Mavzu: Buddizm. Reja
Download 25.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqBuddizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Meditatsiya.
- 3. Donishmandlik
1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):
qotillikdan saqlanish; oʻgʻrilikdan saqlanish; gumrohlikdan saqlanish; yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish; mast qiluvchi narsalardan saqlanish. 2. Meditatsiya. toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish; toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish; oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik; toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish; toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish; toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish; toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish; toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish. 3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat. Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi. Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling