Mavzu: Bozor tushunchasi


Download 16.76 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi16.76 Kb.
#1233718
Bog'liq
20-Mavzu


Mavzu: Bozor tushunchasi
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Chunki, ko’’incha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida ‘aydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo’lib, o’z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmagan, birdaniga bir vaqtning o’zida o’sha joyda ayirbosh sodir bo’lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida ‘ulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo’lingan va T- P-T ko’rinishida bo’la boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olishP-T zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib ‘ul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. ‘ulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug’ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog’laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo’lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-’ul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining ‘aydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o’tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo’ladigan bo’ldi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko’pqirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, ‘ulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko’’lab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko’rinishida ifodalash mumkin :
Tartibga solish
Bozor sub`ektlarini manfaatlarini ro`yobga chiqarish 
Tejamkorlik 
Vositachilik 
Axborot berish 
Integratsiyalash 
Bozorning vazifalari 
Rag`batlantirish 
Narxni tashkil etish 
Nazorat qilish 
Iqtisodiyotni sog`lomlashtirish 
Bozorning vazifalari.
Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling