Mavzu: Bugʻalterya hisobining shakllari
Memorial-orderning tartib raqami
Download 104.11 Kb.
|
Bugʻalterya hisobining shakllari
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq yillardan beri ishlatilishiga sabab, uning oddiyligidir. U kichik va o‘rta biznes korxonalarida, ko‘proq bir turli xo‘jalik operatsiyalari bajariladigan tarmoqlarda ishlatilmoqda, chunki bu tarmoqlarda analitik schotlarning kamroq ishlatilishi, sintetik schotlardan foydalanishda ularning soni 25—30 tadan oshmasligidir.
Bosh daftarda operatsiyalar shaxmat usulida yoziladi, shuning uchun yuqorida aytib o‘tganimizdek, buxgalteriya hisobining bu shakli shaxmat shakli deb yuritiladi. Asosan, kartochkalar xo‘jalik mablag‘larining butunligini to‘la ta’minlash ustidan joriy nazorat shaklida olib borishda alohida e’tiborga egadir. Analitik hisoblar bo‘yicha oy oxiriga tuzilgan oborot vedomostlari tegishli sintetik hisoblar yakuni bilan taqqoslab boriladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar jamlash va guruhlash vedomostlarida (jurnal-order) va yordamchi vedomostlarida olib boriladi. Buxgalteriyaga topshirilgan boshlang‘ich hujjatlar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, birdaniga jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir vaqtda xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarda aks ettirish zarurati tug‘ilmaydi. Download 104.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling