Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me'yoriy huquqiy-asoslari Reja: Kirish


Download 55.11 Kb.
bet2/7
Sana24.06.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1653514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me\'yoriy huquqiy asoslari (2)

Birinchi daraja -qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja -asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchinchi daraja -turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar.
To'rtinchi daraja -hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari. Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me'yoriy boshqaruvining ana shu to'rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.
Ma'lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizirnini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o'z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablami belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo'jalik yurituvchi subyektlaming huquqi, burchi va mas'uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlami topshirish va chop etish bo'yicha qo'yiladigan talablami belgilab beradi. Qonundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkarnasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar. xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi harnda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom)) hamda buxgalteriya hisobining milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini isloh qilish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgar-tirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida munosib muomala tili bo'lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalami chuqur o'rganish va ulami mamlakatimiz arnaliyotida keng qo'llanish zarurligi sabab bo'layotir. Shu boisdan harn buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini arnalga kiritish zarurati. asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalami bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respyb-likasida hisobning o'ziga xos xususiyatlarini qo'llashdan iborat.
Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo‘llaniladigan usullar majmui tushuniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta’sir etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi; • ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
•bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
• moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;• korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mavjudligi;
• buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining tashabbuskorligi;
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak. 4



  1. Download 55.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling