Mavzu: Bug‘ mashinalari. Karno sikli


Mavzu:O’ta o’tkazuvchanlik


Download 1.88 Mb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1413190
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

Mavzu:O’ta o’tkazuvchanlik


Oʻta oʻtkazuvchanlik — oʻtkazgichlar temperaturasi kritik temperaturadan pasayganda ularning elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasayishi xossasi
Oʻtkazuvchanlik 1) elektr oʻt k a z u v ch a n l i k — jismning elektr maydoni taʼsirida elektr tokini oʻtkazish xususiyati. Oʻlchov birligi 1/Om. Elektr tokini oʻtkazadygan jismlar oʻtkazgichlar deyiladi. Ularda hamisha erkin zaryadlar — elektronlar, ionlar mavjud boʻladi. Ularning tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi. Koʻpgina oʻtkazgich (metall, yarimoʻtkazgich, plazma)larning elektr Oʻ.gi elektronlarning harakatiga asoslangan. Uz. 1 m va koʻndalang kesim yuzi 1 mm2boʻlgan oʻtkazgichning qarshiligi metallarning solishtirma elektr oʻtkazuvchanligi deyiladi. Metallning issiqlik Oʻ.gi bilan elektr Oʻ.gi orasida toʻgʻri mutanosib (proporsional) bogʻlanish mavjud, yaʼni uncha past boʻlmagan trada sof metallar uchun elektr Oʻ. koeffitsiyentining issiklik Oʻ. koeffitsiyentiga nisbati oʻzgarmas kattalikdir.
Yarimoʻtkazgichlarda elektron va kovak Oʻ. mavjud. Erkin elektronlar tufayli hosil boʻladigan Oʻ.ga elektron Oʻ., koʻchgan elektronning boʻsh qolgan oʻrni kovak, kovaklar siljishi esa kovak Oʻ., deyiladi. Kovak musbat zaryadli. Kovaklar harakatining yoʻnalishi elektronlar harakatiga qarama-qarshidir. temperatura qoʻtarilishi bilan metallarda elektr Oʻ. kamayadi, elektrolit va yarimoʻtkazgichlarda esa koʻpayadi. Oʻtkazgichlar temperaturasi maʼlum kritik temperatura (Tk) dan pasayganida ularning elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasayish xossasi oʻta oʻkazuvchanlik deyiladi. Oʻtkazgichlarning normal holatdan oʻta Oʻ. holatiga oʻtish chegarasi bilan bogʻliq boʻlgan sirt energiyaga ega. Bu energiyaning musbat yoki manfiy boʻlishiga qarab, oʻta oʻtkazgichlar 1 va 2turga boʻlinadi. Niobiy, vanadiy va texnitsiy kabi metallar 2tur, qolgan metallar 1tur oʻta oʻtkazgichlarga kiradi; 2) issiqlik oʻtkazuvchanlik — temperatura taʼsirida modda zarralarining issiqlik harakati tufayli issiqtikning uzatilishi. Suyuqlik issiqlikni metallga nisbatan yomon, gazga nisbatan esa yaxshiroq oʻtkazadi. temperatura orta borishi bilan metall va gazlarning issiqlik Oʻ.gi orta boradi, suyuqliklarniki esa kamaya boradi. Ichki va tashqi issiqlik Oʻ.gi mavjud. Agar vaqt oʻtishi bilan temperatura oʻzgarmasa, ichki issiqlik Oʻ. roʻy beradi, tashqi Oʻ esa ikki muhit — metall va gaz oqimi, metall va suyuklik oqimi chegarasida roʻy beradi. Oʻ.dan hisoblash va oʻlchash texnikasida hamda boshqa qurilmalarda foydalaniladi.
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling