Mavzu. Bozor sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish


 Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish


Download 62.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi62.79 Kb.
#1777525
1   2   3
Bog'liq
\'Moliya-kredit 6-mavzu Microsoft Word

 
6.2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligi 
Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal 
natijalar olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga
bo‘ysunadi. Shu sababli xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan 
foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin: 
mr = N mf,: X
mrx
Bu yerda:
S
mr
- Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligi; 
Nmf - ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
faoliyatining moliyaviy natijasi; 
X
mrx 
- shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija 
faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi 
hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan 
foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini 
xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. 
Bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini 
xarakterlovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas 
bog‘liqligi xosdir. 


Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning 
tavsifini mujassam etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq 
tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan 
aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va 
baho siyosatining samaradorligini adekvat tarzda xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni 
ajratish muhimdir.
Shunisi muhimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy faoliyatining 
samaradorligini adekvat ifodalovchi bo‘lib fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi 
ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma’lumki, pul (P*) 
go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni 
aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi: 
S
mr
= (P* - P) : P 
Bu yerda:
S
mr
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligi; 
P*-P - bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarning tomonidan olingan daromad. 
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tomonidan aksiya va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan 
dividentlar; 
• 
boshqa emitentlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar; 
• 
banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; 
• 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydasidagi valyutalar kurslari bo‘yicha 
farqlar va boshqalar. 
Ajablanarlisi shundaki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy 
operatsiyalarining 
daromadliligini 
xarakterlovchi 
ko‘rsatkich 
ularning 
samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida 
ifodalab, ko‘pchilik hollarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik 
faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori 
samaradorligining ko‘rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo‘lishlariga 
qaramasdan moliyaviy «spekulyasiyaning» imkoniyatlari ularni «cho‘kmasdan» 
turishlariga sharoit yaratadi. 
Real sektor xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida, moddiy ishlab chiqarishda 
moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash 


talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni 
realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat 
va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim 
holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish 
mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq 
lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning 
haqqoniylik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani 
shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy 
ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq. 
Yuqorida ko’rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va 
shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu 
narsa bizning holatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit 
moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarlshdan ajralib 
cliiqish (uzilish)ga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish 
imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda 
moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma 
mablag‘laming aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy 
aktivlarining fond qaytimi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu 
qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda 
hisoblanadigan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy rentabelligi (biznesning 
rentabelligi) ko‘rsatkichidir:
R
i
= F : (K
ayk
+ K
ak
+ A
nom
) 
Bu yerda:
R
i
- Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy rentabelligi, biznesning rentabelligi; 
F - yillik foyda; 
K
ayk
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aylanma kapitalining miqdori (qiymatiy 
baholarda); 
K
ak
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); 
A
nom 
-xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy 
baholarda). 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatligi va 
likvidligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham 


o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. 
Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik 
koeffitsientlarini kiritish mumkinki, ular yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning 
potensial to‘lov qobiliyati baholanadi: 
K
al
= (P + QQ) : M
qm 
K
mud
= (P + QQ + DQ) : M
qm

Download 62.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling