Mavzu: bozor tarkibi


Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hiso


Download 254.09 Kb.
bet7/17
Sana11.05.2023
Hajmi254.09 Kb.
#1452174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Mavzu bozor tarkibi

Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.


Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.
Shuning uchun ham respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov
«Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1 deb ko‘rsatib o‘tgan. Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotining asosiy obyektiv qonunlaridan biri, bozor munosabatlari takomillashib borishining muhim sharti hisoblanadi. Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish, bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir. Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, Tovar ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda sotish uchun kurashadilar. Firmalar, korxonalar, sotuvchilar, iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va to‘liq namoyon bo‘ladi. Raqobat
kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat. Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»1 deb yozadi. Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini davom ettirgan holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida, xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi»2 degan aniq va to‘liq fikrni bayon qiladilar.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xususiy mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi. Raqobat kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir.
Muayyan bir korxona yoki milliy iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko‘rsatishi uning qanchalik raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Raqobatbardoshlik makro darajada – oltin-valuta zaxirasining hajmi yoki savdo balansini emas, balki pirovard natijada aholining turmush darajasini aks ettiradi. Korxona miqyosida bu samaradorlik va kapitallashuvning oshishidir. Aynan raqobatbardoshlik korxonaga o‘z ishchilari daromadi o‘sishini, iqtisodiyotda esa aholi daromadi oshishini ta’minlash imkonini beradi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida raqobatbardoshlikni yuksaltirishga qaratilgan qator choralar belgilangan. Mikro darajada tezkor modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, moslashuvchan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, xalqaro sifat andozalari va tejamkorlik tartibiga o‘tish, energiyani tejash, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish shular jumlasidandir. Shu bois ko‘plab muhim xo‘jalik subyektlari hozirgi kunda o‘z oldiga ishlab chiqarish xarajatlarini 20 foizga kamaytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Makro darajada esa ichki talabni rag‘batlantirish, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish va izchil rag‘batlantirish, narx siyosatini takomillashtirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo asosini shakllantiruvchi monopolist korxonalar tomonidan belgilanadigan narxlarning o‘sishini ushlab turish, soliq va bojxona imtiyozlari aynan shunga xizmat qiladi.
Sanoat raqobatbardoshligi darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, shakllangan makroiqtisodiy va raqobat muhiti, ilmiy-texnik salohiyat, xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish ko‘lami, investitsiyalar, moliya tizimining sifati va samaradorligi, infratuzilmaning holati, mehnat resurslarining malakasi kabilar eng muhim omillardir.
Jahon tajribasining tahliliga nazar tashlasak, innovatsiya texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar muayyan yutuqlarga erishgan. Shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, global miqyosda raqobatga kirishayotgan korxonalarda ko‘p sohalarda o‘sishning yuksak sur’atlari kuzatiladi. Aynan
muayyan ishlab chiqarish omili – texnologiyalar, materiallar, narxlar, xizmatlar, demografik vaziyat va hatto geosiyoiy omillar o‘zgarishiga asoslangan innovatsiyalar yuqori qo‘shimcha qiymat va boylikni yaratadi, samaradorligi va foydasi yuqori sohalarga qarab resurslarning oqishiga olib keladi. Shu bois mamlakatimizda innovatsiyalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uning rivoji uchun barcha shart-sharoitlar – tayyor texnologiyalar, mutaxassislar, xomashyo va materiallar mavjud.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bugundan boshlab inqirozdan keyingi davrdagi rivojlanish haqida o‘ylashimiz, yurtimizni yangi marralarga olib chiqishga kuchli turtki beradigan, jahon bozorida mamlakatimiz raqobatbardoshligini ta’minlay oladigan, milliy iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlarini texnik yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta ishlangan, uzoqqa mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishimiz lozim. Iqtisodiyotni isloh qilishning o‘zbek modelining kuchli jihatlaridan biri – xususiy biznesni rivojlantirish uchun yangi institutlar va sharoitlarni yaratishga davlat alohida e’tibor qaratib kelayotganidir.
Biroq bunda davlatning qo‘llab-quvvatlashi va investitsiyalar – yuqori samaradorlikka erishish yoki muayyan korxona mahsuloti raqobatbardosh bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyat ekanligi ko‘pincha e’tiborga olinmaydi. Bozor sharoitida raqobatbardoshlilikni ta’minlashning eng muhim omillaridan biri sifatida keng marketing tadqiqotlariga asoslanib puxta ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasi, zamonaviy bozor modellarining qo‘llanishini nazarda tutuvchi (muvofiqlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, umumiy sifat ko‘rsatkichi, sifat menejmenti tizimi va hokazo jarayonli texnologiyalarni qo‘llashni talab etuvchi tizimlar va boshqalar) boshqaruvning yuksak darajasi, xodimlarning malakasi, innovatsion yechimlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi zamonaviy uskuna va texnologiyalarni keltirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti tomonidan poytaxtimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rov natijalari ularning ayrimlarida boshqaruvning yangi usullarini keng qo‘llamayotganidan dalolat bermoqda. Mazkur tashkilotlar rahbarlari asosan korxonaning joriy daromadini ta’minlash, davlat ko‘magidan umid qilish bilan mashg‘ul. Bunga qo‘shimcha qilib korxona faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’uliyat to‘la his etilmasligini ta’kidlash o‘rinlidir. Yangi mahsulot, innovatsiyalarni kiritish bo‘yicha tadqiqotlardan keladigan tejamkorlik, xodimlar malakasini oshirish – zamonaviy menejmentning eng muhim jihatlaridan biri ekanligiga e’tibor zamon talablari darajasida bo‘lishi darkor. Bu misollar ayrim mutasaddilarning o‘z biznesi va xodimlariga nisbatan befarqligidan dalolat beradi. Bunday korxonaga investor yoki sug‘urta kompaniyasi qiziqish bildirishi juda qiyin. Bunday korxonada xodimlarning faolligini, ularning yangiliklarga bo‘lgan qiziqishini oshirish murakkab ish bo‘lib qoladi.
Prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida ta’kidlanganidek, qanchalik g‘ayritabiiy tuyulmasin, jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishning innovatsiya dasturi ushbu kuch-imkoniyatlar va resurslarni ishga solishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini
kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi.
Strategik rejaga qarab, firma o‘zining kurash taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda raqobat olib boradi. Bozordagi holat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda firma o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin. Misol uchun, ayrim firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari mahsulot sifati orqali raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori bo‘lgan sifatli tovarlarni
taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda aholining daromadlari yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari ham ancha yuqori. Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda esa aholining daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati pastroq bo‘lsada, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar.

Download 254.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling