Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me'yoriy huquqiy-asoslari Reja: Kirish


Download 55.11 Kb.
bet5/7
Sana24.06.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1653514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me\'yoriy huquqiy asoslari (2)

Ko’rsatkichlar

Tartibga soluvchi organlar

Moliyaviy hisobotni tuzish

Hisobvaraqlar rejasi

MHXS bo’yicha

Mustaqil buxgalterlar va auditorlar uyushmalari

Mustaqil buxgalterlar va auditorlarning malakaviy darajasida muhokama qilinadi

O’zbekistonda

Davlat organlari tomonidan tartibga solinadi

Davlat tomonidan nazorat qilinadi

Yagona hisobvaraqlar rejasi amal qiladi



1 – jadval.MHXS tuzish jadvali
Shuningdek, 2000 yildan to shu kungacha buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuzaga kelgan muommolarni bartaraf etish va uni takomillashtirishga oid 30 dan ortiq tarmoq xususiyatini hisobga olgan Nizomlar, yo’riqnomalar va turli tartib qoidalar qabul qilingan. Masalan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun xujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida” 2013 yil 7 oktabrdagi O’zRQR-355-son Qonunga asosan 12 – moddasiga o’zgartirishlar kiritildi. Bunda qonunning 9-moddasi birinchi qismi quyidagi jumla bilan to’ldirildi: “Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan to’lovlar (ishlar, xizmatlar) haqqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda to’langanida to’lov terminallarining cheklari ham boshlang’ich hisob hujjatlari deb tan olinadi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilda qabul qilingan PQ-1001, 20-son Qarori, hamda 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453 sonli Farmoyishiga muvofiq hisobotlarni tuzish va topshirish tartibidagi so’ngi o’zgarishlarni keltirish mumkin.
Jahondagi har bir mamlakat o’z milliy buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo’lganligi yaxshi holat. O’z ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy holati va qadriyatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi tashkilot faoliyatini to’liq va shaffof ma’lumotlar bilan aks ettirilishini ta’minlaydi. Biroq ushbu hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga qiyinlik tug’diradi. Hisobotdan foydalanuvchi avval ushbu mamlakatning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy holati, qadriyatlari va boshqa sohalarini, buxgalteriya hisobi tamoyillarini o’rganishi, hisobotini o’qiy olish, uni boshqa subyektlarning ko’rsatkichlari bilan solishtirish uchun qaytadan hisobotni moslashtirilgan holda tuzib chiqishga to’g’ri keladi. Ushbu holatda hisobotdan tashqi foydalanuvchi hisobot ma’lumotlari o’rganish va qaror qabul qilishdan oladigan nafi hisobotni tushunishga sarflanadigan vaqti va mablag’idan kam bo’lganligi sababli, hisobotdan foydalanmaslikka qaror qiladi. Bu esa o’z navbatida subyektlarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga MHXSni qabul qilish bo’yicha tutgan o’rni ijobiy, biroq MHXS ni amaliyotda qo’llashni jadallashtirish va integratsiya jaroyonida faol ishtirok etishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Fikrimizni korporativ buxgalteriya hisobi va hisoboti haqida davom ettiradigan bo’lsak, buxgalteriya hisobi Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinib kelinmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari o’rtasida raqobat va sog’lom muhitni shakllantirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini oshirish, moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish uchun ma’lum hisobotlar talab qilinadi. Ushbu hisobotlar faqatgina xo’jalik subyektining sog’lom faoliyatini nazorat qilishga yo’naltirilganligi bois, ushbu hisobotni statistik hisobot sifatida tasniflash mumkin. Huddi shu kabi Davlat Soliq Idoralariga ham soliqlarni to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanilishini nazoratga olish uchun hisobotlar talab qilinadi, ushbu hisobot foydalanuvchi va foydalanish qamrovi tor doirada bo’lganligi sababli ushbu hisobotni to’la qonli moliyaviy hisobot sifatida tasniflash maqsadga muvofiq emas. Xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar keng qamrovli bo’lib, undan foydalanuvchilar: aksiyadorlar, investorlar, xaridorlar, bank, mol yetkazib beruvchilar, mulk egalari, auditorlar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilari va hamkorlari ushbu hisobot ma’lumotlariga tayangan holda moliyaviy, boshqaruv va boshqa sohalardagi qarorlarni qabul qiladi. Shu bois, moliyaviy hisobotlar bu subyektning yuzi va reklama vositasi hisoblanadi. Biroq hisobotda faqat yutuqlar emas, balki qaror qabul qilishda ta’sir qiladigan barcha holatlar o’z ifodasini topishi lozim.7
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini me‘yoriy tartibga solish tizimi va uning asosiy elementlarini to‘rt pog‘onaga bo‘lish mumkin. Asosiy element pog‘onalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular bir – biriga ta‘sir qiluvchi biri ikkinchisini qamrab oluvchi tushunchalardir.
Pog‘onalar:
1) O‘zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun
2) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
3) Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va boshqalar
4) Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonaning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki tashkiliy-uslubiy hujjatlar to‘plami. Bu tizim elementlari yuqoridan pastga qarab bir –biriga asosan tuziladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga asosan, shu qonunga zid bo‘lmagan holda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari esa Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―”Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” ishlab chiqarishning huquqiy – me‘yoriy va uslubiy asosi hisoblanadi.So‘ngra yuqoridagi uchta pog‘onaning mantiqiy davomi Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonalarning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plami shakllantiriladi. BHMSlar quyidagi qismlardan tashkil topgan. Standart nomi, umumiy qoidalar, standartning maqsadi, amal qilish sohasi, qo‘shimcha axborot, asosiy tamoyillar, standart tarkibiga kiruvchi tushunchalar. BHMSlarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad Buxgalteriya hisobini yuritish usullarini to‘liq va haqqoniy qo‘llanilishi va ularni yuritishda yuz beradigan kamchiliklar ichiga kirib borish, o‘z navbatida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishdir. BHMSlar asosida olib boriladigan korxona siyosati nechog‘lik aniq va lo‘nda tuzilsagina xo‘jalik yurutuvchi sub‘ekt faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, shunchalik aniq bo‘ladi. BHMSning ahamiyati shundaki, buxgalteriyada sodir bo‘ladigan har bir muomala standartlardan chetda qolmaydi, bu muomalalarni hisobga olishda tegishli standartlardan foydalaniladi, qolaversa korxona faoliyatining ko‘zgusi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va uni tekshirishda tegishli xulosalar yoziladi, undagi ma‘lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi.
Ikkinchi pog‘ona O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini o‘z ichiga olib, ulardan hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi standartlari 24 ta standartdan tashkil topgan. BHMSlar tegishli huquqiy maqomga ega bo‘lib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning moliyaviy hisobotiga bo‘lgan ishonchni ta‘minlovchi respublikamizdagi buxgalteriya hisobining sifati va ishonchliligini xalqaro miqyosida tan olinishining asosiy shartidir. BHMS standartlaridan 1-son Hisob siyosati va moliyaviy hisobot deb nomlanib, boshqa standartlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Xo‘jalik sub’yektining hisob siyosati bajarilishi lozim bo‘lgan ta‘moyil va qoidalar yig‘indisi asosida tartibga solinib turadi. Bunday tamoyil va qoidalarning mavjudligi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining muhimligi, korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida to‘la va haqqoniy ma‘lumotlar shakllantirilishiga qaratilishi, tadbirkorlarning o‘zaro bir – biri bilan muomala qilishi usuli bo‘lishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining muhim elementi bo‘lib hisoblanishi bilan izohlanadi. Shunday qilib,korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biri moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga to‘liq o‘tish va Buxgalteriya hisobi milliy tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish lozim.

Xulosa
Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xalqaro standart talablariga to’liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan.
Qonunda ta’kidlanganidek buxgalteriya hisobini yanda takomillashtish , tadbirkor va buxgalterlarga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Yildan yilga ushbu qonun hujjatlarga yangiliklar, o’zagartirishlar kiritilmoqda. Sababi, rivojlanayotgan har bir mamlakat uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi tartib qoidalar, yangi texnoligiyalar, yangi tadbirkorlik g’oyalari yaratilar ekan albatta buxgalteriyaning ham yangi takomillashgan variantlari ham ortib boraveradi. Bu albattda xalq manfaatlarini ko’zlagan holda xizmat qilishiga guvohi bo’lmoqdamiz. Qisqacha qilib aytganda ushbu qonun hujjatlari jamiyatimizni, ishlovchilarning keng imkoniyatlarini yaratish maqsadida, huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashda va uni bartaraf etishda, ish sifatini yaxshilashda, vaqtni tejashda va boshqa ko’p imkoniyatlar uchun xizmat qiladi.Shunday qilib, biz dastlabki hujjatlarning qanday saqlanishini ko'rib chiqdik. Bu korxonaning butun buxgalteriya bo'limi uchun asosdir. Shu sababli, birlamchi buxgalteriya hisobini yuritishda ehtiyotkorlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kerak.
Birlamchi buxgalteriya hujjatlari birlashtiriladi. Ular statistika organlari tomonidan ishlab chiqilgan. Tashkilot ularga o'zgartirish kiritishga haqli emas. Hujjatning nomini, xaridor va etkazib beruvchining kontragentining to'liq ismini, ro'yxatga olingan sanani, qiymat va miqdor bo'yicha tovar nomini, vakolatli shaxsning imzosini to'ldirishingizga ishonch hosil qiling.Dastlabki hujjatlarga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Buning uchun noto'g'ri yozuvni kesib tashlash kerak va uning ustiga "tuzatilgan ishonch" ga binoan tashkilotning sanasi, imzosi va muhri ko'rsatilgan to'g'ri versiya yozilishi kerak.Dastlabki hujjatlarning saqlash muddati 5 yil va undan ko'p.Buxgalteriya hisobidagi barcha yozuvlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.


Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling