Mavzu: budjet tashkilotlarida ichki auditning xorij tajribasi
-jadval Ichki auditning xalqaro standartlari
Download 109.28 Kb.
|
kurs iushi jasuir
1-jadval
Ichki auditning xalqaro standartlari
Professional amaliyotning Xalqaro asoslari bugungi kunga kelib 7 ta asosiy tarkibiy bo‘limdan iborat bo‘lib, standartlar-ushbu bo‘limlarning eng asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Professional amaliyotning Xalqaro asoslariga tegishli bo‘lgan boshqa bo‘limlarda ichki auditning asosiy vazifasi, mazmuni, prinsiplari, axloq kodeksi, standartlarni qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma keltirilgan. Ta'kidlash joizki, qo‘llanma har bir standartni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha hujjat bo‘lib, standartlardan ham ancha batafsil yoritilgan, keng hajmga ega va u deyarli 200 betdan tashkil topgan. Ya'ni har bir standart-qoida bo‘lsa, qo‘llanma – standartning izohidir. Shuningdek, yana bir hujjatlar to‘plami – Qo‘shimcha qo‘llanmalar ham mavjud bo‘lib, ushbu to‘plam qanday qilib standartlar talablarini amaliyotda amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida katta hajmli metodik hujjatlardan iborat. Qo‘shimcha qo‘llanmalar amaliyotda qo‘llash uchun majburiy hisoblanmasada, ichki auditorlarga ularni bilish va zaruriyat tug‘ilgan holatlarda amaliyotda qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘shimcha qo‘llanmalarda u yoki bu auditorlik vazifalarni bajarish va ichki audit ishini tashkil etishning yetakchi, ilg‘or amaliyoti aks ettirilgan. Quyidagi rasmda ichki audit professional amaliyotining asosiy prinsiplari keltirilgan. Bundan tashqari ichki audit axloq kodeksi ham qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra ichki auditorlar o‘z faoliyati davomida haqqoniylik, ob'ektivlik, professional kompetentlik va sir saqlash majburiyati kabi axloqiy me'yorlarga asoslangan holda ish yuritishi kerak. Ichki audit professional amaliyotining xalqaro standartlari yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, professional amaliyot xalqaro asoslarining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular ichki auditni o‘tkazish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Standartlar tarkibi sifat tavsiflari standartlari va faoliyat standartlaridan iborat. Shungingdek, standartlarda mazmuni glossariyda izoh berilgan atamalar ham keltirilgan. Quyidagi jadvalda ichki auditning xalqaro professional standartlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Download 109.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling