Mavzu: buxgalteriya balansi
Download 396.5 Kb.
|
buxgalteriya balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Satr k о di
- 2.4 Xojalik operasiyalarning buxgalteriya balansiga tasiri.
- III. Xulosa
- IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
BALANSDAN TASHQARI SCHETLARDA HISOBGA OLINADIGAN QIYMATLIKLARNING MAVJUDLIGI TO'GRISIDA MA'LUMOT
2.4 Xo'jalik operasiyalarning buxgalteriya balansiga ta'siri. Har kuni korxonada turli xildagi xo'jalik operasiyalari sodir bo'ladi va korxonaning faoliyati ushbu operasiyalardan tashkil topadi. Korxona omboriga materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi va sotilgan mahsulot uchun pul mablag'i olindi, yana xomashyo material sotib olindi, xodimlarga ish haqi to'landi, olingan foydadan soliq, yig'im va to'lovlar to'landi. Bu operasiyalar ishlab chiqarish siklini tashkil qilib doimo qaytarilib turadi. Har bir xo'jalik operasiyasi mulk tarkibi yoki uning tashkil topish manbai yoki bir vaqtning o'zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o'zgarishlarga olib keladi. Barcha xo'jalik operasiyalari buxgalteriya balansiga ta'sir ko'rsatadi va balansda to'rt xildagi o'zgarishga olib keladi. Hisobot davrining boshida korxona quyidagi (qisqartirilgan) balansga ega.
Birinchi o'zgarish. Balansning aktiv qismidagi moddalarda sodir bo'lib, xo'jalik operasiyasi natijasida bir modda ko'payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi o'zgarmaydi. Misol, ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schetidan kassaga 50000 so'm pul olib kelindi. Kassa scheti 50000 so'mga ko'payishi, hisob-kitob scheti esa 50000 so'mga kamayishini aks ettiriladi. Birinchi operasiyadan keyin balans quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
Ikkinchi o'zgarish. Balansning passiv qismidagi moddalarda sodir bo'lib, xo'jalik operasiyasi natijasida bir modda ko'payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi o'zgarmaydi. Misol, taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25000 so'm ustav kapitalini oshirishga yo'naltirildi. Taqsimlanmagan foyda scheti 25000 so'mga kamayishi, ustav kapitali scheti esa 25000 so'mga ko'payishini aks ettiriladi. Ikkinchi operasiyadan keyin balans quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
Uchinchi o'zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo'lib, xo'jalik operasiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda ko'payadi va balansning passiv qismidagi boshqa bir modda shu summaga ko'payadi, balansning umumiy summasi shu summaga ko'payadi. Misol, mol etkazib beruvchilardan 35000 so'mga xomashyo materiallar olindi. Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar scheti 35000 so'mga ko'paydi, passiv qismidagi mol etkazib beruvchilarga to'lanadigan schetlar ham 35000 so'mga ko'paydi. Uchinchi operasiyadan keyin balans quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi .
To'rtinchi o'zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo'lib, xo'jalik operasiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda kamayadi va balansning passiv qismidagi boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi shu summaga kamayadi. Misol, hisob-kitob schetidan mol etkazib beruvchilarga olingan xomashyo materiallar uchun 60000 so'm to'landi. Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob scheti 60000 so'mga kamaydi, passiv qismidagi mol etkazib beruvchilarga to'lanadigan schetlar ham 60000 so'mga kamaydi. To'rtinchi operasiyadan keyin balans quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
Yuqoridan aytib o'tilganlarda shunday xulosa qilish mumkinki, xo'jalik operasiyasi natijasida balansda yuz beradigan o'zgarishlar faqat mulk yoki uning tashkil topish manbalarini tarkibi va joylanishida o'zgarishlarga olib keladi, biroq uning tengligi buzilmaydi. III. Xulosa Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, xamma soxalarda uzgarishlar ro’y bermokda. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar, uning asosini tashkil etuvchi korxonalarda xam uzini tula aksini topmoqda. Barcha mamlakatlarda buxgalteriya xisobi birinchi navbatda balanslashtirish prinsipiga tayanadi. Ma'lumki, buxgalteriya balansi xisobni mustaqil yuritadigan xar bir xujalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir vaqtga bulgan moliyaviy axvolini pul ifodasida aks ettiradi. Keyingi paytlarda buxgalteriya xisobi va xisobot tizimida katta o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bunda ayniqsa 1992 yil bozor iqtisodiyoti xamda xalkaro talablarga javob beradigan xisob tizimini yaratishda muhim sana bulib qoldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi buxgalteriya xisobini takomillashtirishning asosiy xususiyati shundaki, davlat tomonidan xisob ishlarini tashkil kilishga doir xujjatlarda buxgalteriya ishlarini uyushtirishning asosiy uslubiy prinsiplari bilan birgalikda sub'ektga xisob yuritishda u yoki bu siyosatni, buxgalteriya xisobining shaklini, xisob axborotini ishlash texnologiyasini, buxgalteriya ishlarini tashkil kilish usullarini tanlash xuquqlari berilgan. Shu munosabat bilan keyingi yillarda vatanimizdagi xisob nazariyasi va amaliyotida sub'ektning xisob siyosati degan tushuncha paydo bulib, u zamonaviy sharoitdagi buxgalteriya xisobining rivojlanish yunalishini aks etttirgan Buxgalteriya xisobini yuritishning eng asosiy prinsipi bulgan balanslashtirish prinsipidan tashqari, 1996 yilning 30-avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya xisobi tug’risidagi qonunidir. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya xisobi tug’risida» gi qonuniga kura buxgalteriya xisobining tashkil qilinishi korxona, muassasa va tashkilotlarning raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharotida xar bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan xolda xisob siyosatini o’zi belgilaydi va sub'yektning raxbariyati yoki mulk egasining buyrug’iga muvofiq amalga oshriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv xisobini tashkil kilish va buxgalteriya xisobini
IV.Foydalanilgan adabiyotlar. 1. «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi» O'zbekiston Respublikasining qonuni. 30 avgust 1996 yil 2. «Auditorlik faoliyat to'g'risidagi» O'zbekiston Respublikasining qonuni. 26 may 2000 yil 3. O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksi». 4. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilishning konseptual asoslari 5. BHMS №1 – Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. AV №474 14 avgust 1998y 6. BHMS №15 – Buxgalteriya balansi. AV № 2004y 7. «Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlarning aylanishi to'g'risidagi» Nizom. AV №1297 14 yanvar 2004y 8. Gulyamova F.G. «Buxgalteriya hisobini mustaqil o'rganish uchun qo'llanma». T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2004y 9. Gulyamova F.G. «Uchetnaya politika predpriyatiya». T. «Mir ekonomiki i prava», 2004g 10. Zavalishina I.A. «Yangicha buxgalteriya hisobi». T. 2004y 11. Karimov va boshqalar. «Buxgalteriya hisobi», T. Sharq, 2004y 12. Ostanoqulov M. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», T. O'zbekiston, 1993y. 13. «Soliq va bojxona xabarlari» haftalik ro'znomasi 14. Nikitina V.M.,NikitinaD.A, «Teoriya buxgalterskogo uchyota» M.:Delo i servis 2002 15. Neselovskaya T.M.,Sheina T.N.,Brusensova V.I., «Teoriya buxgalterskogo uchyota: zadachi, situasii, testi»: M.: Finansы i statistika, 2004
16. Kuter M.I., «Teoriya buxgalterskogo uchyota» M.: Finansi i statistika, 2004 17. Podolskiy V.I., «Audit: Praktikum» 2003 M.:YuNITI-DANA 18. Kondrakov N.G., «Buxgalterskiy uchyot», M.: INFRA-M 2004 19. Babaeva Z.D.,Terexova V.A.,Sheina T.N., «Buxgalterskiy uchyot 2003»
20. Astaxov V.P. «Teoriya buxgalterskogo uchyota» M.:IKS MarT Rostov n/D 2004 21. Www.Ziyonet.uz 22.Www.norma.uz 23.Www.arxiv.uz Download 396.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling