Mavzu: budjet tashkilotlarida ichki auditning xorij tajribasi


Download 109.28 Kb.
bet4/8
Sana04.04.2023
Hajmi109.28 Kb.
#1324656
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs iushi jasuir

Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashtirish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda budjet hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.
1.2 Budjet tashkilotlarida ichki auditning me’yoriy huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining IX bo‘limi “Budjet tizimi budjetlarining ijrosini nazorat qilish”da Davlat moliyaviy nazorati, uning prinsiplari, shakllari, turlari va usullari hamda davlat moliyaviy nazorati organlari shuningdek, davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishi holatlari to‘liq yoritib berilgan .
Budjet kodeksida Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazoratiga oid vazifalari keltirib o‘tilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Budjet hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, budjet hisobi sub’yektining rahbariga tashkilot yoki korxonadagi hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini, ichki nazorat tartibini, budjet hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini, hisob hujjatlarining but saqlanishini, moliyaviy hisobotning tayyorlanishini, soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shartligi belgilangan .
Bundan keyingi ichki audit uchun eng muhim qadam hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.08.2017 yildagi PQ-3231-son “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bo‘ldi . Bu qaror budjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatini tashkil qilinishiga asos bo‘ldi va bu tizimning yaratilishiga eng asosiy turtki bo‘ldi, desak adashmaymiz.
Keyingi sohaga oid qonun osti hujjatlaridan yana biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.08.2017 yildagi PF-5147-son «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ilova sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish asoslari belgilandi .
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ining ilovasidagi “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da budjet tashkiloti rahbarining tashkilotda budjet hisobini tashkil qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, budjet hujjatlarining saqlanishini ta’minlanishi shartligi belgilangan. Shuningdek, tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari, budjet xizmatining rahbarlari o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda budjet hisobining yuritilishini va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari ko‘rsatilgan .
Qonunchilik tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi paytda ichki audit va moliyaviy nazoratni shakllantirishning normativ-huquqiy muammolari to‘liqligicha o‘rganilmagan, shuningdek ichki boshqaruvni shakllantirish muammolarini yechimini topish va tadbirlar va amaliyotlarning ro‘yxatini aniqlab olish talab etiladi.
Jumladan, birinchi navbatda budjet jarayonining ichki va tashqi moliyaviy nazoratning funksiya va vazifalarining aniq farqlarini belgilab beruvchi «Moliyaviy nazorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish kerak.
Bundan tashqari, davlat moliyaviy nazorati va ichki audit funksiyalari o‘rtasidagi farqlarni aniq belgilab olish uchun O‘zbekiston Respublikasi «Budjet tashkilotlarida ichki audit xizmati to‘g‘risida»gi qonunini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining moliyaviy nazorat va budjet qonunchiligiga tegishli moddalariga ichki audit xizmati faoliyati bilan bog‘liq o‘zgartirishlarni kiritish zarur.
Ichki audit xizmati faoliyatining normativ-huquqiy asoslarini tashkil qilish bilan bog‘liq muammolari chuqur izlanishlar va xalqaro tajriba asosida bartaraf etilishi kerak. Ichki audit xizmati faoliyatining normativ-huquqiy muammolaridan tashqari uning faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish borasida ham juda ko‘p muammolarga duch kelamiz. Jumladan, bugungi kunda ichki auditorlar mustaqilligini ta’minlanmaganligi va ular ish sifatini oshiruvchi yetarli darajadagi muhit yaratib berilmaganligidir.
Ichki audit xizmati xodimlarining huquqlari:
-tashkilotlar, shuningdek markazlashtirilgan moliya-budjet xizmatlari rahbarlaridan ichki audit ob’ektlari ro‘yxatini shakllantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hujjatlar (oldingi o‘tkazilgan tekshirish yoki o‘rganish materiallari), ma’lumotlar, shu jumladan elektron shaklda, og‘zaki va yozma tushuntirishlar so‘rash va olish;
-ichki audit ob’ektlarining elektron ma’lumotlar bazasi va axborot resurslaridan o‘zgartirish kiritish huquqisiz foydalanish;
-o‘z vakolati doirasida ichki audit ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslaridan ichki audit tekshiruvini o‘tkazishda yuzaga kelayotgan savollar bo‘yicha tushuntirish olish hamda tekshiruv natijalari bo‘yicha hujjatlarni imzolashni so‘rash va olish;
-vazirlik va idoralar rahbarlari ruxsati bilan davlat moliyaviy nazorat organlari bilan ma’lumot almashish;
-ichki audit tekshiruvini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;
-tashkilotlarda xarajatlarini rejalashtirish, mablag‘lardan samarali foydalanish, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda ularni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim qilish.



Download 109.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling