Mavzu: Buddaviylik dinining paydo bõlish tarixi, asosiy talimotlari, oqimlari va manbalari


Download 3.45 Mb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1766803
1   2   3
Bog'liq
Buddaviylik dinining paydo bõlish tarixi, asosiy talimotlari, oqimlari va manbalari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Budda

Buddaviylik yo‘nalishlari

  • Buddaviylik yo‘nalishlari
  • Xinayana (sanskritcha — kichik arava) yo‘nalishi an’anaviy qarashlarga rioya qilishi bilan birga Budda ta’limotiga qat’iy mantiqiy izchillik berishga intildi.
  • Rivoyat qilinishicha, Budda vafotidan so‘ng uning jasadi olovda kuydirilgan. Buddaning shogirdlaridan biri o‘sha joydan Buddaning tishini topib olgan va bu tish ibodatxonada saqlangan. «Buddaning tishi» ibodatxonaning yer ostida, kumushdan yasalgan qo‘ng‘iroq ichida oltin idishlarda saqlanadi.
  • Buddaviylikning ilk yo‘nalishlaridan biri, najot topishning tor yo‘li xinayana miloddan avvalgi I asrda shakl- langan bo‘lib, uning asosiy qoidalari «Tiripitaka»da bayon qilingan.

Budda

  • Budda
  • Xinayanada «Budda tishiga sig‘inish», muqaddas, joylarni ziyorat qilish kabi dabdabali marosimlar pay- do bo‘lgan. Buddaviylarning muqaddas joyi Shri Lanka bo‘lib, bu yerga turli mamlakatlardan bu dinga e’tiqod qiluvchilar tashrif buyuradilar. Shri Lankaning avval- gi poytaxti bo‘lgan Kandi shahrida dunyoga mashhur «Buddaning tishi» ibodatxonasi joylashgan.
  • Mahayana (sanskritcha — katta g‘ildirak) yo‘nalishi Budda ta’limotining barcha tomonlarini isloh qildi.
  • Buddaga ilohiylik tusini berib, diniy marosim va ibodatlarni joriy etdi. Ushbu yo‘nalishlarning mahalliy qad riyatlar va boshqa dinlar bilan aralashuvi lamaizm, vajrayana, dzen (chan) buddizm, tyantay, dxiana kabi yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Dzen buddizm V–VI asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi maktablardan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bodxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha – meditatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qilish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki, unda nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qilishga alohida e’tibor berilgan.

  • Dzen buddizm V–VI asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi maktablardan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bodxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha – meditatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qilish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki, unda nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qilishga alohida e’tibor berilgan.
  • Dzen buddistlar jismoniy mehnat qilish, san’at turi bilan shug‘ullanishga katta ahamiyat beradilar. Dzen buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida e’tibor beriladi.
  • Lamaizm (tibetcha — eng ulug‘) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan.
  • «Kang‘yur» va «Teng‘yur»da bayon qilingan barcha qonun-qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi.
  • Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda adolat o‘rnatishiga ishonch lamaizm ta’limotida muhim o‘rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunish, ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o‘tkazish, muqaddas kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish lamaizmda ham og‘ir gunoh sanaladi.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling