Mavzu: Buddizm. Reja
Download 25.82 Kb.
|
Buddizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buddizm yoki Buddaviylik
Mavzu: Buddizm. Reja: 1.Buddaviylik dini. 2. Buddizm tarixi ba asoschisining tarixi. 3. Buddizm ta’limoti. Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Buddizm. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, Buddizmga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizmda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi. Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddizmda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddizm taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan Buddizm txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddizm — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir. Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. Buddizm Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida Buddizm txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddizmga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddizm jamoalari tashkil topdi. Buddizmning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud. Buddizmda kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar. 20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddizm dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan. Oʻzbekistonda bitta Buddizm jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatadi. Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik. Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling