Mavzu: Brakonni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi Biolaboratoriyada brakon ko‘paytirish va uni ishlatish


Katta mum kuyasi qurtini ko‘paytirish v saqlash


Download 270.21 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi270.21 Kb.
#234569
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Brakonni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi

Katta mum kuyasi qurtini ko‘paytirish v saqlash.



Katta mum kuyasi sun'iy ozuqasini tayyorlash.
Onalik mahsuloti etishtirilgandan so‘ng qurtlar vanna va boshqa idishlarga olinadi. Ularga har kuni 01 raqamli ozuqadan o‘rtacha 200- 300grammdan berib boriladi. Qurtlarni parvarish qilishda olma qoqi yaxshilab quritiladi va maydalanadi. Merva va olma qoqi qaynoq suvda qaynatilgandan so‘ng, uning suviga makaron va makka uni margarin bilan aralashtirib xamir qilinadi va keyinchalik quritilib maydalanadi va alohida qurtlarni oziqlantirish uchun foydalaniladi. Qurtlar amalda uch xil ozuqa turida ko‘paytiriladi.

Har bir ozuqa tuzilgan ish rejasi bo‘yicha tayyorlanib boriladi. Katta mum kuyasi 1 ta qurtining to‘liq rivojlanishi uchun 1,242 g ozuqa kerak. Ammo laboratoriyada ular 5 yoshidan brakonni ko‘paytirish uchun olinishi bois, ozuqa sarfi 780-800 mg ni tashkil etadi. 1-jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan har uchala ozuqa avtoklavda 2 atmosfera bosimda 40-45 daqiqa davomida sterillanadi, yoki maxsus pechlarda tayyorlanadi.

Vannalarda katta yoshdagi qurtlar terib olingandan so‘ng, qolgan qurtlarga ozuqa kerakli miqdorda berib boriladi. Faqat matoga chiqqan qurtlargina terib olinadi. Katta mum kuyasi tuxumining 1 gramm vazndagi miqdori 29200 donani tashkil etadi. Lekin oddiy sharoitda parvarish qilinganda bu miqdor sezilarli darajada o‘zgarib borishi amalda aniqlangan. YA'ni 13500- 14800 tagacha tuxum olish mumkin.

Katta mum kuyasi qurtlarni ko‘paytirish davrida ozuqa turlarini kam bo‘lishi yoki to‘liq sterillanmasligi, qurtlarning och qolishi va zich joylashishi hisobiga ular o‘z yoshiga yarasha tanasida kerakli miqdorda ozuqa yig‘a olmaydi, natijada brakon bilan zararlanishi kamayadi hamda qurtlar har xil kasallikka chalinadi.

Vannadagi yoki boshqa idishlardagi ovqat qalinligi (7-8 sm) me'yoridan ortib ketishi hisobiga ozuqalar qiziydi va yaroqsiz holatga keladi. Buning uchun har kuni berilayotgan ovqat me'yordan ortmasligi kerak. Idishlarda qurtlar bo‘lgan ozuqalar qo‘l va boshqa narsalar bilan titilmaydi. Bu esa qurtlarning kasallanishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun vannalardagi qurtlarni terish tamomlangandan keyin ozuqa qatlami titib chiqiladi.

Idishlardagi kasallangan va nobud bo‘lgan qurt va g‘umbaklarni darhol yig‘ishtirib olish va maxsus joylarda kuydirish kerak bo‘ladi, bu esa qurtlarni ommaviy nobud bo‘lishini kamaytiradi. Aksincha, kasallangan qurtlardan brakonni ko‘paytirish uchun foydalanilganda 25-30% gacha qurtlarni zararlanishi kamayadi. CHunki brakon kasallangan va sog‘lom qurtlarni farqlay oladi.

Ko‘pgina laboratoriyalarda o‘rta yoshdagi qurtlardan kapalak olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri burmali (garmoshka) solingan shisha bankalarga solib qo‘yiladi, bu holatda to‘liq oziqlanmagan qurtlardan mayda kapalaklar uchib chiqadi va tuxum qo‘yishi 20-30% gacha kamayadi.

Katta mum kuyasini oziqlanishi davomida ozuqani har kuni mumkin qadar asal sharbatidan va qo‘shimcha ravishda qaynatilgan soyani ezilgan holda alohida berib borish yaxshi samara beradi.



Download 270.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling