Mavzu. Bozor sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish


Download 62.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi62.79 Kb.
#1777525
  1   2   3
Bog'liq
\'Moliya-kredit 6-mavzu Microsoft Word



6- MAVZU. BOZOR SHAROITLARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI 
SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH 
Reja : 
6.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali 
6.2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligi 
 
6.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari ulardagi 
resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning 
pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi 
hisoblanib, bu narsa ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa resurslari 
ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom-
ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga 
o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tushunchalarini farqlamoq lozim. 
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul 
mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallanilgan vositalar 
va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. 
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi 
dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 
binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab 
chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish 
kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat 
baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy 
qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va 
resurslarning yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, halqaro 
amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra bankrotga uchragan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar tugatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatining 40 
foizdan ortiq bo‘lmagan qismini olishga muvaffaq bo‘linishi mumkin. Shu 
munosabat bilan hatto, sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor 
mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng pul mablag‘iga 
aylanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga 
mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi 
uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-
buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va 
intellektual qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va 
harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab 


chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad 
keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin. 
Tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari dastlab 
(birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va 
shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va 
subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan 
shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk 
ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli 
tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq 
emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi 
tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul 
shaklidagi yakuni sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul tushumi maydonga 
chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta’minlovchi bir necha pul 
mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
T = F aa + F mxm + F ix + F f ,  
Bu yerda: T - tushum; 
F
aa 
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga 
mo‘ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi; 
F
mxm 
-moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya va 
boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi; 
F
ix 
- ish haqi fondi; 
F
f
— tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda (soliqlar to‘languncha va 
foydadan boshqa to‘lanmalar amalga oshirilguncha). 
Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat 
haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari 
tomonidan esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto 
pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi 
shubhasiz. 
Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi 
daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy 
resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan 
ahamiyatini o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun 


mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning real 
moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning hisob varaqlariga 
o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan paytda unga qo‘shimcha daromad 
keltiradi. O‘tish davrining dastlabki yillaridagi o‘zaro mol yetkazib berish (xizmat 
ko‘rsatish) bo‘yicha noto‘lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan 
darajasida tekin tijoriy kredit imkoniyatining mavjudligi o‘zining «qo‘lbola» 
birlamchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Shunga o‘xshash narsa ish haqi fondiga 
nisbatan ham tegishli bo‘ldi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab 
oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir 
«tadbirkor» va «bankir»larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandiki, 
chunki to‘lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo‘lgan edi. 
Amortizatsiya ajratmalari fondi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy 
resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki bunday ajratmalar 
pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
tegishli hisob varaqlarida joylashganligiga qarab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari 
tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay boshlaydi. Foyda xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt o‘z mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish 
apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot 
assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar 
shakllantiriladi. 
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning kreditga layoqatligini va uning qarziy mablag‘larni jalb qilish 
imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim 
indikatorlardir. Qarziy mablag‘larning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z mablag‘lariga 
nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetgani, uning to‘lovga layoqatligi borasida 
kreditorilarda ham, hamkorlarida ham shubha tug‘dirmasligi mumkin. 
Amaldagi tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslarini 
ularning shakllanish manbalariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin: 
• 
mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy 
resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy 
xarajatlarni tiklash fondi); 
• 
boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan 
xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; 


• 
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; 
o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa 
emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividentlar va foizlar; sug‘urta 
qoplamalari va boshqalar); 
• 
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol 
yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy 
sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar); 
• 
badallar 
va 
maqsadli 
xarakterdagi 
tushilmalar 
hisobidan 
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan 
tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.) 

Download 62.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling