Mavzu: bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor va uning tuzilishi


Download 28.51 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi28.51 Kb.
#1018117
1   2   3   4
Bog'liq
4 МАВЗУ НАЗАРИЯ

Bozor infratuzilmasi –
bozor iqtisodiyoti uchun xizmat ko’rsatuvchi har xil sohalar:
aukcionlar, savdo uylari, bojxonalar, savdo-sotiq uyushmalari, soliq idoralari, tijorat va sohibkorlik idoralari, vositachi firmalar, tashqi savdo firmalari, tijorat banklari, birjalar va h.k.

ASOSIY TUSHUNCHA VA IBORALAR

1. Bozor iqtisodiyoti.


2. Bozor mexanizmi.
3. Bozor tushunchasi.
4. To’yingan bozor.
5. Pinhoniy bozor.
6. Iste'mol tovarlar va xizmatlar bozori.
7. Moliya bozori.
8. Resurslar bozori.
9. Intellektual tovarlar bozori.
10. Bozor infratuzilmasi.
11. Tovar birjasi.

a) Sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi tovarlarni pul vositasida ayirboshlash munosabatlari yig’indisi.


b) Erkin tovar - pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiyot.
c) Tovarlar talabga yetarli bo’lgan bozor.
d) Aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash.
e) Qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan oldi-sotdi qilish.
f) Bozorga xizmat qiluvchi har xil sohalar tuzilmasi.
j) Namunalar asosida ommaviy tovarlarning savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasasi.
l) Baho, talab va taklif hamda raqobat.
m) Jamiyatdagi moliya xizmatlari bozori. Moliya mablag’larini sotib olish munosabatlari (tijorat banklari, valyuta, fond birjalari, brokerlik, sug’urta, auditor firmalari).
n) Aholi iste'moli uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun xizmat qiladi.
o) Tovar sifatida mehnat vositalari va materiallari oldi - sotdi qilinadi.


TEST SAVOLLARI
1. Quyidagi ta'riflardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining mohiyatini to’laroq xarakterlaydi?
A) Mehnat taqsimoti mavjud bo’lgan va tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyot
B) Iqtisodiy sub'ektlar faoliyati erkin amalga oshiriladigan iqtisodiyot
C) Tovar ishlab chiqarishga asoslangan, iqtisodiy sub'ektlarning erkin hatti - harakati bozor mexanizmi orqali muvofiqlashtiriladigan iqtisodiyot
D) Urf - odat, udumlar va an'analarga asoslanagan iqtisodiyot
E) Yuqoridagilarning barchasi.
2. Bozor iqtisodiyotining qaysi sub'ekti iqtisodiy resurslarni yetkazib beruvchi va pirovard mahsulotlar iste'molchisi hisoblanadi?
A) Uy xo’jaliklari
B) Korxonalar
C) Davlat tashkilotlari
D) Davlat muassasalari
E) Yuqoridagilarning barchasi.
3. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotini tartibga soluvchi mexanizmning tarkibiy qismini xarakterlaydi?
A) Narx, talab va taklif
B) Raqobat, talab va taklif
C) Narx, raqobat, talab va taklif
D) Narx, soliq, raqobat, davlat ijtimoiy dasturlari
E) Soliq, davlat ijtimoiy dasturlari, patent va lisenziyalar tizimi.
4. Bozor iqtisodiyotining muhim belgilarini nimalar tashkil qiladi?
A) Xususiy mulkchilik
B) Tadbirkorlik va tanlash erkinligi
C) Shaxsiy manfaatni rag’batlantirish
D) Davlatning cheklangan roli
E) Yuqoridagilarning barchasi.
5. Bozorning qaysi nusxasida iste'molchilar monopol mavqeiga ega bo’ladi?
A) Sof raqobatli yoki erkin bozor
B) Monopollashgan raqobatli bozor
C) Monopol raqobatli bozor
D) Oligopolistik bozor
E) Monopsonistik bozor.
6. Bozor iqtisodiyotida "Qancha ishlab chiqarish zarur" ligini nima belgilab beradi?
A) Iste'molchi
B) Iqtisodiy resurslarning cheklanganligidan kelib chiquvchi ishlab chiqarish imkoniyati
C) Ehtiyoj
D) Davlat
E) Yuqoridagilarning barchasi.
7. Quyidagi omillardan qaysi biri resurslarning mavjud hajmida ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib borish imkonini beradi?
A) Texnika taraqqiyoti
B) Texnologiyaning takomillashishi
C) Resurslar sifatining ijobiy o’zgarishi
D) Mehnat unumdorligining o’sishi
E) Yuqoridagilarning barchasi.
8. Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo’ladi?
A) Resurslarni taqsimlashda
B) Erkinlikni ta'minlashda
C) Pul daromadlarining notekis taqsimlanishida
D) Davlatning iqtisodiyotida cheklangan rol o’ynashida
9. Quyidagilarning qaysi biri bozor munosabatlarining mohiyatini to’laroq xarakterlaydi?
A) Takror ishlab chiqarish munosabati
B) Moddiy ne'matlarni taqsimlash jarayonidagi munosabatlar
C) Tovar (xizmat)larni ayirboshlash jarayonida bozor sub'ektlari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar
D) Ijtimoiy va siyosiy munosabatlar
E) Yuqoridagilarning barchasi.
10. Sof iqtisodiy ma'noda "bozor" tushunchasi nimani anglatadi?
A) Sotuvchi va xaridorlar to’planib, ayirboshlashni amalga oshiradigan joyni
B) Bozor sub'ektlari iqtisodiy natijalarining amalga oshirilishini
C) Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste'molchi (xaridor)larni tovarlarini ayirboshlash xususida harakatini o’zaro keltiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infratuzilmalar tizimi
D) Alohida tovarlar taklifi va ularga bo’lgan talablarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni
E) Yuqoridagilarning barchasi.
11. Bozor qanday ko’rinishlarda chiqadi?
A) Oziq - ovqat va qishloq xo’jalik mahsulotlari do’koni
B) Sanoat tovarlari magazini va tijoratchilar savdo shahobchalari
C) Fond, xom-ashyo va tovarlar birjalari
D) Auksionlar va chet el valyutalari bozori
E) Yuqoridagilarning barchasi.
12. Bozorning quyidagi turlaridan qaysi birida sotuvchi xaridorlar bilan bevosita ayirboshlash orqali bog’lanmaydi?
A) Oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida
B) Sanoat tovarlari magazinida
C) Tovar va xom-ashyo auksionlarida
D) Avtomobillarga yog’ quyish shaxobchalarida
E) Yuqoridagilarning barchasida.
13. Bozorning qaysi vazifasida uning vositachilik roli nisbatan to’laroq namoyon bo’ladi?
A) Ishlab chiqarishning takrorlanib turishiga yordam berish vazifasi
B) Resurslarni tarmoqlar va korxonalar o’rtasida taqsimlash vazifasi
C) Ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchini bog’lash vazifasi
D) Iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi
E) Yuqoridagilarning barchasi.
14. Aqliy mehnat mahsuli hisoblangan intellektual tovarlar bozorida ayirboshlash ob'ekti bo’lib nima chiqadi?
A) Ilmiy g’oyalar
B) San'at va adabiyot asarlari
C) Ilmiy axborotlar
D) Ilmiy texnikaviy ishlanmalar
E) Yuqoridagilarning barchasi.
15. Bozorda juda ko’p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ulardan hech biri bozor baholariga o’z ta'sirini o’tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to’siqlar bo’lmasa, bu qanday bozorni xarakterlaydi?
A) Sof raqobatli bozor
B) Sof monopolistik bozor
C) Monopolistik raqobatli bozor
D) Oligopolistik bozor
E) Yuqoridagilarning barchasi.
16. Qaysi bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi?
A) Qarz majburiyatlari bozorida
B) Ishlab chiqarish vositalari bozorida
C) Qimmatli qog’ozlar bozorida
D) Ishchi kuchi (mehnat) bozorida
E) Yuqoridagilarning barchasi.
17. Quyidagilardan qaysi biri bozor infrastrukturasining bevosita tovarlarni ayirboshlash jarayoniga xizmat qiluvchi muassasalariga kiradi?
A) Ombor xo’jaligi, transport va aloqa tarmoqlari
B) Bank tipidagi muassasalar, sug’urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari
C) Birjalar, auksionlar, savdo uylari va agentliklari
D) Axborot xizmati va auditorlik idoralari, mehnat birjalari
E) Yuqoridagilarning barchasi.
18. Korxona, muassasa va kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib, taftish qiluvchi va ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi muassasalar qanday nom bilan ataladi?
A) Konsalting firmalar
B) Sug’urta kompaniyalar
C) Trast - fondlar
D) Auditorlik firmalari
E) Yuqoridagi barcha nom bilan.
19. Doiraviy aylanishlarning oddiy modeliga bozorning qaysi turlari kiradi?
A) Pul bozori
B) Tovar va xizmatlar bozori
C) Pul va resurslar bozori
D) Tovarlar, xizmatlar va resurslar bozori
E) Yuqoridagilarning barchasi.



Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling