O‘zbekiston sug‘oriladigan yerlarida kuzgi bug‘doy ekin maydonlarining o‘sishi
(G‘. G‘aybullayev.2015.)
1-rasm.
G‘allachilikni rivojlantirish, ekin maydonlarini kengaytirish, hosildorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, turli tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda yangi navlarni joriy etish, agrotexnologiyalarni qo‘llash o‘z navbatida bug‘doydan yuqori va barqaror don hosilini yetishtirishga imkon bermoqda.
Agar 1991 yilda mamlakatimizda jami 940 ming tonna g‘alla yetishtirilib, hosildorlik 17 s/ga ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2012 yilga kelib, ishlab chiqarilgan don mahsulotlarining umumiy hajmi qariyb 8 barobar, hosildorlik esa 3 karraga oshdi.
Respublikada 1991 yilda atigi 221 ming gektar suvli maydonda boshoqli don ekilib, har bir gektardan 21 s dan, jami 450 ming tonna don yetishtirilgan bo‘lsa, 2012 yilga kelib ekin maydoni 1160 ming gektarga yetdi, hosildorlik 52 s/ga dan, jami yalpi hosil 7170,0 ming tonnadan oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |