Mavzu. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar. Reja


Download 170.85 Kb.
bet3/10
Sana13.04.2023
Hajmi170.85 Kb.
#1355134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi

Yangi dunyo «gigantlari»
1648 yilda Vestfaliya shartnomasi bilan poydevori qo‘yilgan zamonaviy milliy davlatlar hukmronlik qilgan xalqaro tizimda kun sayin o‘z ta’siri va qudratini oshirib borayotgan yangi bir kuch paydo bo‘ldi. Ushbu yangi kuch – texnologik yutuqlar natijasida katta aylanmalarni boshqaruvchi global texnologik kompaniyalardir.
10 yil oldin dunyodagi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatiga atigi ikkita texnologik kompaniya kirgan bo‘lsa, 2022 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu Top-10'talik ro‘yxatdan raqamli texnologiyalarga asoslangan to‘qqizta kompaniya o‘rin olgan.
Bugungi kunda ushbu kompaniyalarning tovar aylanmasi va daromadi xalqaro tizimdagi ko‘plab milliy davlatlarning iqtisodiy salohiyatidan ham oshib ketdi. AI’ning yanada rivojlanishi esa texnologik taraqqiyot ildiziga bog‘langan ushbu kompaniyalarning yanada qudratli bo‘lishiga va ijtimoiy tengsizlikning ortishiga olib kelishi mumkin.
Biror insonning ro‘yxatdan o‘tgan joyi haqidagi ma’lumot va Google qidiruv tarixi birlashganda, uning sog‘lig‘i, xarid qilish xulq-atvori va siyosiy imtiyozlari haqidagi juda ko‘plab batafsil axborotlar to‘plamiga ega bo‘lish mumkin. Bu esa ijtimoiy monitoring va kuzatishning eng katta ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bunday nazorat esa endi avvalgidek mehnat talab qilmaydi, chunki ommaviy profillash infratuzilmalari ham asosan algoritmga asoslangan. Bu esa avtomatlashtirishning ushbu tuzilmalarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan algoritmlar, dasturchilar va texnologiya kompaniyalarining davlatlar va xalqaro siyosiy institutlardan qisman mustaqil bo‘lgan yangi kuch manbasiga aylanib borishida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. 
Sun’iy intellektning davlatlardagi siyosiy jarayonlarga ta’siri
Zamonaviy davrda siyosiy nomzodlar saylovchilarning ishonchini qozonishda va ularning qo‘llab-quvvatloviga erishish uchun cheklangan miqdordagi vositalarga ega. Ammo keyingi davrda sun’iy intellekt yordamida bu vositalar misli ko‘rilmagan darajada oshishi mumkin.
Texnologiyalarning algoritmik baholashi parlamentda qaysi qonun loyihalari qabul qilinishi, saylovchilarni jalb qilish va muhim siyosiy masalalar haqida ko‘proq xabardor bo‘lishga yordam bera boshlaydi. Bu kabi foydalanish esa jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi, chunki sun’iy intellekt individual saylovchilarni manipulyatsiya qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Masalan, 2017 yilda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar va soxta xabarlarni tarqatish uchun siyosiy botlardan foydalanilgan. Botlar - bu ommaviy qo‘llab-quvvatlash illyuziyasini yaratish uchun bir tomonlama siyosiy xabarlarni agressiv ravishda tarqatish uchun dasturlashtirilgan avtonom tizimlar vazifasini o‘tagan. Ushbu jihatlarga urg‘u qaratgan ba’zi ekspertlar sun’iy intellektni “demokratiyani bug‘ib qo‘yuvchi” vosita sifatida ko‘rishmoqda.
AI demokratiyaga zarar yetkazadi va avtoritarizmni kuchaytiradi, degan qarashlar ko‘paygan bo‘lsa-da, bu ko‘proq nisbiy, bir tomonlama tushunchadir. AI insoniyat taraqqiyotidagi har qanday muayyan rejim turiga qarshi yoki unga xos mafkuraviy qarama-qarshiliklarni ifodalamaydigan neytral pozitsiyani ifodalovchi muhim faktor vazifasini bajarishi kerak.
AI «yopiq texnologiya» sifatida inson va mashinaning o‘zaro ta’sirida katta noxolislikni keltirib chiqaradi va ishtirok etishdan ko‘ra markazlashtirilgan boshqaruv tuzilmalarini mustahkamlaydi, degan qarashlar mavjud. O‘z navbatida sun’iy ong «elektron demokratiya» qaror topishida asosiy o‘rinni egallovchi omil sifatida ham ko‘riladi.
Mutaxassislar bir paytlar internet boshqaruvini «demokratik» va «avtoritar» domenlarga ajratgan. Bugungi kunda esa dunyo «texno-demokratiya» va «texno avtokratiyalar» o‘rtasida bo‘linishni o‘z boshidan kechirmoqda. Shu nuqtai nazardan AI'ga asoslangan texnologiyalarning taraqqiyoti sabab dunyo demokratik va avtoritar xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan milliy yoki mintaqaviy doiralarga bo‘linib bormoqda. Shu jihatdan, kelajakda sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol ravishda foydalanish demokratik davlatlarni yana demokratlashtirishi, avtoritar davlatlarni esa yanada avtoritarlashtirishi ehtimoli mavjud.

Download 170.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling