Mavzu: Butunjahon savdo tashkiloti doirasidagi standartlashtirish Reja
Qonun chiqaruvchilik metrologiyasining xalqaro standartlashtirilishi
Download 26.06 Kb.
|
metrologiya
Qonun chiqaruvchilik metrologiyasining xalqaro standartlashtirilishi
Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro tashkilot (QMXT) 1955 yilda tashkil etilgan. Uning roli o‘lchovlar va o‘lchov vositalari bo‘yicha ma’muriy va texnik reglamentlarni xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirishdan iborat. QMXTning asosiy vazifasi - xalqaro savdo va texnik almashinuvda o‘lchovlar uslublari va o‘lchovlarning nuqsonlarini baholash birligini belgilashga yordam beradigan xalqaro tavsiyalar va hujjatlarni ishlab chiqishdir. Quyidagilar QMXTning organlaridir: qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro konferensiya (QMXK), Prezident Kengashiga va rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha Kengashga ega Xalqaro qo‘mita, qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro byuro (QMXB), kotibiyat - pilotlar (KP) va kotibiyat - ma’ruzachilar (KM) deb ataladigan texnik ishchi guruhlari. Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha Xalqaro konferensiya har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi va QMXTning maqsadlari va vazifalari xususidagi qoidalarni belgilaydi, xalqaro tavsiyalarni tasdiqlaydi, QMXTning Konferensiyalar o‘rtasidagi byudjetini muhokama qiladi. QMXK - konferensiyaning ishchi organi, ikki yilda bir marta chaqiriladi, KP va KMning ish rejalarini ma’qullaydi. QMXB-konferensiyalarni tayyorlaydi va o‘tkazadi, O‘MXT kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, ish natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularning e’lon qilinishini tashkil etadi, boshqa tashkilotlar bilan aloqani ta’minlaydi. KP va KMQMXTning xalqaro tavsiyalar va hujjatlarni ishlab chiqishga doir texnik ishlarini yuritadi. QMXTning shtab-kvartirasi Parijda joylashgan. 1992-yil 13-martda MDX mamlakatlari standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha kelishilgan siyosat yuritish va standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha Davlatlararo kengashni (DK) tashkil qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni tuzdilar. Ushbu kengashning tashkil etilishi Xamdo‘stlik davlatlari milliy organlarining xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlaridagi salohiyatlari va resurslarini birlashtirishga imkon berdi. Xozirgi vaqtda MDXning davlatlararo standartlari fondi 19 300 tadan ortiq normativ hujjatni o‘z ichiga oladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida standartlashtirishning roli va ahamiyatining o‘sib borishi munosabati bilan faoliyatning texnik-iqtisodiy asoslanishi dolzarb bo‘lib qolayapti. Standartlashtirishning samaradorligini belgilash yangi texnika bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishidan iqtisodiy samarani belgilashning umumiy formulalariga asoslanadi. Odatda, iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitoblari mahsulotning hayotiy siklining hamma bosqichlarida yuritiladi. Download 26.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling