Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


 Xorijdan olib kelish uchun tavsiya etiladigan qо‘y zotlari


Download 310.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana17.06.2023
Hajmi310.83 Kb.
#1535509
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi kesta

2.3. Xorijdan olib kelish uchun tavsiya etiladigan qо‘y zotlari 
Shimoliy Kavkaz, Kuybishev, Uzun junli rus zotlarini hamda gо‘shtdor-dumbali 
zotlardan “Edilbay”, “Qalmiq” zotlarini olib kelishni tavsiya etamiz. Mayin jun beruvchi 
(“Merinos”) qо‘y zotlariSovet merinos qо‘y zoti mayin junli jundor-gо‘shtdor qо‘y 
zotlari guruhiga kiradi. Bu zot qо‘ylari 1926-1951 yillarda kо‘p zotlarni о‘zaro murakkab 
chatishtirish asosida Rossiyada yaratilgan. Bu zotli qо‘ylar о‘zining quyidagi о‘ziga xos 
xо‘jalik foydali belgilari bilan boshqa qо‘y zotlaridan ajralib turadi. Naslli 
qо‘chqorlarining tirik vazni 100-110 kg, sovliqlari 50-55 kg, qо‘chqorlarning jun qirqimi 
14-16 kg, sovliqlariniki 5,5-6,0 kg, junining uzunligi shunga mos ravishda 9,0-10 sm, 
ingichkaligi 21-27 mkm, sifati 64-70, yuvilgan junning chiqimi 52-55 foizdir. Sovet 
merinos zotli qо‘ylar Stavropol о‘lkasi, Volgograd, Rostov oblastlarida hamda 
Dog‘iston, Kalmikiyada keng urchitib kо‘paytirilmoqda. 
Volgograd merinos zotli qо‘ylar 1932-1978 yillarda Rossiyada yaratilgan. Bu zot qо‘ylar 
о‘zining gо‘sht tuzilish xili bilan ajralib turadi. Yag‘rini, beli, orqa qismi, sag‘risi keng, 
kо‘krak qafasi chuqur, kengligi, tanasi uzun va dumaloq mutanosib rivojlanganligi bilan 
tavsiflanadi. Qо‘ylar asosan shoxsiz, juni boshi bilan aylanib kо‘zigacha va sakrash 
bо‘g‘inigacha tushib turadi. Qо‘chqorlarning jun qirqimi 12-14 kg, sovliqlarniki
5,0-6,0 kg, jun uzunligi 8,0-9,0 sm, ingichkaligi 20,6-25,0 mkm, 60-64 sifatga ega bо‘lib, 
yuvilganda jun chiqimi 48-50 foizni tashkil etadi.
Qо‘zilarning 5 oyda tirik vazni 33-35 kg, 8 oyda 37-40 kg, 1,5 yoshda 50 kg, 
qо‘chqorlarniki 110-120 kg, sovliqlarniki 58-63 kg, sovliqlarning pushtdorligi yuqori - 
130-160 foizni tashkil etadi. Volgograd zotli qо‘ylar chо‘l hududlarining keskin 
(kontenental) о‘zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashgan zotdir. Bu zot qо‘ylari 
Boshqirdistonda, Volgograd viloyatlarida urchitib kо‘paytirilmoqda.
Yarimmayin junli (korridel tipli) qо‘y zotlariShimoliy Kavkaz gо‘shtdor-serjun zotli 
qо‘ylar yarim mayin jun beruvchi qо‘y zotlari turkumiga kiradi. 1944-1960 yillarda 


38 
Rossiyaning Stavropol о‘lkasi “Vostok” naslchilik zavodida stavropol zotli merinos 
sovliqlarni linkoln zotli qо‘chqorlar bilan keyinchalik romni-marsh zotli qо‘chqorlar 
bilan chatishtirilish va maqbul tipga xos bо‘lgan duragaylarni “о‘z ichida” urchitish 
orqali paydo bо‘ldi. Bu zot qо‘ylarning tusi oq, krossbred junli, juni kо‘zigacha tushib 
turadi, tanasi mutanosib rivojlangan, konstitusiyasi mustahkam, muskullar bilan 
tо‘lishgan, tanasi uzun, kо‘kragi chukur, keng va yaxshi darajada gо‘shtdorlikka ega.
Zot о‘ziga xos biologik va mahsuldorlik xususiyatlariga ega. Bu zot qо‘ylari yil bо‘yi 
yaylovda boqish sharoitlariga juda yaxshi moslashgan, yaylovni isrof qilmay (yugurib 
о‘tlamasdan) asta-sekin bir chekkadan о‘tlaydi hamda yaylov о‘simliklarini yaxshi 
о‘zlashtiradi. Qishning qattiq sovug‘ida va yozning jazirama issig‘ida о‘zini yaxshi his 
qiladi, alohida asrash sharoitlariga talab chan emas. 
Yosh qо‘zilar tez о‘sib yetiluvchandir (kunlik 250-350 g vazn), gо‘sht sifati yaxshi
dumbasiz, yog‘ni teri ostida ya’ni tanasida tо‘plaganligidan marmarsimon gо‘sht beradi 
hamda gо‘shti bо‘sh, mazali, suvli, mayinligi bilan ajralib turadi.
Qо‘chqorlarining tirik vazni 110-115 kg, mahsuldorligi bо‘yicha rekordchi qо‘chqorlar 
150-170 kg, sovliqlari 55-60 kg, ayrimlari 65-75 kg tosh bosadi. Qо‘ylarning pushtdorlik 
xususiyatlari juda yuqori har 100 bosh tuqqan sovliqdan 120130 qо‘zi olinadi. 
Tug‘ilganda qо‘chqorchalar 4,5-5,0 kg, urg‘ochilari 4,0-4,5 kg tirik vaznga ega bо‘lib, 8 
oylik qо‘zilar sо‘yilganda gо‘sht (tо‘shi) nimtasi og‘irligi 18 kg, 1,5 yoshligida 22 kg, 
yetuk yoshdagilarniki 30 kg va undan yuqori bо‘ladi.Jun mahsuldorligi yuqori, 
qо‘chqorlarda qirqilgandan keyin jun miqdori 10,0-14,0 kg, sovliqlariniki 5,0-6,0 kg ni 
tashkil etadi va yuvilganda sof jun chiqimi 60-65 foizga teng, juni bir xil tekis, qalin, 
chо‘ziluvchanligi yaxshi, jun uzunligi 11-13 sm, ingichkaligi 27-37 mkm, 56-58 sifatga 
ega. Sovet gо‘shtdor-serjun zotli qо‘ylar (Kavkaz tipi) 1950-1985 yillarda Rossiyaning 
Qorachoy-Cherkesiya Respublikasida yaratilgan. Bu zotni yaratishda mayin junli 
sovliqlarni linkoln zotli naslli qо‘chqorlar bilan, ke yinchalik esa Shimoliy Kavkaz 
gо‘shtdor-serjun zotli naslli qо‘chqorlar bilan takror chatishtirish usulida (murakkab 
chatishtirish natijasida) yaratilgan. 
Qо‘ylar shoxsiz, tusi oq, burni va qulog‘ida uncha katta bо‘lmagan dog‘ kо‘zga 
tashlanadi. Qо‘ylar gо‘sht tipiga xosligi, mustahkam konstitusiyasi, bо‘yining 


39 
balandligi, boshi yuqoriga kо‘tarilganligi, kо‘krak qafasi kengligi, tanasi uzun va 
dumaloq mutanosib rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Juni bir xil tekis, inkichkaligi 50-
56 sifatga ega, jun uzunligi kamida 12 sm ni tashkil etadi, yaxshigina qalinlikda va 
chо‘zinchoqligi yuqori, rangi yaltiroq.Sovliqlarning tirik vazni 50-55 kg, qо‘chqorlarniki 
100 kg va undan yuqori. Juni qirqilganda mos ravishda 4,0-4,5 kg va 8,0-10 kg, yuvilgan 
junning chiqimi 60-65 foizdan yuqoridir. Sovet gо‘shtdor-serjun qо‘ylarning eng muhim 
о‘ziga xos xususiyatlaridan biri tog‘ va tog‘oldi yaylovlarda boqib asrash sharoitlariga 
moslashganligidir. Yilning bahoryoz-kuz davrlarida yaylov sharoitida boqilgan qо‘ylar 
о‘simliklarni yaxshi о‘zlashtira oladi va ozuqani mahsulot bilan yuqori darajada qoplash 
xususiyatiga egadir. so‘riladi. 
Ozuqalarni hazm qilish xususiyati bo‘yicha birinchi guruhga kiruvchi hayvonlar ayniqsa 
cho‘chqa va parrandalarning ovqat hazm qilish organlari hech qanday mikrobiologik 
jarayonlar kechmasligi ya’ni mikroorganizmlarning to‘liq qiymatli oqsil ya’ni o‘rin 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislatalar sintezlanmaganligi sababli ularning ozuqa 
ratsionida albatta to‘liq qiymatli oqsillar ularning tarkibiy qismi bo‘lgan, o‘rin 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar lizin, sistin, metionin, triptofan kabi shunga 
o‘xshash bir qancha aminokislotalar albatta beriladigan ozuqalar tarkibida bo‘lishini 
ta’minlash zarur. Shuning uchun cho‘chqa va parrandalarning ozuqa ratsionida o‘rin 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bo‘lishi nazorat qilinadi. Ushbu o‘rin 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar bilan doimiy ta’minlash maqsadida cho‘chqa 
va parrandalar ozuqa ratsionining 70 %, ayrim hollarda 85 % ni konsentrat ozuqalar va 
ularga aralashtirilgan hayvonot dunyosidan olinadigan ozuqalar tashkil qiladi. Ikkinchi 
guruhga kiruvchi qoramollar qo‘ylar va echkilar kavsh qaytaruvchi hayvonlar guruhiga 
kirganligi va ovqat hazm qilish organlari 4 kameradan iborat bo‘lganligi uchun ularning 
katta qornida istemol qilingan ozuqalar turli ta’sirotlarga (mexanik, kimyoviy va 
mikrobiologik) uchraydi va ushbu mikroorganizmlarning oqsili ushbu hayvonlar uchun 
to‘liq qiymatli oqsil vazifasini bajarganligi uchun ularning ozuqa ratsionida o‘rin 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar nazorat qilinmaydi va ratsionda konsentrat 
ya’ni kuchli ozuqalarning salmog‘i 30 foiz bo‘lishi ularning mahsulot yetishtirish uchun 
fiziologik holatini me’yor darajada (talab darajasida) saqlab turish uchun yetarli bo‘ladi. 


40 

Download 310.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling