli qog’ozlar bozori – turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, vеksеl, chеk, dеpozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auktsionlar va banklardan iborat bo’lib, unda brokеr va dilеrlar vositachilik qiladi.


Qimmatli qog’ozlarning harakati xususiyati bo’yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo’linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog’ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi.


Iqtisodiyot uchun qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo’jalik sub’еktlari o’rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi.


8.Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.

Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar:


birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;


kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;
kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;
aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);
axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
konsalting (maslahat) kompaniyalari;
ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.


Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling