Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me'yoriy huquqiy-asoslari Reja: Kirish


Download 55.11 Kb.
bet1/7
Sana24.06.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1653514
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me\'yoriy huquqiy asoslari (2)


Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me'yoriy huquqiy-asoslari
Reja:
Kirish

  1. “Buxgalteriya hisobi” tog’risidagi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati

  2. O'zbekistonda buxgalteriya hisobini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tartibi va uning elementlari

  3. Buxgalteriya hisobining yuritilish tartibi va uning vazifalari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan buxgalteriya hisobi tizimi ham isloh qilishni boshladi.
Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

  • ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqazo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.
Respublika buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi oldidagi eng muhim vazifalardan biri – bu buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish tartibini imkon qadar xalqaro talablar darajasiga muvofiqlashtirib borishdan iboratdir. Chunki, xohlaymizmi, yo’qmi biz jahon globallashuv jarayoni davrida yashamoqdamiz, o’z navbatida buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda “biznes tili” sifatida tan olingan.1
Men ushbu kurs ishimda shuni yoritib bermoqchimanki, respublikamizda buxgalteriyani tartibga solish bo’yicha chora – tadbirlar, qonun xujjatlar, farmoyishlar, buxgalteriya hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish bo’yicha ishlar, iqtisodiyotimizga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullarini yoritib beraman.


  1. Buxgalteriya hisobi” tog’risidagi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritil-gandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga mu-vofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimitamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiyelementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgal-teriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribginaqolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabulqila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyatihaqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohagaaylanadi. Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘libtalab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv for-masidir.
Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javob-garlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlariuchun «Buxgalteriya hisobi haqida »gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi.
Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari sohabo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari bux-galteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlariva hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaroamaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarishtizimini ko‘zda tutadi.
Birinchi daraja– qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriyahisobi haqida»gi qonun.
Ikkinchi daraja– asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liqshaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan.
Uchinchi daraja - mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar.2
To‘rtinchi daraja - hisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr etiladigan ichki ish hujjatlari va qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish.
Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobiningroli o‘zgardi. Agar avvallari hisobning maqsadi nazorat qilishvazifasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xalqaro milliy stan-dartlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning maqsadi undan foydalanuvchilarga to‘liqva ishonchli ma’lumot taqdim etishdir.
Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqoriboshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlariva mutaxassislari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardanegri foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, bank-lar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’min-lovchilar, boshqa kreditorlar.
3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egrifoydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, O‘zbe-kiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqar-masi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliyhokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar.
Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:

  • buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli vaharakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liqva ishonchli ma’lumotlarni tuzish;

  • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagima’lumotlarni umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqar-malari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylash-gan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalaribuxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv,majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat(chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalikoperatsiyalari bo‘ladi.
Hisob siyosati deganda xo‘jalik subyektlari rahbarlarining buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qo‘llagan usullarning yig‘indisi tushuniladi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagiasosiy tamoyillariga mos kelishi lozim:
- uzluksiz;
- xo‘jalik operatsiyalari, aktiv va passivlarning pullik bahosi;
-ishonchlilik; xqo‘shib yozish usullari;
-ko‘rsatkichlarni solishtirish (taqqoslash);xmoliyaviy hisobotning xolisligi;
-hisobot davri tushum va chiqimlarining mos kelishi;
- mulkiy ajratilganlik;
- aktiv va majburiyatlarning aniq bahosi;
-formadan mazmunning ustunligi;
-ratsionallik (muvofiqlik);
-qarama-qarshilikning yo‘qligi;
-aniqlik;
-ma’nodorlik;
-jiddiylik;
-haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (beg‘araz) ko‘rsa-tish;
-tugallanganlik;
-izchillik;
-o‘z vaqtida;
-obyektivlik.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma-bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik-huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro rniqyosda uyg'unlashtirish zaruriyati taqozo etdi. Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga tasarrufida mavjud bo'lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to'g'risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati to'g'risida axborot to'plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa-rorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy ta`lil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi. 3

Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling