Mavzu: Brakonni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi Biolaboratoriyada brakon ko‘paytirish va uni ishlatish
Download 270.21 Kb.
|
Brakonni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi
Brakon ko‘paytirish va tarqatish.Ichiga burmali (garmoshka) qog‘oz solingan 3 litrli shisha bankaga 300 taga yaqin katta yoshdagi mum kuyasi qurtlari joylashtiriladi. To‘rt-besh soat davomida qurtlar burmali qohoz (garmoshka) ariqchalari bo‘ylab joylashadi va u erda yupqa pupariya (pilla) o‘ray boshlaydi. Pupariyaga o‘tmagan qurtlar yig‘ib olinadi va qayta ko‘paytirish uchun foydalaniladi. Otalangan urg‘ochi brakon 1:2 nisbatda qurtlarni zararlash uchun qo‘yiladi. Brakonlar, katta mum kuyasi qurtini shol qilib bo‘lgandan 2-3 soatdan keyin, uning tanasiga tuxum qo‘ya boshlaydi. Mum kuyasi qurtiga qo‘yilgan tuxumlardan chiqqan brakon lichinkalari qurt tanasining ichki borlig‘i bilan oziqlanib, sharoitga bog‘liq xolda 9-13 kunda dastlabki zararlangan qurtlardan brakonlar uchib chiqa boshlaydi. Zararlash uchun foydalanilgan brakonlar 4 kundan so‘ng takroriy foydalanish uchun yig‘ib olinadi. Mavsum davomida dalaga tarqatilayotgan brakonlarni (10-15 tadan) tunlam qurtlarini qancha miqdorda zararlashi tekshirib boriladi. Bankalardan uchib chiqqan brakonlar alohida tay1yorlangan ekranga uchirib u erdan bankalarga yoki probirkalarga kerakli miqdorda yig‘ib olinar edi. Bu ishlarni bajarish uchun 2 ishchi kuni sarf etar edi. Hozirga kelib bu ishlarni iengillashtirish maqsadida shisha bankadagi pillaga aylangan brakonlarni 30-35 foizi uchib chiqqanda dalaga chiqarish vaqtida boshqa idishga burmali qog‘oz joylashtiriladi va xonada qoldiriladi. Bu holat brakonlarni to‘liq uchib chiqqunga qadar davom etadi. Brakonni ko‘paytirish ishlarini yanada mukammalashtirish bo‘yicha olib borilgan tajribalardan ma'lum bo‘lishicha, shisha bankalardan foydalanish davomida polietilen (baklashka) materialidan tayyorlanuvchi bankalarga nisbatan uning sinuvchanligi, issiq va sovuqni o‘zkazuvchanligi va vazni birnecha barobar og‘ir ekanligini hisobga olib kelajakda brakonni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish va boshqa turdagi ya'ni oltinko‘z va trixogrammani dalaga olib chiqib zararkunandalarga qarshi foydalanish haqida tavsiya etildi. Brakonni dalaga faqat etuk zotlari chiqariladi. Dalaga chiqarishdan oldin 100 tup (g‘o‘za, pomidor yoki makkajo‘xori va boshqalar)o‘simlikdagi g‘o‘za tunlami qurtlarining soni 2-3 taga etganda, dastlab brakon o‘ljaga nisbati 1:10 da, 3-4 ta qurt bo‘lganda 1:5 nisbatda, dastlabki tarqatilgan muddatdan 5-6 kun o‘tgach ikkinchi marta chiqariladi. Uchinchi marta tarqatilishi ham shu holatda takrorlanib boriladi. Ularni tarqatish oralig‘i 20x20mni tashkil etadi. Brakonlarni kechki va ertalabki paytda quyosh tomonga qaratib uchirish zarur. Download 270.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling