mavzu; bozor munosabati modellari reja; Aralash iqtisodiyot modeli Bozor iqtisodiyoti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
4- MAVZU (2)
4-MAVZU; BOZOR MUNOSABATI MODELLARI Reja; 1 Aralash iqtisodiyot modeli 2 Bozor iqtisodiyoti 3 Bozorning asosiy shakllari: 4 Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari yoki shart-sharoitlari. Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud. Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud. Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud. Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada ilmiy tadqiqot, texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi. Bozor muvozanati tovarlarga , xizmatlarga va resurslarga talab va taklif o'rtasidagi miqdoriy muvofiqlikda namoyon bo'ladi va resurslarni yetkazib beruvchilar va tovarlar va xizmatlarning iste'molchilari sifatida uy xo'jaliklarining, korxonalar esa resurslarni iste'molchilari va tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatdagi umumiy iqtisodiy manfaatlarni maqbul ravishda amalga oshirishdir. Bu yerda biz sog'lom "iqtisodiy qon aylanishi" bilan taqqoslashimiz mumkin, unda iqtisodiyotning "kasalliklari" - inflyatsiya, ishsizlik va hokazo tufayli parchalanish hodisalari bo'lmaydi. Bunday muvozanat g'oyasi butun jamiyat tomonidan talab qilinadi, chunki bu keraksiz sarflangan resurslar va realizatsiya qilinmagan mahsulotlarsiz ehtiyojlarni to'liq qondirishini anglatadi. Mana shu maqsadga erishish yo’lida bizning davlatimizda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda , strategiyalar amalga taqdim qilinmoqda. Bu haqda prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev oliy majlisga murojatnomasida “Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy islohotlarning mustahkam asosidir” 1 deb takidlab o’tdilararke buning asosida bozor muvozanatini taminlash yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mavzuga kirishdan avval bozor, talab, taklif terminlarini kengroq tushuntirib o’tamiz. "Bozor" tushunchasi ko'p qirrali bo'lib, jamiyat va moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi bilan u bir necha bor o'zgargan. Dastlab bozor makon, ya'ni bozor savdosi uchun joy, bozor maydoni sifatida qaraldi. Bu bozor ibtidoiy jamiyatning parchalanish davrida ham, jamoalar o'rtasidagi almashinuv ozmi-ko'pmi muntazam bo'lib, ma'lum bir joyda va ma'lum bir vaqtda sodir bo'lganda paydo bo'lganligi bilan izohlanadi. Ammo Bozor – eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi , xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayriboshlash, oldi-sotdi munosabati sufatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi xarakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida “talab” va “taklif” fundamental, asosiy tushunchadir. Talab – bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan extiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Talab so’zini yanada kengroq ma’lumot bersak, talab – xaridor, iste’molchining bozorda muayyan to’lovlarini, ne’atlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyoj. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda , talab iste’mol kattaligi miqdoridir. Misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, agar sizni kompyuter olgingiz keldi, ammo mablag’ingiz yo’q, bu vaziyatda ehtiyojimgiz talab emas, balki xohish sifatida namoyon bo’ladi. Pulingiz bo’lgandagina bu istak talabga aylanadi. Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif – bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tavorlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajimlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Maqsad:Yuqorida bir necha marotaba “Bozor iqtisodiyoti" degan so’zni bir necha bor ishlatdik. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari , vositalari orqali amal qilinadi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaning kuchayishi, avval aytib o’tilganidek, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi , xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi.Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini - o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi. Muvozanat modellari iqtisodiy agentlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ishlatiladi. Ushbu modellar iqtisodiy sub'ektlarning o'zaro ta'sir modellarining yanada umumiy sinfining alohida hodisasidir. Iqtisodiy tizimning muvozanat va muvozanatsiz holatlari muvozanat modellari yordamida o'rganiladi. Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda , o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda. Muxtasar qilib aytganda , ushbu kurs ishida muvozanat va bozor muvozanatini mazmun mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari, muvozanat barqarorligi shartlari , defitsit va profitsit va bozor narxiga ta'siri, bozor muvozanati turlari va bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishni kabi tushunchalar bayoni taklif etiladi. Bozor iqtisodiyoti dunyoda eng keng tarqalgan va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan eng samarali iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti faoliyatining tafsilotlarini tushunish uchun tushunish kerak asosiy xususiyat bu tizim. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling