Mavzu: Buddaviylik dinining paydo bõlish tarixi, asosiy talimotlari, oqimlari va manbalari


Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylikda muqaddas matnlar


Download 3.45 Mb.
bet2/3
Sana11.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1766803
1   2   3
Bog'liq
Buddaviylik dinining paydo bõlish tarixi, asosiy talimotlari, oqimlari va manbalari

2. Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylikda muqaddas matnlar

  • 2. Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylikda muqaddas matnlar
  • Buddaviylikning muqaddas manbasi «Tripitaka» (sanskritcha «Uch savat donolik») uchta katta bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim – «Vinaya-pitaka» (sanskritcha – «Axloqiy me’yorlar kitobi») buddaviylar jamoasi «sangxa» tarkibiga kirish tartibi, rohiblarning xulq-atvori hamda diniy ko‘rsatmalarga rioya qilish qonun-qoidalari va unga amal qilinmagan taqdirda beriladigan jazolar tavsifini o‘z ichiga oladi.
  • Ikkinchi bo‘lim – «Sutta-pitaka» (sanskritcha – «Duolar kitobi») hajm jihatdan eng kattasi hisoblanadi. Unda, asosan, «to‘rt asl haqiqat» haqida so‘z yuritiladi.
  • Budda ta’limoti shogirdlari tilidan masal, suhbat, nasihat, afsona, hikmatli so‘z, dostonlar shaklida bayon etilgan. Shuningdek, ushbu bo‘limda Budda jamoasi («sangxa»)ning tuzilishi va uning shogirdlariga oid ma’lumotlar ham keltiriladi.
  • Uchinchi bo‘lim – «Abxidxarma-pitaka» (sanskritcha – «Diniy-falsafiy masalalar kitobi»)da diniy ta’limotning asosiy qoidalari ifodalanib, buddaviylik amaliyotining falsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan. Matn yozilish uslubi va tili murakkabligi uchun buddaviy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta’lim olish yo‘li bilan o‘zlashtirganlar.

«Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarishlar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.

  • «Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarishlar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.
  • «Tipitaka»ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan bo‘lsa ham, vaqt o‘tib asl matnlar yo‘qolib ketgani uchun faqat tibet, xitoy va yapon tillariga tarjima qilingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan «veda» (sanskritcha – muqaddas bilim) va brahmanlik falsafiy qarashlaridan xoli bo‘lgan buddaviylik manbalari, o‘zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy xalqqa tushunarli bo‘lgan. Masalan, «mahayana» aynan shu xususiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga yoyilishini ta’minlay olgan. Milodning birinchi asridan boshlab buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya Shri-Lanka, Birma, Tayland, Vetnam, Kambodja, Laos sarhadlarigacha yetib borgan.
  • «Nirvana» san skrit cha — «so‘lish», «o‘chish», «rupaloka» san skritcha — «jannat», «kamaloka» sanskritcha — «do‘zax», «eng quyi olam»dir. «Tripitaka» sanskritcha — «Uch savat donolik» demakdir.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling