Katta mum kuyasining birlamchi (onalik) mahsulotini etishtirish.
Katta mum kuyasi qurtlarini ko‘paytirish uchun ozuqa tayyorlashda quyidagi tarkibiy qismlar taqdim etilgan (1-jadval).
YUvilgan va sterillangan 3 litrli shisha bankalarga 50 gramm meva qoqi, 100 grammdan 01 raqamli ozuqadan solinadi va har biriga 100 tadan har xal yoshdagi qurtlar joylashtiriladi. SHisha bankalarni og‘zi (sun'iy gazlama, baxmal va qalin matolardan tashqari), surp va boshqa mayin matolar bilan berkitiladi. Qurtlar solingan idishlar so‘kichaklarga (stellaj) qo‘yiladi.
Qurtlarning rivojlanishi uchun zarur harorat (30-330S) va nisbiy namlik (65-70%) yaratiladi. YUqoridagi jarayon har kuni kuzatilib boriladi.
SHisha ballonlarda 4-5 tadan kapalak paydo bo‘lishi bilan har bir bankaga kapalaklar tuxum qo‘yishi uchun yog‘och taxtacha bog‘lamlari
joylashtiriladi. Kapalaklarning tuxum qo‘yish davri 8-10 kun bo‘lib, kunaro taxtachadagi tuxumlar olib turiladi. Mum kuyasi kapalaklaridan olingan tuxumlarni 1 gramm miqdorida o‘lchab ozuqa solingan 3 litrli shisha bankaga solinadi. 1 grammda o‘rtacha 12000-15000 tacha tuxum bo‘lib, shundan 87-89 % gacha qurtlar chiqadi. SHuningdek qurtlarning yashovchanligini hisobga olsak u holda o‘rtacha 10-12 % ga kamayadi.
Birinchi qurtlar chiqa boshlashi bilan 25 g asalari mumi, hamda 100- 200 g dan 02 raqamli, o‘rta yoshli qurtlarga esa 25-30 grammdan 03 raqamli ozuqadan berib boriladi. Mum kuyasi qurtlarini shisha bankalarda oziqlantirish 10-12 kun davom etadi va shundan so‘ng maxsus tovalarga (vanna, plasmassali tog‘ora) ularning xajmiga qarab,15000-20000 taga yaqin qurtlar solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |