Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me'yoriy huquqiy-asoslari Reja: Kirish


O'zbekistonda buxgalteriya hisobini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tartibi va uning elementlari


Download 55.11 Kb.
bet3/7
Sana24.06.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1653514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me\'yoriy huquqiy asoslari (2)

O'zbekistonda buxgalteriya hisobini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tartibi va uning elementlari

O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi O’RQ-404-sonli ““Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni yangi tahriri tasdiqlandi.
Mahlumki, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan bo’lib, unga faqat ikki marta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan edi.
Qabul qilingan yangi Qonunda mamlakatda o’tkazilgan izchil iqtisodiy islohatlar natijasida iqtisodiy hayotda va qonunchilikda yuz bergan o’zgarishlar mohiyatini hamda o’tgan davrda buxgalteriya hisobi tizimida vujudga kelgan masalalarni yechimini topishda yig’ilgan milliy va xalqaro tajribalar hisobga olindi.
Avallo shuni tahkidlash joizki, mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi mavjud bo’lganligi sababli, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini tashkil qilish asosini tubdan o’zgartirmadi balki uni amalga kiritilgan yangi qonun hujjatlari va buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablari bilan muvofiqlashtirdi hamda amaldagi Qonunning kamchiliklarini bartaraf etdi.
Ushbu Qonunga, shu bilan birga yangi 9 ta yangi modda va deyarli barcha moddalariga (24-moddadan tashqari) tegishli o’zgartirishlar kiritildi.
Mahlumki, buxgalteriya hisobining bosh maqsadi - buxgalteriya hisobi mahlumotlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotdan keng doiradagi foydalanuvchilarning manfaatlarini to’laroq qondirishdan iborat bo’ldi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Qonunda tartibli tizim sifatida buxgalteriya hisobi tushunchasi va uning elementlari, buxgalteriya hisobi subhektlari va obhektlari, masg’ul shaxslarning huquq va majburiyatlarini ajratish hamda buxgalterlar jamoat birlashmalarining huquqiy maqomini aniq belgilash yo’li orqali buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish hamda ichki nazorat tizimini tahminlash bo’yicha xo’jalik yurituvchi subhekt va buxgalteriya xizmati rahbarlarining mashuliyatini oshirishga qaratilgan qator normalar kiritildi.
Xususan, Qonunning amaldagi tahririda mavjud bo’lmagan Qonunning maqsadi (1-modda) va buxgalteriya hisobi tushunchasi (4-modda) hamda buxgalteriya mahlumotlarini aniq belgilashni (5-modda) nazarda tutuvchi yangi moddalar kiritildi. Bu esa hisob yuritish tamoyillarini, uning maksadi va vazifalarini yanada to’liq ochib berdi va o’z navbatida, buxgalteriya hisobi tizimining shaffofligi va to’liqligini oshirishga yordam beradi. 5
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari: Qonunning 3-moddasida zamonaviy huquqni qo’llash amaliyotini hisobga olgan holda eski hujjatning 6-moddasida belgilangan 11 ta asosiy printsiplarning bahzilari boshqa moddalarning alohida normalari sifatida chiqarilganligi va bahzilari esa bir xil mazmun kasb etganligi sababli, uzluksizlik, ishonchlilik va ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi qoidalar buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari sifatida belgilandi.
Masalan, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish
4 va 15-moddalarda, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi 4 va 17-moddalarda, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi 17, 18 va 19-moddalarda, hisoblash va hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi printsiplari 18-moddada aks ettirilgan bo’lsa, - aniqlik, oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik), mazmunning shakldan ustunligi va moliyaviy hisobotning betarafligi kabi qoidalar esa ishonchlilik printsipining mazmunini ifodalaydi. SHu bois, ular alohida mustaqil printsiplar sifatida qayd etilmadi.
6-modda. Buxgalteriya hisobi subhektlari: Qonunchilikka muvofiq hisob yuritishi shart bo’lgan buxgalteriya hisobi subhektlari ro’yxatini aniqlashtirildi. Ushbu moddaga doimiy muassasa ko’rinishidagi solik to’lovchi hisoblangan chet ellik yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatuvchi filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisob yuritishi va hisobot taqdim etishini nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritildi.
7-modda. Buxgalteriya hisobi obhektlari: Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarining Kontseptsiyasiga ko’ra, moliyaviy hisobotlarning element (obhekt) lari bo’lib aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar hisoblanadi. SHu bois, Qonunning 7-moddasi ushbu talablarga moslashtirildi. Bundan tashqari, milliy va xalqaro amaliyotda “asosiy aktivlar” tushunchasi qo’llanilmasligi va uning o’rniga “uzoq muddatli aktivlar” tushunchasi ishlatilishi bois buxgalteriya hisobi sohasidagi tushunchalar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi. Yahni, mazkur moddada ham uzoq muddatli ham joriy aktivlar tushunchasini qamrab oladigan umumiy bo’lgan “aktivlar” tushunchasi kiritildi.
8-modda. Sintetik va analitik hisob: Qonunni tarkibiy jixatdan takomillashtirish hamda sintetik va analitik hisob tushunchalari barcha xo’jalik yurituvchi subhektlar va davlat organlari tomonidan bir xilda talqin qilinishini tahminlash maqsadida, sintetik va analitik hisob alohida modda sifatida ajratildi.
9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish: Byudjet kodeksi talablari hamda byudjet tizimining byudjetlari ijrosi hususiyatidan kelib chiqib, ushbu moddaning mazkur qismi aniqlashtirildi va unga quyidagi mazmundagi yangi qism kiritildi: “Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg’armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.”
Mahlumki, O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida"gi Qonunning 51-moddasida Markaziy bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalarni hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo’lgan qoidalarni o’rnatish bo’yicha vakolati belgilangan.
SHu bois, mazkur moddaning banklarga taaluqli qismi quyidagi yangi tahrirda berildi: Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. Buxgalteriya hisobi standartlari: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida ehlon qilinishi belgilanganligi munosabati bilan ham milliy ham xalqaro standartlarni qamrab oluvchi “buxgalteriya hisobining standartlari” tushunchasini qonunda belgilash maqsadida yangi modda bilan to’ldirildi.
11-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish: Eski Qonunning 7-moddasida belgilangan buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida yuklash mumkin bo’lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot turlariga aniqlik kiritildi (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlarga). SHuningdek, eski hujjatdagi “korxona, tashkilot va muassasa rahbari” so’zlari umumiy tarzda “buxgalteriya hisobi subhekti rahbari” so’zlariga almashtirildi.
12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari: “Korxona, tashkilot va muassasa bosh buxgalteri” so’zlari Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari so’ziga almashtirildi. Xo’jalik yurituvchi subhektning rahbari va buxgalterii xizmati rahbarining huquq va majburiyatlarini aniqlashtirib chegaralash yo’li orqali ularning mahsuliyati oshirildi.
Buxgalteriya hisobi subhekti rahbarining va buxgalteriya xizmati rahbarining funktsiyalari va vazifalarini belgilashni, ularga yuklatilgan mashuliyat, huquq va majburiyatlarini aniqlashni va chegaralashni, hamda ommaviy ahamiyatga ega korxonalarning (aktsiyadorlik jamiyatlari, sug’urta tashkilotlari, ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalar va b.q.) buxgalteriya xizmati rahbarlariga malaka talablarini o’rnatishni nazarda tutuvchi yangi modda kiritildi.
Ushbu moddaning kiritilishi bilan moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobi subhekti rahbarining mashuliyati oshirildi, bu esa buxgalteriya hisobi subhektining rahbari bilan buxgalteriya xizmati rahbari o’rtasida o’zaro nazorat tahminlashga yordam beradi.
Buxgalteriya xizmati rahbarlariga malaka talablarning belgilanishi tayyorlanadigan hisobotlar sifatining oshishiga va buxgalteriya xizmati salohiyatining mustahkamlanishiga, bu esa o’z navbatida moliyaviy hisobotning ishonchliligini gahminlashga olib keladi.
13-modda. Imzo huquqi: Mazkur Qonunning 11-moddasiga binoan buxgalteriya hisobi subhektining rahbari, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funktsiyalarini mustaqil tarzda yuritish huquqiga ega bo’lganligi uchun, ushbu moddaga agar buxgalteriya hisobi subhektining rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o’z zimmasiga olgan bo’lsa, u holda ikkala ro’yxatda ham o’zini ko’rsatishi bo’yicha yangi norma kiritildi.
14-modda. Boshlang’ich hisob hujjatlari: O’zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, boshlang’ich hisob hujjatlarini tuzish va xo’jalik operatsiyalariga ruxsat berishga mashul bo’lgan shaxslarni identifikatsiya qilish maqsadida boshlang’ich hisob hujjatlarida xo’jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning), identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko’rsatilgan holda lavozimlarining nomi va imzolari ko’rsatilishi to’g’risidagi norma bilan boyitildI.
SHuningdek, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, zamon talablari va axborot texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olgan holda boshlang’ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi mumkinligi haqida norma kiritildi.
15-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari: Qonunning 4 va 14-moddalari bilan muvofiqlashtirildi, shuningdek, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq zamon talablari va axborot texnologiyalarining rivojlanishini inobatga olgan holda ikkita yangi qism bilan to’ldirildi.
Mazkur qo’shimcha boshlang’ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni belgilash, shuningdek boshlang’ich hujjatlar aylanishi, boshlang’ich hisob hujjatlari va registrlari, shuningdek, analitik mahlumotlarning shakllanish tartiblarini o’z ichiga oladigan ichki nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida kiritildi.
16-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish moddasi deyarli o’zgarmadi.
17-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash: Mazkur moddaning birinchi va oltinchi qismlari MHXSga moslashtirildi, ikkinchi qismi esa Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan muvofiqlashtirildi.
18-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish moddasi deyarli o’zgarmadi.
19-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish: Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Fuqarolik kodeksining 58-moddasi, uchinchi qismi 21-sonli BHMS va to’rtinchi va beshinchi qismlari “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 34-moddasiga bilan muvofiqlashtirildi.
20-modda. Garovni hisobga olish moddasi deyarli o’zgarmadi.
21-modda. Ichki nazorat: Aktivlarning butligini tahminlash va ishonchli buxgalteriya axborotlarini shakllantirish bo’yicha buxgalteriya hisobi subhekti rahbarining javobgarligini oshirish maqsadida yangi modda kiritildi. Mazkur nazorat xo’jalik operatsiyalarini to’g’ri va o’z vaqtida amalga oshirilishi, aktivlarning butligi, talon-taroj qilish hollarini va xatoliklarni aniqlash va ularning oldini olish bo’yicha buxgalteriya hisobi subhekti xodimlari o’rtasida javobgarlikni va vakolatlarni samarali taqsimlash imkoniyatini tahminlaydi.
22-modda. Moliyaviy hisobot: Mazkur moddaning moliyaviy hisobot tushunchasini barcha xo’jalik yurituvchi subhektlar va davlat organlari tomonidan bir xilda talqin qilinishi zaruriyatidan kelib chiqib birinchi qismi o’zgartirildi, ikinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-sonli "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga muvofiqlashtirildi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmonidagi moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida ehlon qilishga taahluqli qismini amalga oshirish maqsadida uchinchi qism kiritildi, Qonunning 23-moddasini inobatga olgan holda hisobga olgan holda to’rtinchi qism bilan to’ldirildi, beshinchi va oltinchi qismlar Qonunning boshqa moddalariga o’tkazildi.
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuninga muvofiq ushbu moddaning oxirgi qismida banklar va boshqa kredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanishi to’g’risidagi uchinchi vakolat berildi.
23-modda. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot: Moliyaviy hisobot nomi va mazmunini MHXSga muvofiqlashtirish maqsadida nomi o’zgartirildi, birinchi qismi, mazkur moddadagi o’zgartirish konsolidatsiyalashgan, shuningdek Fuqarolik kodeksining 67-moddasidagi “asosiy xo’jalik jamiyati va sho’hba xo’jalik jamiyati” tushunchalar bilan muvofiqlashtirildi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qismlari amaldagi boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qonunning boshqa normalarida mavjud bo’lganligi sababli chiqarildi va beshinchi qismiga MHXSga muvofiq o’zgartirish kiritildi.
24-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri: Birinchi qismi: 22-moddaning ikkinchi qismi bilan muvofiqlashtirildi, ikkinchi qismi oraliq moliyaviy hisobotni tuzishning amaliy zaruriyatidan kelib chiqqan holda to’ldirildi (moliyaviy hisobot yil, yarim yil, chorak, oy va hisobot davrining boshqa muddatlari uchun tuzilishi mumkin), uchinchi va to’ritinchi qismiga tahririy aniqlik kiritildi.
25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish: Birinchi qismi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati organlari to’g’risida”gi qonunga moslashtirildi, buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ikkinchi qism kiritildi.
26-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish: Birinchi qimiga aniqlashtiruvchi tuzatish kiritildi, ikkinchi qimiga moliyaviy hisobotni ehlon qilish bo’yicha amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan norma bilan yahni “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarni himoya qilish to’g’risida”gi 102-modda, “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 61-modda, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi 42-modda, “Jamoat fondlari to’g’risida”gi 25-modda va boshqa qonun hujjatlari (masalan, “Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida” kredit byurosi qismi bo’yicha, “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida” va boshqalar) bilan muvofiqlashtirildi, iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi ayrim buxgalteriya hisobi subhektlari hisobotining xususiyatlaridan kelib chiqib, uchinchi qism bilan to’ldirildi.
27-modda. Tugatish chog’idagi moliyaviy hisobot: Ushbu moddaga Fuqarolik kodeksining 54-moddasiga va 738-moddasiga muvofiq tahririy tuzatish kiritidi.
28-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi: Mazkur Qonunning 11-moddasiga muvofiq tahririy tuzatish kiritildi, unga ko’ra buxgalteriya hisobini tashkil etish buxgalteriya hisobi subhektining rahbariga yuklatilgan bo’lib, o’z navbatida buxgalteriya axboroti mazmuni bilan tanishish umuman mahmuriyat ruxsati bilan emas, balki faqatgina buxgalteriya hisobi subhektining rahbari ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilandi.
29-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash: Buxgalteriya hujjatlarini saqlash muddatlari aniqlashtirildi. Soliq qonunchiligiga (Soliq Kodeksining 38 va 41-moddalari) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq hujjatlar saklanishini yagona muddatga keltirish va o’rnatish maqsadida buxgalteriya hujjatlarini (29-modda “Buxgalteriya hujjatlarini saqlash”) kamida besh yil muddat mobaynida saqlashni tahminlash maqsadida o’zgartirish kiritildi. SHu bilan yuqorida qayd etilgan qonunchilik hujjatlarida mavjud bo’lgan nomuvofiklik bartaraf etildi.
30-modda. Buxgalterlarning jamoat birlashmalari: Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan ustivor vazifalardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobini tartibga solish sohasida buxgalterlarning professional jamoat birlashmalarining rolini oshirish maqsadida, nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblangan buxgalterlarning ixtiyoriy jamoat birlashmalarining huquqiy makomini qonunda belgilab qo’yildi.
31-modda. Nizolarni hal etish: Ushbu sohada yuzaga keladigan nizolarning qonun xujjatlarda belgilangan tartibda hal etilishini inobatga olgan holda, hamda qonunlarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga moslashtirish maqsadida yangi modda kiritildi.
32-modda. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Bu modda o’zgarmagan.
Umuman olganda, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni buxgalteriya hisobining shaffoligini oshirishga, ichki nazorat tizimini tahminlashga, xo’jalik yurituvchi subhektlar rahbarlari va buxgalterlarning huquqiy madaniyatini oshirishga va ularning kasbiy mahsuliyatini kuchaytirishga, buxgalterlarning respublika professional jamoat birlashmalarining maqomini oshirishga va mazkur sohada qonunbuzilish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.




  1. Download 55.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling