Mavzu: Bozor vz uning tuzilishi
Download 102.48 Kb.
|
Abdumaxmudov M kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor infratuzilmasi
Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kreditmunosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar: birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari); axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari; soliq tizimi va soliq inspeksiyalari; tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari; maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari; savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari; bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari konsalting (maslahat) kompaniyalari; ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari; maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar. Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. [1] Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi infratuzilmaning nisbatan yangi turi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining rivojlanib borishi bilan alohida bozorlarning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha faoliyatning maxsus turini yaratish zaruriyati vujudga keladi. Bozorning paydo bo‘lishi uning madaniylashgan ko‘rinishda amal qilishini ta’minlovchi yangi tashkilotlar, muassasalaming shakllanishini taqozo etadi. Mustaqil tizim sifatidagi bozorga nisbatan olganda, infratuzilma - bu tovar va xizmatlarning harakatini, oldi-sotdi jarayoniga vosita bo‘lib xizmat qiluvchi tashkiliy-huquqiy shakllaming yig‘indisi yoki bozorga xizmat ko‘rsatuvchi hamda uning amal qilishining normal sharoitini ta’minlash bo‘yicha ma’lum funksiyalami bajaruvchi muassasalar, tizimlar, xizmatlar, korxonalaming majmuidir Bozor infratuzilmasining maqsadi - bu cheklangan to‘lovga qobil talab sharoitida, bozor ishtirokchilari manfaatlari muvozanatini ta’minlash borasidagi kelishuv asosida foydasini maksimallashtirishdan iborat. Bozor infratuzilmasining vazifalari sifatida quyidagilami keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi: — bozor munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining amalga oshirilishini yengillashtirish; — infratuzilma subyektlarining o‘z foydasini yuqori darajaga yyetkazish maqsadida bozor ishtirokchilari xarajatlarini minimallashtirish; — iqtisodiyotning alohida subyektlari va faoliyat turlarining ixtisoslashuvi asosida bozor munosabatlari subyektlari ishining tezkorligi va samaradorligini oshirish; — bozorda tarkib topgan konyunkturadan kelib chiqqan holda mahsulot tayyorlashga boMgan buyurtmalami ko‘paytirgan yoki kamaytirgan holda ishlab chiqarish uchun bozor talabi indiqatori vazifasini bajarish; — bozor munosabatlarini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish; — biija mexanizmidan foydalangan holda iste’mol mollari, ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy-zaruriy narxini belgilash; — biznesni davlat va jamoat tomonidan tartibga solish, huquqiy va iqtisodiy jihatdan nazorat qilish shakllarini yengillashtirish; — tovar va xizmatlarning bozor marketingi asosida barcha iste’molchilar nomidan maydonga tushuvchi buyurtmachi funksiyasini bajarib, ishlab chiqarishni tartibga solish va boshqarish imkonini yaratish. Download 102.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling