Mavzu: burchoqdoshlar oilasi
Download 165 Kb.
|
Assistent G.Suvonovaning ochiq darsi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash tartibi
1-расм. Нўхат. 1, 2-униб чиқиш ва гуллаш-мева ҳосил қилиш фазаларида;
3-поянинг қисми; 4-мева; 5-уруғ. hulardan bu qo’llanmada burchoqdoshlar oilachasining vakillari ustida ko’proq to’xtalib o’tamiz. Bu oilacha 12 ming tur va 400 turkumni o’z ichiga olib, ular asosan Shimoliy yarim sharning tropik iqlim sharoiti bo’lmagan qismlarida ko’p tarqalgan. Gullari oddiy shingil, soyabon va boshqa to’pgullarga birlashgan. Respublikamiz hududida oilaning 57 turkumiga oid 470 turi o’sadi. Bu oilaning vakillari uchun xarakterli bo’l-gan belgi gulining kapalaksimon tuzilishidir. Gul kosabargi beshta, birlashgan, aktinomorf va zigomorf bo’ladi. Gultojining tuzilishi yuqorida batafsil bayon etilgan. Bu oilachaning vakillarini aniqlashda mevasi-ning tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega. Mevalari ikki pallasi bilan ochiladigan ko’p urug’li (gorox, bokla), ko’p urug’-li sigmentlarga parchalanadigan hamda bir urug’li ochilmaydigan (esparset - Onobrychis) bo’ladi. Ishlash tartibi Vakil sifatida ekiladigan no’xat olinadi (1-rasm). Balandligi 30-90 sm gacha boradigan bir yillik o’t o’simlik. Ildizi o’q ildiz bo’lib, unda erkin azotni o’zlashtiruvchi tuganak bakteriyalari bo’ladi. Poyasi tik o’suvchi, shoxlangan, ko’ndalang kesimi – yumaloq-qovurg’ali bo’ladi. Barglari toq patsimon, murakkab, yonbargli bo’lib poyada ketma-ket o’rnashgan. Bargchalari uzunchoq yoki ellipssimon bo’lib, arrasimon qirrali bo’ladi. Gullari yakka-yakka joylashgan, ular zigomorf kapalaksimon shaklda bo’ladi. Gulqo’rg’oni murakkab, gulkosasi birlashgan beshta gulkosa bargidan, gultoji ikkita birlashgan uchta birlashmagan gultojibargidan va ikkita uchi bilan birlashgan qayiqchadan iborat. Gul toji oq rangda. Androseyi ikki guruhli ya’ni to’qqizta changchisi birlashgan, bittasi erkin joylashadi. Gineseyi bitta meva bargdan tashkil topgan, tugunchasi ustki bir uyali ko’pincha bitta urug’kurtakli bo’ladi. G ul formulasi: ♀ O Sa5So3+(2)A9+1G1 Mevasi dukkak, bo’lib ichida 1-2 ta urug’lari yetishadi. Yuqorida berilgan vazifaga binoan o’simlik qismlarini3ng rasmini chiziladi va o’simlikni aniqlashga o’tiladi. Xuddi shu asosda boshqa turlarni ham tasvirlab ularni aniqlang. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling