Mavzu: burchoqdoshlar oilasi


BURChOQDOShLAR OILASI (FABACEAE)


Download 165 Kb.
bet3/5
Sana06.02.2023
Hajmi165 Kb.
#1171864
1   2   3   4   5
Bog'liq
Assistent G.Suvonovaning ochiq darsi

BURChOQDOShLAR OILASI (FABACEAE)


Ishning maqsadi: Burchoqdoshlar oilasining vakillari morfologik tuzilishi bilan tanishish, va ularni aniqlash.


Topshiriqlar:

  1. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarni morfologik tasvirlash.

  2. Burchoqdoshlar r oilasiga mansub o’simliklarni vagetativ va generativ organlarini o’rganish hamda rasmini chizish.

  3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub morfologik tasvirlangan o’simliklarini aniqlash.



Materiallar: Beda (Medicago sativa), sebarga (Trifolium arvense) shambala (Trigonella), no’xat (Cicer), yantoq (Alhagi) o’simliklari yoki ulardan tayyorlangan gerbariyasi ham spirtda saqlangan gullari.


Umumiy tushuncha
Burchoqnomalar qabilasiga 18 mingga yaqin tur kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, bir yillik, ikki yillik hamda ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib yer sharining deyarli hamma hududida uchraydi. Bu qabila faqatgina bitta oilani ya’ni burchoqdosh­lar oilasini o’z ichiga oladi. Bu oilaning xarakterli belgilari quyidagilardan iboart:

  1. Burchoqdoshlar oilasi vakillarining ildizlarida havodagi erkin ozotni o’zlashtiruvchi tuganak bakteriyalari (Rizobium leguminosarum) simbioz holda yashaydi.

  2. Ko’pchilikning bargi patsimon yoki uch bargchali murakkab bo’ladi.

  3. Gultoji kapalaksimon tuzilishiga ega bo’lib, eng katta gul­tojbargini yelkan, ikkita yon tomondagisini eshkak va ikkita qo’shilgan gultojbargidan tashkil topgan ostidagini qayiqcha deyiladi. Qayiqchaning ichida 10 ta changchisi va bitta urug’chisi joylashadi. Ko’pincha changchisining to’qqiztasi birlashgan bittasi birlashmagan bo’ladi. Bunday androseyni ikki guruhli deyiladi. Ba’zida esa hamma chang­chilari erkin joylashadi buni esa ko’p guruhli va nihoyatda bir guruhli androsey ham bo’ladi, qaysikim unda hamma changchilari birlashgan bo’ladi.

  4. Mevasi dukkak mevadir. Bu oila 3 oilachaga:

  1. Sezalpindoshchalar (Caesolpionoideae);

  2. Mimozadoshchalar (Mimosoideae);

  3. Burchoqdoshchalar (Papilionoideae)ga bo’linadi.

S

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling